Rossiyada “Aventa” IVL apparatlaridan foydalanish taqiqlandi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGospital COVID-19 v sentre MGU imeni M. V. Lomonosova
Gospital COVID-19 v sentre MGU imeni M. V. Lomonosova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada “Aventa” o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatlaridan foydalanish vaqtincha to‘xtatildi. Bu apparatlar xavfsizlik talablariga javob berishi yuzasidan tekshiruv boshlandi.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Roszdravnadzor idorasi 1-apreldan boshlab Ural qurilmalar ishlab chiqarish zavodida ishlab chiqarilgan “Aventa-M” o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatlaridan foydalanishni vaqtincha to‘xtatdi.

Politseyskie i passajir na stansii metro Novokuzneskaya v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Niqob, qo‘lqop va jarima: Moskva metrosida o‘zbek tilida e’lonlar paydo bo‘ldi

Bu O‘SVQ apparatlarida Moskvadagi Spasokukoskiy nomidagi shahar shifoxonasi va Sankt-Peterburg avliyo Georgiy nomidagi shifoxonada foydalanilgan. Bu shifoxonalarda 9 va 12-may kunlari yong‘in yuz bergan. Birinchi holatda bir bemor, ikkinchi holatda besh bemor halok bo‘ldi. Shundan so‘ng, Rossiya sog‘liqni saqlash sohasida nazorat qiluvchi idora tomonidan ushbu apparatlarni xavfsizligini tekshirishga qaror qildi.

Ural qurilmalar ishlab chiqarish zavodi mutaxassislari ham tekshiruvini o‘tkazadi.

KRET konserni ma’lum qilishicha, “Aventa” brendi ostidagi qurilmalar kasalxonalarga 2012-yildan beri yetkazib berilmoqda, ular sinovdan o‘tgan va ularning xavfsizligi yuzasidan shikoyatlar bo‘lmagan.

Bundan tashqari, Rossiya AQShga “Aventa-M” apparatlarining partiyasini yubordi. Ular tanqislik bo‘lgan vaqtda Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlaridagi omborxonalar qabul qildi. Biroq, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgandan so‘ng, qurilmalardan foydalanilmadi, endi ular omborxonalardan hisobdan chiqarilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0