Abdulaziz  Kamilov Hindiston davlat vaziri bilan uchrashdi

© MID UzbekistanaMobashar Djavad Akbar i Abdulaziz Kamilov
Mobashar Djavad Akbar i Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga bo‘lajak tashrifi hamda muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish – ikki davlat vazirlari uchrashuvining asosiy mavzusi bo‘ldi.

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 16-sentabr kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Hindiston Tashqi ishlar Davlat vaziri Mobashar Javad Akbarni qabul qildi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Narendroy Modi  - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev oktabrda Hindistonga boradi

Vazirlar uchrashuvida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga bo‘lajak tashrifi va Hindiston rahbariyati bilan bo‘ladigan muzokaralariga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni uchrashuv kun tartibining asosiy mavzusi bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda ikki mamlakatda ham oliy darajadagi O‘zbekiston-Hindiston uchrashuvining mazmuniy qismi ustida birgalikda ishlar olib borilayotgani qayd etildi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohada qator muhim tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shu o‘rinda 2018-yilning 13-14 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan «Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqotining 5-majlisida ishtirok etgan Mobashar Javad Akbar ta’kidlashicha, ikki tomonlama munosabatlar uchun juda muhim hodisa arafasida shu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi katta ahamiyat kasb etadi.

Informatsionnaya tablichka v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda "Hindiston - Markaziy Osiyo" muloqoti majlisi bo‘lib o‘tadi

Avgust oyida bo‘lib o‘tgan Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 11-majlisida ikki tomon uchun ham manfaatli bir qator istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Bir necha kun ilgari Hindistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tadigan «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi va qo‘shma biznes-forumga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy siyosatning ba’zi masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuvda Hindiston Elchisi Vinod Kumar ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0