Koronavirusni 2 sutka ichida yo‘q qiluvchi preparat topildi 

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishRabota Novouralskogo zavoda "Medsintez"
Rabota Novouralskogo zavoda Medsintez - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ivermektin virus ta’sirini kamaytirishi, virusning odamlardan bir-biriga yuqishini hamda kasallikning og‘ir oqibatlarining oldini olishi mumkin.  

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Avstraliyaning Monasha Universiteti olimlari hamda Melburndagi Qirollik gospitali shifokorlari parazitlarga qarshi qo‘llanishga mo‘ljallangan preparat - ivermektin virusga qarshi kurash xususiyatiga ega bo‘lib, 48 soat ichida SARS-CoV-2 virusini ko‘payishini to‘xtatishi mumkin degan xulosaga kelishdi. RIA Novosti Antiviral Research jurnali xabariga asosan. 

"Laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan tekshiruvlarda koronavirus bilan zararlangan hujayralarga ivermektin dori vositasi kiritilganda 24 soatdan so‘ng virusli RNKlar soni 93 %ga 48 soatdan so‘ng esa - 99% ga kamayar ekan. Bu 2 sutkadan so‘ng virusning to‘liq yo‘q bo‘lib ketishini anglatadi", - deyilgan xabarda. 

Shu bilan birga tajriba vaqtida preparat sog‘lom hujayralarga toksik ta’sir ko‘rsatmagan. Olimlar xulosasiga ko‘ra, ivermektin organizmga virus ta’sirini kamaytirishi, virusning odamlardan bir-biriga yuqishini hamda kasallikning og‘ir oqibatlarining oldini olishi mumkin.  

Eslatib o‘tamiz, JSST mart oyining boshida dunyoda COVID-19 pandemiyasi e’lon qilgan edi. Ayni damda   dunyoda 1,3 million kishi ushbu virus bilan zararlangan, 79 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Rossiyada bugungi kunda koronavirusga chalinganlar soni 8672 kishini tashkil qilmoqda. O‘zbekistonda kasallanganlar soni 546 kishiga yetdi. 

Yangiliklar lentasi
0