Majlisda 50 dan ortiq Islom Hamkorligi tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashmoqda.
18-19 oktabr kunlari Toshkentda Islom Hamkorligi tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43 sessiyasi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra kengashda 50dan ortiq IHTga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlar hamda xalqaro va hududiy tashkilotlar vakillari qatnashmoqda.
Toshkent sessiyasida yuzdan ortiq rezolyutsiyalar va Toshkent deklaratsiyasini tasdiqlash rejalashtirilgan.