Mirziyoyev 500 ta sun’iy nafas oldirish apparat xarid qilish bo‘yicha topshiriq berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Joriy yilning 26-mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tdi.

Meditsinskaya sestra podgotavlivayet lekarstvennie preparati - Sputnik O‘zbekiston
Virus yuqtirib olgan tibbiyot xodimiga konpensatsiya to‘lanadi

Unda prezident koronavirus bilan bog‘liq ayni damdagi vaziyat va yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi va kasallikni yengish uchun birlashish kerakligini ta’kidladi:

“Bir narsani aniq tushunib olish lozim. Bizda aniqlangan kasallar soni kam-ku, 100 taga ham yetmaydi, xavotirga o‘rin yo‘q, deb xotirjam bo‘lish xiyonat hisoblanadi.

Chunki, koronavirus menga yuqmaydi deb befarq yurganlar nafaqat o‘zining, balki ota-onasi, farzandlari, atrofidagilar, qolaversa, butun xalqimizning sog‘lig‘i va hayotini katta xavfga qo‘yishini chuqur anglab yetishi kerak”, – deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Tibbiyot qanchalik rivojlangan bo‘lmasin, davlat bunga qancha-qancha mablag‘ ajratmasin, odamlarimiz shifokorlar tavsiyasiga amal qilmasa, tartib-intizomli bo‘lib, karantin qoidalariga rioya etmasa, barcha ko‘rilayotgan choralarimiz, pandemiyaga qarshi kurashish uchun safarbar qilingan yuz minglab fidoyi insonlarning mehnati behuda ketishi mumkin, – dedi prezident.

Davlat rahbari shuningdek, ayrim hudud rahbarlarini tanqid qildi va  hozirga qadar fuqarolarga murojaat bilan chiqib, yuzaga kelgan vaziyat haqida aholi o‘rtasida tushuntirish choralarini ko‘rmayotgani, mahalliy telekanallar, gazeta va jurnallarda, ijtimoiy tarmoqlarda ishlar lozim darajada tashkil etilmayotganini tilga oldi, mahalla fuqarolar yig‘inlari, joylardagi mahalla faollarining roli umuman sezilmayotganiga e’tiroz bildirdi.

“Koronavirus pandemiyasi butun insoniyat uchun Yaratganning bergan bir sinovidir. Xalqimiz jipslashib, shifokorlarning barcha tavsiyasi, ko‘rsatmalariga amal qilsalar, odamlarimiz karantin davrida hayotiy zaruratsiz o‘z xonadonlarini tark etmasa, kasallikning ilk belgilari aniqlanganda, uni yashirmay shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilsalar, biz bu kasallikni, albatta, yengamiz!”,– deydi Mirziyoyev.

Aholini ijtimoiy va tibbiy muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. 300 mingta ekspress-test va 500 ta sun’iy nafas oldirish apparati xarid qilish, xavf yuqori bo‘lgan aholi punktlarida ko‘chma laboratoriyalar tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Biznes vakillariga qator yengilliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0