Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini 27ta davlat xarid qilishni istayapti

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSotrudnitsa laboratorii provodit ispitaniya vaksini ot COVID-19 v sentre epidemiologii i mikrobiologii imeni N. F. Gamalei.
Sotrudnitsa laboratorii provodit ispitaniya vaksini ot COVID-19 v sentre epidemiologii i mikrobiologii imeni N. F. Gamalei. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin, o‘z navbatida, Belarus Rossiya vaksinasini oladigan birinchi mamlakatlardan biri bo‘lishini ma’lum qilgan.

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasiga 27ta davlat qiziqish bildirmoqda, deb xabar qildi bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova prezident yig‘ilishida.

Proizvodstvo vaksini ot COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston
To‘qqizta vaksina: O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi

Gamaleya nomidagi markazda ishlab chiqarilgan preparatni, xususan, Belarus, Ozarbayjon, Braziliya, Venesuela va Qozog‘iston xarid qilish istagini bildirgan.

Vaksina ishlab chiqarilishi uchun uchta sanoat maydonlari tanlab olingan.

Vladimir Putin, o‘z navbatida, Belarus Rossiya vaksinasini oladigan birinchi mamlakatlardan biri bo‘lishini ma’lum qilgan.

"Biz Aleksandr Grigoryevich (Lukashenko. — tahr.) bilan buni muhokama qildik va Belarus qo‘shimcha testdan o‘tkazish bo‘yicha yakunlovchi bosqichga qo‘shilishi borasida kelishuvga erishdik, — deb qo‘shimcha qildi u.

Davlat rahbari Golikovadan ushbu ishni oxiriga yetkazishni so‘radi.

Bosh vazir o‘rinbosari, Rossiyada, birinchi navbatda tibbiyot va ijtimoiy soha xodimlari, pedagoglar hamda tashkillashtirilgan kollektivlarda mehnat qilayotgan boshqa xodimlar emlanishini aytdi.

Press-podxod D. Trampa pered otletom v Detroyt - Sputnik O‘zbekiston
Tramp koronavirus epidemiyasi vaksinaga zaruriyat tug‘ilmay o‘tib ketishiga ishonchi komil

Shuningdek, Golikova, "Vektor" markazi ishlab chiqarayotgan boshqa vaksina haqida ham ma’lumot berdi.

"Fikrimizcha, u sentabr oxirida - oktabr oyi boshida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. <...> Bu peptid antigenlar asosidagi vaksina, u "EpiVakKorona" nomini olgan, — deya ta’kidladi Golikova.

Klinik tadqiqotlarning birinchi va ikkinchi bosqichi natijalari bo‘yicha ko‘ngillilarda og‘irlashish holatlari kuzatilmagan.

Bosh vazir o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirus holati barqarorlashuvi bo‘yicha turg‘un tendensiya kuzatilmoqda. Mart oyidan boshlab virusni yuqtirish holatlari 54 marotaba pasaygan.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi qachon eksportga chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

"Sputnik V"

Kuni kecha Gamaleya nomidagi markazga vaksina ro‘yxatga olinganidan keyingi sinovlar uchun ruxsatnoma berildi. Muassasa direktori Aleksandr Ginsburg RIA Novostiga bergan intervyusida, 3-sentabrga qadar markaz vaksinani tibbiyot muassasalariga yetkazishini, 4-5 sanadan esa ko‘ngillilarni emlashni boshlashlari mumkinligini aytdi. Preparatning fuqarolik aylanmasi sentabrning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan.

Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olindi. Mutaxassislar "Sputnik V"ni Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari fondi yordamida tayyorlaganlar. Ekspertlarning ta’kidiga ko‘ra, klinik sinovlar vaqtida barcha ko‘ngillilarda yuqori miqdorda antitanachalar ishlab chiqilgan, jiddiy og‘irlashish holatlari hech kimda kuzatilmagan.

Yangiliklar lentasi
0