TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Singapur olimlari odamlarda COVID-19 ga qarshi o‘ziga xos immunitetni aniqladi. Tadqiqot natijalari "Nature" ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
Tadqiqotchilar odamlar (oldin koronavirusga chalinmagan)ning 50 foizdan ko‘prog‘ida COVID-19'ga qarshi o‘ziga xos T-hujayrali immunitetni aniqladilar. Ushbu hujayralar, antitanachalar singari, infeksiyalangan hujayralarni o‘ldirish qobiliyatiga ega bo‘lganligi sababli virusli infeksiyalarga qarshi immunitetning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, koronavirusga chalinish va uning ta’sir qilishi uzoq muddatli T-hujayra xotirasini shakllantirishga olib keladi, bu hozirgi pandemiyani jilovlash va COVID-19ga qarshi vaksinalarni ishlab chiqishga yordam beradi. 17-yil oldin SARS dan davolangan bemorlar, 2003-yildagi kasallikdan keyin, hali ham T-hujayralari xotirasiga va yangi koronavirusga qarshi immunitetga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.
"Bu boshqa koronaviruslar ta’sir qilish natijasida olingan immunitetga bog‘liq bo‘lishi mumkin", - dedi tadqiqot ishtirokchilaridan biri, professor Antonio Bertoletti.
Olimlar T-hujayralar COVID-19 dan himoya qilishi mumkinligini bilish uchun kengroq tadqiqot o‘tkazishni rejalashtirmoqda.