Abdulaziz Kamilov IHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

© MID UzbekistanaO‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va IHT Bosh kotibi Iyad bin Amin Madani
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va IHT Bosh kotibi Iyad bin Amin Madani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suhbat chog‘ida Toshkent shahrida O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tadigan IHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari muhokama qilindi.

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. 2016-yilning 9-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad bin Amin Madanini qabul qildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Iyad bin Amin Madani - Sputnik O‘zbekiston
Islom hamkorligi tashkiloti Bosh kotibi Toshkentga keladi
"TIV rahbari, mehmonni kutib olar ekan, avvalo, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning vafoti munosabati bilan bildirilgan ta’ziya va dalda so‘zlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Suhbat chog‘ida Toshkent shahrida O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tadigan IHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari muhokama qilindi", — deyiladi xabar matnida.

Xabarda aytilishicha, TIVK majlisini muvaffaqiyatli o‘tkazilishidan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekani ta’kidlangan. Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan taklif qilingan "Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l" deb nomlangan raislik shiorining dolzarbligi va ahamiyatliligi sababli 43-sessiya va uning yakunlari IHT tarixida qolishi ta’kidlangan.

Yangiliklar lentasi
0