Samarqandda "Hindiston - Markaziy Osiyo" muloqoti majlisi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovInformatsionnaya tablichka v Samarkande
Informatsionnaya tablichka v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindiston delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Mobashar Javad Akbar boshchilik qiladi. Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlarining yetakchi olim va ekspertlari ham ishtirok etadilar.

TOShKENT, 11 sen - Sputnik. 13-14 sentabr kunlari Samarqand shahrida "Hindiston – Markaziy Osiyo" muloqotining 5-majlisi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Bumaga i ruchka - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari - AQSh ishchi guruhi uchrashuvi o‘tkaziladi

Tadbir Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi tomonidan Xalqaro ishlar bo‘yicha Hindiston kengashi bilan hamkorlikda tashkillashtirilmoqda.

Hindistonning nufuzli "aql markazlari"dan tashkil topgan delegatsiyaga Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar Davlat vaziri Mobashar Javad Akbar boshchilik qiladi. Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlarining yetakchi olim va ekspertlari ham ishtirok etadilar.

Bo‘lajak forum chog‘ida Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning joriy dinamikasi, barqaror taraqqiyotga qarshi qaratilgan xavf va tahdidlar bilan birgalikda kurashish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek Markaziy Osiyo davlatlarining Hindiston bilan siyosat, iqtisod, xavfsizlik va madaniyat sohalaridagi hamkorligini chuqurlashtirish borasidagi dolzarb taklif va tavsiyalarini ishlab chiqish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0