IHT Suriyada siyosiy yo‘l bilan tinchlik o‘rnatish tarafdori

© FacebookToshkentda IHT TIVK kengashi
Toshkentda IHT TIVK kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43 sessiyasida 26 mamlakat tashqi ishlar vazirlari hamda xalqaro va hududiy tashkilotlar vakillari qatnashmoqda.

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Islom Hamkorligi tashkiloti Suriya muammosini siyosiy yo‘l bilan hal qilish tarafdori, dedi IHT Bosh kotibi Iyad Amin Madani.

“IHT diqqat markazida turgan eng asosiy masalalardan biri bu, albatta – Suriyadagi vaziyat. Biz ushbu vaziyatni, Jenevada erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, siyosiy yo‘l bilan hal qilish tarafdorimiz”, — dedi IHT Bosh kotibi Toshkentdagi TIV kengashi ochilishida.

Madani IHT a’zolarining Suriyaning suverenitetini, mustaqilligini, siyosiy yakdilligi va hududiy bo‘linmasliginini tash olishini ta’kidladi.

Shuningdek, Bosh kotib  oldin Qohirada bo‘lib o‘tgan IHT ijroiya qo‘mitasi majlisida Aleppodagi gumanitar vaziyatni ko‘rib chiqish uchun Nyu-Yiorkda tashkilotning doimiy vakillaridan iborat guruh tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqanini eslatdi.

IHTga a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrida IHT TIVKning 43 sessiyasi o‘z ishini boshladi

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43 sessiyasida 26 mamlakat tashqi ishlar vazirlari hamda xalqaro va hududiy tashkilotlr vakillari qatnashmoqda. Xususan, Islom Taraqqiyot banki, AQSh, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya va Shveysariya maxsus vakillari ham bor.  

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan majlisda yuzdan ortiq rezolyutsiyalar va Toshkent deklaratsiyasini tasdiqlash rejalashtirilgan. Toshkent deklaratsiyasida IHT kun tartibining asosiy masalalari hamda “Ma’rifat va ta’lim – tinchlik va yaratuvchanlika yo‘l” shiori ostida o‘tgan O‘zbekiston raislik davrining ustuvor yo‘nalishlari o‘z aksini topadi.

IHT 1969-yilda, Islom davlatlariorasida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hamkorlik va yakdillikni yo‘lga qo‘yish uchun  tashkil qilingan. O‘zbekiston IHTga 1996-yilda a’zo bo‘lgan. Bugungi kunda IHTga 57 mamlakat a’zo, Rossiya 2005-yildan buyon kuzatuvchi maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0