O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanish soni ko‘payishi sababi nimada – virusolog

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMarufjon Madaminov — zaveduyushiy laboratoriyey chumi Respublikanskogo sentra profilaktiki chumi, karantinnix i osobo opasnix infeksiy Minzdrava RUz
Marufjon Madaminov — zaveduyushiy laboratoriyey chumi Respublikanskogo sentra profilaktiki chumi, karantinnix i osobo opasnix infeksiy Minzdrava RUz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika o‘lat, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi vabo laboratoriyasi mudiri mamlakatdagi vaziyat yuzasidan fikr bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi davomida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tobora murakkab tus olayotgani va so‘nggi kunlarda aholi orasida virusni yuqtirib olish holatlari ko‘payganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston SSV huzuridagi Respublika o‘lat, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi vabo laboratoriyasi mudiri Ma’rufjon Madaminov epidemiologik vaziyatning yomonlashishiga qator karantin choralarining yengillashtirilgani sabab bo‘ldi deb hisoblaydi. Bir necha kun oldin qator faoliyatlarga ruxsat berildi va transport harakati o‘z ishini boshladi.

Glavniy saninspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston
Nurmat Otabekov aholi orasida tarqalayotgan mish-mishlarga izoh berdi

“Bir hafta ilgari navbatdagi karatin choralari yengillashtirildi, “sariq” va “yashil” hududlarda avtobus qatnoviga ruxsat berildi. Taxminan 5-6 kundan so‘ng kasallanish soni osha boshladi”, - deya tushuntirdi virusolog Sputnik nashriga bergan intervyusida.

Biroq, mutaxassisning ta’kidlashicha, 50 foizdan 70 foizgacha koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati xorijdan charter reys bilan olib kelingan va karantin markazidagi fuqarolarda aniqlangan.

Bundan tashqari, kasallanish statistikasini epidemiologik vaziyat noxush mamlakatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari oshirmoqda. Madaminovning qayd etishicha, hozirda chegarada ular koronavirusga test topshirishlari uchun barcha kerakli sharoitlar muhayyo qilingan.

Zdanie Kabineta ministrov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Vazirlar Mahkamasining ikki nafar xodimida koronavirus aniqlandi

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu vaziyatda virusni yuqtirish manbai noma’lumligicha qolayotgani tashvishga soladi. Vaziyat yomonlashgan, lekin u tegishli organlar nazorati ostida. Barcha aniqlangan yangi holatlar ro‘yxatga olinmoqda va ma’lumotlar kun davomida bir necha marta yangilanmoqda.

Koronavirusning yengil shakllari aniqlangan yoki kasallik alomatlarisiz o‘tayotgan fuqarolarni uy sharoitida tibbiy nazoratda ushlash va davolash amaliyoti yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

“Tabiiyki, ularni yashash joyidagi oilaviy poliklinika yoki qishloqdagi shifokorlar punkti shifokorlari davolashadi. Kasallik rivojlansa kuchli o‘rta og‘ir ahvoldagi bemorlar kasalxonaga yotqiziladi”, - dedi Madaminov.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, har bir salbiy voqeaning o‘ziga yarasha qandaydir ijobiy tomoni bor. Salbiy tajriba kerakli xulosalarni chiqarishga yordam beradi va kelajakda aholi salomatligini muhofaza qilishda sog‘liqni saqlash xizmati imkoniyatlarini oshirishda ko‘maklashadi.

Yangiliklar lentasi
0