Toj Mahal  - O‘zbekiston va Hindistonning umumiy boyligi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Hindistonga davlat tashrifini Toj Mahal majmuasidan boshlashi bejiz emas.

Shavkat Mirziyoyev Hindistonga davlat tashrifini Toj Mahal majmuasidan boshladi. O‘zbekiston prezidenti rafiqasi bilan birgalikda jahon arxitekturasi durdonalaridan biri bo‘lgan Toj mahalga tashrif buyurdi.

Ma’lumki, Toj Mahal Boburiylar sulolasidan bo‘lgan Shoh Jahon buyrug‘i bilan 1630 – 1652-yillarda Markaziy Osiyo, Eron va Yaqin sharq mamlakatlari me’morlari tomonidan qurilgan. Toj Mahal o‘zbekona naqshlar va Qur’on suralari bilan bezatilgan.

Toj Mahal 1983-yilda YuNESKOning jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek majmua, norasmiy reytingda, dunyoning borib ko‘rishga arziydigan yetti mo‘’jizalaridan biri hisoblanadi. Toj Mahalni tomosha qilish uchun har yili 5 million turist keladi.

Yangiliklar lentasi
0