TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Hindistonga yetib keldi, O‘zbekiston delegatsiyasi Agra aeroportida tantanali kutib olindi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
“O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30-sentabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga yetib keldi”, - deyilgan rasmiy xabarda xabarda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev bugun jahonga mashhur Toj Mahal obidasini tomosha qiladi, davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar esa ertaga Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tadi.