TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Dehli shahrida 28-oktabr kuni o‘tkazilgan Hindiston-O‘zbekiston biznes-forumi yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan qiymati 3 mlrd dollarga teng 50ta investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
Tadbirda o‘zbek delegatsiyasi tomonidan 150 vakil, shu jumladan vazirlik va muassasalar rahbarlari, viloyatlar va shaharlar hokimlari, "O‘zavtosanoat" AJ, "O‘zbekneftegaz" AJ, "O‘zbekenergo" AJ, "O‘zbmetkombinat" AJ, "O‘zeltexsanoat" AK, "O‘zqurilishmateriallari" AJ singari yirik milliy kompaniyalar hamda xususiy biznes vakillari rahbarlari ishtirok etishgan.
Hindiston tomondan CII, MSME Development Forum, SSP Hindiston-MDH va FICCI singari tashkilotlar a’zolari sanalgan yirik ishlab chiqarish korxonalari hamda kichik va o‘rta viznes vakillari ishtirok etganlar.
Bugungi kunda O‘zbekistonda hind kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 145tani tashkil qiladi, shulardan 21tasi 100% hind kapitali asosida faoliyat yuritmoqda.
Ikkiyoqlama savdo aylanmasi 2017-yilda 323,6 mln AQSh dollarini tashkil etgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston Hindistonga loviya, balzamlar, xom ipak, o‘g‘itlar singari tovarlarni eksport qiladi.
Hindistondan eksport qilinadigan asosiy tovarlar: farmatsevtika, tibbiyot mahsulotlaridir, qora metall, turli texnologik uskunalar, avtomobillar uchun ehtiyot qismlardir.
Toshkentdan Nyu-Dehli va Amritsarga qo‘yilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar evaziga O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi masofa yiliga qisqarib bormoqda.
2017 yilda O‘zbekistonga Hindistondan 10 mingdan ziyod sayyohlar kelishgan.
Turizm sohasidagi sektorlar faoliyatini faollashtirish maqsadida bugungi kunda Toshkent va Mumbay hamda Chennai o‘rtasida ikkita to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni tashkil qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, biznes-forum doirasida Hindiston va O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashini tashkil qilish bo‘yicha bitim imzolangan.
29 sentabr kuni, ya’ni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi arafasida Dehlida O‘zbekiston milliy ko‘rgazmasi ochilishi marosimi o‘tkaziladi.