Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi 30-sentabr - 1-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 30-sentabr kuni Agra shahriga yetib kelgan O‘zbekiston prezidenti rafiqasi bilan Toj Mahal majmuasiga tashrif buyurdi. Davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar esa, 1-oktabr kuni, Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tadi.