Toshkent shahrida IHT TIVKning 43 sessiyasi o‘z ishini boshladi

© Organisation of Islamic CooperationIHTga a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi
IHTga a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Unda 50 dan ortiq a’zo davlatlar, kuzatuvchi mamlakatlar hamda qator xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etadi

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. 2016-yilning 18-oktabr kuni Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi o‘z ishini boshlaydi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasiga doir brifing o‘tkazildi
Xabarda aytilishicha, unda 50 dan ortiq a’zo davlatlar, kuzatuvchi mamlakatlar hamda qator xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.

Ochilayotgan Toshkent sessiyasi IHT TIVKning 2017-yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi majlisiga qadar O‘zbekiston Respublikasi raisligining rasman boshlanishi bo‘ladi.

O‘zbekiston raisligining shiori – "Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo‘li", — deyilgan xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0