Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr - 1-oktabr kunlari Hindistonga tashrif buyuradi

© AFP PHOTO/Prakash SINGHTadj-Maxal — mavzoley-mechet, naxodashiysya v Agre, Indiya
Tadj-Maxal — mavzoley-mechet, naxodashiysya v Agre, Indiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Ram Nath Kovind, Bosh vazir Narendra Modi bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 2018-yil 30-sentabr – 1-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Komil Allamjonov o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Mobashar Djavad Akbar i Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz  Kamilov Hindiston davlat vaziri bilan uchrashdi

Prezident Ram Nath Kovind, Bosh vazir Narendra Modi va Hindistonning boshqa rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralarda davlatlararo hamkorlikni yanada kengaytirishning aniq yo‘llarini ko‘rib chiqish, mintaqaviy va xalqaro siyosatning muhim masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Prezident Nyu-Deli shahrida savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishning amaliy jihatlarini, jumladan, O‘zbekiston –Hindiston ishbilarmonlar kengashini ta’sis etish taklifini muhokama qilish uchun Hindistonning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif doirasida Hindistonning qadimgi poytaxti, jahonga mashhur me’moriy obida – muhtasham Toj Mahal joylashgan Agra shahriga tashrif buyuradi.

Zenitno-raketniy kompleks S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston Rossiyadan S-400 raketa tizimini sotib olishga qaror qildi

Tashrif yakunida O‘zbekiston prezidenti va Hindiston Bosh vazirining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, O‘zbekiston – Hindiston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan salmoqli hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar, mamlakatlar hududlari va muassasalari o‘rtasida hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0