Koronavirusni davolashda xavf tugʻdiradigan dorilar qaysiligi aytildi

© REUTERS / CDCTsvetnoye izobrajeniye koronavirusa
Tsvetnoye izobrajeniye koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Virusga qarshi ayrim preparatlarni qabul qilish, agar koronavirus qonda mavjud boʻlgan taqdirda, kishi salomatligini yomonlashtirishi mumkin

TOSHKENT, 15 mar— Sputnik. Frantsiya sogʻliqni saqlash vaziri Olivye Veran koronavirus bilan bemorlangan shaxslar uchun ayrim dori preparatlarini isteʼmol qilish xavfliligi haqida bayonot berdi. Bu haqda Veran Twitterda yozib qoldirgan.

Spetsialistы ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus tufayli Oʻzbekistonda sodir boʻlgan oʻzgarishlar

Frantsiya sogʻliqni saqlash vazirining soʻzlariga koʻra, agar koronavirusni yuqtirgan bemor yalligʻlanishga qarshi preparatlarni qabul qilayotgan boʻlsa, u holda bu uning salomatligi uchun xavf tugʻdirishi mumkin.

Ibuprofen va kortizon kasallikni yanada ogʻirlashtirishi mumkin, deya taʼkidlaydi Veran.

"Temperaturani tushirish uchun, paratsetamol qabul qilgan maʼqul", - deya tushuntiradi Veran.

U shuningdek, biron bir savol tugʻilganda yoki shubha paydo boʻlganida shifokorlar bilan maslahatlashish zarurligini qoʻshimcha qilgan.

Frantsiyada koronavirusga chalinganlik bilan bogʻliq 4 469ta holat qayd etilgan, 91 kishi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0