O‘zbekiston Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan IHT majlisida qatnashadi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishVid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii
Vid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Hamkorligi tashkiloti 1969-yilda, islom davlatlari orasida ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy hamfikrlik uyushtirish uchun tashkil qilingan edi.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi 25-28 iyulda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Islom Hamkorligi tashkiloti majlisida qatnashadi, TIV xabariga asosan.

“Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jiddada bo‘lib o‘tadigan IHTning iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy masalalar komissiyasining 39-kengashida qatnashadi”, — deyilgan Tashqi Ishlar vazirligi xabarida.

TIV xabarga ko‘ra, tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasining IHT rahbariyati hamda Saudiya Arabistoni TIVgi bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda.

Islom Hamkorligi tashkiloti 1969-yilda, islom davlatlari orasida ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy hamfikrlik uyushtirish uchun tashkil qilingan edi. Tashkilotga 57 mamlakat a’zo. Rossiya ushbu tashkilotda 2005-yildan buyon kuzatuvchi maqomiga ega.

2015 yilning may oyida El-Quvaytda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, IHT Tashqi Ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvini Toshkentda o‘tkazishga va 2016-yilda tashkilotga raislik navbati O‘zbekistonga o‘tishiga kelishib olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0