https://oz.sputniknews.uz/20230427/referendum-xalqaro-kuzatuvchi-34307612.html
Referendumga xalqaro kuzatuvchilar kelishi nima uchun muhim - mutaxassis javobi
Referendumga xalqaro kuzatuvchilar kelishi nima uchun muhim - mutaxassis javobi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi referendum jarayonlarida ishtirok etayotgan MDH kuzatuvchilarining yakuniy xulosalari ushbu davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish imkonini beradi hamda ochiq va konstruktiv siyosatga turki bo‘ladi.
2023-04-27T14:10+0500
2023-04-27T14:10+0500
2023-04-27T18:07+0500
referendum — 2023
referendum
msk
intervyu
mdh
o‘zbekiston
bmt
iht toshkent kengashi
yexht
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1b/34318569_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_55ea756c771b821e913ef287c25b67f7.jpg
O‘zbekistonda 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda xalqaro kuzatuvchilar tashrif buyurishi muhim ahamiyatga ega. Bu mavzu yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Gulnoza Ismoilova Sputnik muxbirining savollariga javob berdi. — Saylov va referendumlarda nima sababdan xalqaro kuzatuv amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan? Bugungi kunda kuzatuvchilik instituti qay darajada rivojlangan?— Xalqaro kuzatuvchilar 1857-yildan beri turli mamlakatlarda bo‘lib o‘tadigan siyosiy tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda.Bugungi kunda davlatlarda bo‘lib o‘tadigan siyosiy jarayonlarni kuzatish va monitoring ishlarini olib borish bo‘yicha ko‘plab xorijiy institutlar mavjud. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevropa Kengashi, Yevropa Ittifoqi, Turkiy davlat tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi (MDH PA), Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) kuzatuvchilari institutlari bu sohada yetakchi tashkilotlardan hisoblanadi. Monitoring ishlari turli xil usullarda olib boriladi.Hozirda zamonaviy usullardan foydalanib, kuzatuvchilar referendum uchastkalariga foto va videokamelar bilan tashrif buyurishadi.Referendum jarayoni davomida ular tomonidan haqqoniy amalga oshirishi, va yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar aytib o‘tiladi hamda jarayon yakuni bo‘yicha xulosa va takliflar taqdim etiladi.Ushbu xulosa va takliflar kelgusi siyosiy tadbirlarning tashkiliy masalalarida muhim hisoblanadi. Qolaversa, kuzatuvchilar tomonidan aytilgan fikr va tavsiyalar referendumning qonuniyligi xalqaro miqyosda tan olinishiga va davlatning imidjiga ta’sir etadi.— Xalqaro kuzatuvchilar soni qancha bo‘lishi mumkin?— Markaziy saylov komissiyasi xalqaro kuzatuvchilarga hech qanday cheklovlar o‘rnatmaydi. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8, 9 va 18-moddalariga, MSKning 1177-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli nizomga muvofiq o‘z muddatida hujjatlari topshirilgan kuzatuvchilar akkreditatsiya qilinadi.Markaziy saylov komissiyasi referendumda xorijiy mamlakatlardan qatnashadigan 400 ga yaqin xalqaro kuzatuvchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazdi.— Kuzatuvchilar faoliyatini kim moliyalashtiradi?— Xalqaro kuzatuvchilarni siyosiy tadbirlarda ishtiroki jo‘natgan tashkilot yoki mamlakat mablag‘laridan moliyalashtiriladi, ba’zi hollarda taklif etgan davlat tomonidan qoplanishi ham nazarda tutilgan.— Xalqaro kuzatuvchilar taklif etilmasa, buning oqibatlari qanday bo‘ladi?— An’anaga ko‘ra, kuzatuvchilar mamlakatga saylov yoki referendumni kuzatish uchun faqat amaldagi hukumat taklifiga binoan keladi. Xorijiy kuzatuvchilarni davlatlardagi siyosiy jarayonlarda ishtirok etishi ushbu davlatning ochiq siyosat olib borayotganing bir nishonasidir.Demokratik tamoyilarga tayangan aksariyat davlatlar o‘z ichida bo‘lib o‘tayotgan siyosiy tadbirlarni, xususan, saylov va referendumlarni xorijiy kuzatuvchilar hamkorligida amalga oshiradi. O‘zining demokratik institutlari rivojlangan davlatlar kuzatuvchilar ishtirokini hech ham inkor etmaydi. Aksincha buni o‘z imidjini yanada oshirishda bir imkon sifatida qabul qiladi.— Xalqaro kuzatuvchilarning xulosalari O‘zbekiston imidjiga qanday ta’sir qiladi?— Bugungi kunda O‘zbekistonning imidjini xalqaro maydonda oshirish davlat dasturining bir qismiga aylangan. Yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohatlarni jahon hamjamiyatiga yetkazish O‘zbekistonning xalqaro munosabatlardagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi.Referendum natijalariga ko‘ra, xalqaro kuzatuvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mazkur siyosiy jarayonni baholaydilar. Ularning fikrlari referendumni xalqaro darajada tan olinishiga olib keladi. Bunda xorijiy kuzatuvchilar vakillik qilgan institutlarning nufuzi ahamiyatlidir. Bundan tashqari, ijobiy baholangan referendum jarayoni mamlakatning demokratik qadriyatlarga qanchalik amal qilishi hamda qonun ustuvorligini ko‘rsatib beradi. Qolaversa, yangilanayotgan Konstitutsiya so‘nggi yillarda bo‘lib o‘tgan barcha islohatlarning ifodasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, referendum jahon hamjamiyatini O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan islohotlar bilan tanishtirish imkonidir. Oliy Majlis emas, balki xalq qaror qabul qiladigan mazkur qonun loyihasi yurtimizda demokratik ko‘rsatkichlar qanchalik qo‘tarilganligini butun dunyoga namoyon qiladi.— O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan siyosiy tadbirlarda MDH davlatlaridan keluvchi kuzatuvchilar qanchalik muhim?— MDH makoni O‘zbekiston uchun eng muhim hududlardan biri hisoblanadi. Bunga ushbu davlatlarning umumiy o‘tmishi, qadriyatlari va o‘xshash siyosiy tizimlarini misol qilish mumkin.Markaziy Osiyo va boshqa MDH davlatlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan siyosiy jarayonlarga befarq emas. Ularning fikr-mulohazalarini olish ham biz uchun muhim. Chunki bu fikrlar ushbu davlatlar bilan o‘zaro aloqalarimizni yanada rivojlantirish imkonini beradi hamda ochiq va konstruktiv siyosatga turtki bo‘lib xizmat qiladi.— MDH kuzatuvchilar missiyasi va MDH PA kuzatuvchilarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?— MDH kuzatuvchilari saylov jarayonlarida o‘z faoliyatini 1994-yildan buyon olib bormoqda. Shu kunga qadar ular 100 dan ziyod saylov va referendum jarayonlarini monitoring qilishgan.So‘nggi yilarda ular nafaqat MDH hududi, balki butun YevroOsiyodagi ko‘plab saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etib kelishmoqda.O‘zbekistondagi referendum yakuniga ko‘ra ular o‘z xulosalarini bildirishadi. Ushbu xulosalar referendumni yanada mukammal tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.MDH kuzatuvchilari missiyasi va MDH PA kuzatuvchilari, barcha xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan qatnashadigan kuzatuvchilar singari o‘z faoliyatini faol amalga oshirish maqsadida missiyalarini bajaradilar.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1b/34318569_139:0:2870:2048_1920x0_80_0_0_98722d77437f54cecf72e862a3884877.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston referendum xalqaro kuzatuvchilar
o‘zbekiston referendum xalqaro kuzatuvchilar
Referendumga xalqaro kuzatuvchilar kelishi nima uchun muhim - mutaxassis javobi
14:10 27.04.2023 (yangilandi: 18:07 27.04.2023) O‘zbekistondagi referendum jarayonlarida ishtirok etayotgan MDH kuzatuvchilarining yakuniy xulosalari ushbu davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish imkonini beradi hamda ochiq va konstruktiv siyosatga turtki bo‘ladi.
O‘zbekistonda 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda xalqaro kuzatuvchilar tashrif buyurishi muhim ahamiyatga ega. Bu mavzu yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Gulnoza Ismoilova Sputnik muxbirining savollariga javob berdi.
— Saylov va referendumlarda nima sababdan xalqaro kuzatuv amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan? Bugungi kunda kuzatuvchilik instituti qay darajada rivojlangan?
— Xalqaro kuzatuvchilar 1857-yildan beri turli mamlakatlarda bo‘lib o‘tadigan siyosiy tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda.
Bugungi kunda davlatlarda bo‘lib o‘tadigan siyosiy jarayonlarni kuzatish va monitoring ishlarini olib borish bo‘yicha ko‘plab xorijiy institutlar mavjud. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevropa Kengashi, Yevropa Ittifoqi, Turkiy davlat tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi (MDH PA), Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) kuzatuvchilari institutlari bu sohada yetakchi tashkilotlardan hisoblanadi. Monitoring ishlari turli xil usullarda olib boriladi.
Hozirda zamonaviy usullardan foydalanib, kuzatuvchilar referendum uchastkalariga foto va videokamelar bilan tashrif buyurishadi.
Referendum jarayoni davomida ular tomonidan haqqoniy amalga oshirishi, va yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar aytib o‘tiladi hamda jarayon yakuni bo‘yicha xulosa va takliflar taqdim etiladi.
Ushbu xulosa va takliflar kelgusi siyosiy tadbirlarning tashkiliy masalalarida muhim hisoblanadi. Qolaversa, kuzatuvchilar tomonidan aytilgan fikr va tavsiyalar referendumning qonuniyligi xalqaro miqyosda tan olinishiga va davlatning imidjiga ta’sir etadi.
— Xalqaro kuzatuvchilar soni qancha bo‘lishi mumkin?
— Markaziy saylov komissiyasi xalqaro kuzatuvchilarga hech qanday cheklovlar o‘rnatmaydi. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8, 9 va 18-moddalariga, MSKning 1177-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli nizomga muvofiq o‘z muddatida hujjatlari topshirilgan kuzatuvchilar akkreditatsiya qilinadi.
Markaziy saylov komissiyasi referendumda xorijiy mamlakatlardan qatnashadigan 400 ga yaqin xalqaro kuzatuvchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazdi.
— Kuzatuvchilar faoliyatini kim moliyalashtiradi?
— Xalqaro kuzatuvchilarni siyosiy tadbirlarda ishtiroki jo‘natgan tashkilot yoki mamlakat mablag‘laridan moliyalashtiriladi, ba’zi hollarda taklif etgan davlat tomonidan qoplanishi ham nazarda tutilgan.
— Xalqaro kuzatuvchilar taklif etilmasa, buning oqibatlari qanday bo‘ladi?
— An’anaga ko‘ra, kuzatuvchilar mamlakatga saylov yoki referendumni kuzatish uchun faqat amaldagi hukumat taklifiga binoan keladi. Xorijiy kuzatuvchilarni davlatlardagi siyosiy jarayonlarda ishtirok etishi ushbu davlatning ochiq siyosat olib borayotganing bir nishonasidir.
Demokratik tamoyilarga tayangan aksariyat davlatlar o‘z ichida bo‘lib o‘tayotgan siyosiy tadbirlarni, xususan, saylov va referendumlarni xorijiy kuzatuvchilar hamkorligida amalga oshiradi. O‘zining demokratik institutlari rivojlangan davlatlar kuzatuvchilar ishtirokini hech ham inkor etmaydi. Aksincha buni o‘z imidjini yanada oshirishda bir imkon sifatida qabul qiladi.
— Xalqaro kuzatuvchilarning xulosalari O‘zbekiston imidjiga qanday ta’sir qiladi?
— Bugungi kunda O‘zbekistonning imidjini xalqaro maydonda oshirish davlat dasturining bir qismiga aylangan. Yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohatlarni jahon hamjamiyatiga yetkazish O‘zbekistonning xalqaro munosabatlardagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi.
Referendum – bu O‘zbekistonning imidjini oshirishga xizmat qiladigan siyosiy tadbir hisoblanadi. Bu dunyoga mamlakatimizda so‘nggi yillarda bo‘lib o‘tgan islohatlarni tanishtirishga bir imkondir.
Referendum natijalariga ko‘ra, xalqaro kuzatuvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mazkur siyosiy jarayonni baholaydilar. Ularning fikrlari referendumni xalqaro darajada tan olinishiga olib keladi. Bunda xorijiy kuzatuvchilar vakillik qilgan institutlarning nufuzi ahamiyatlidir.
BMT ehtiyojlarni baholash missiyasi, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, ShHT, Turkiy davlatlar tashkiloti, Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) va Yevropada xavsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) mutaxassislarining ijobiy baholari mamlakat imidjini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ularning hisobotlari va tahlillari orqali jarayon qanchalik qonuniy tashkil etilganligini aniqlash imkoni paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, ijobiy baholangan referendum jarayoni mamlakatning demokratik qadriyatlarga qanchalik amal qilishi hamda qonun ustuvorligini ko‘rsatib beradi. Qolaversa, yangilanayotgan Konstitutsiya so‘nggi yillarda bo‘lib o‘tgan barcha islohatlarning ifodasi hisoblanadi.
Boshqacha qilib aytganda, referendum jahon hamjamiyatini O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan islohotlar bilan tanishtirish imkonidir. Oliy Majlis emas, balki xalq qaror qabul qiladigan mazkur qonun loyihasi yurtimizda demokratik ko‘rsatkichlar qanchalik qo‘tarilganligini butun dunyoga namoyon qiladi.
— O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan siyosiy tadbirlarda MDH davlatlaridan keluvchi kuzatuvchilar qanchalik muhim?
— MDH makoni O‘zbekiston uchun eng muhim hududlardan biri hisoblanadi. Bunga ushbu davlatlarning umumiy o‘tmishi, qadriyatlari va o‘xshash siyosiy tizimlarini misol qilish mumkin.
Markaziy Osiyo va boshqa MDH davlatlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan siyosiy jarayonlarga befarq emas. Ularning fikr-mulohazalarini olish ham biz uchun muhim. Chunki bu fikrlar ushbu davlatlar bilan o‘zaro aloqalarimizni yanada rivojlantirish imkonini beradi hamda ochiq va konstruktiv siyosatga turtki bo‘lib xizmat qiladi.
— MDH kuzatuvchilar missiyasi va MDH PA kuzatuvchilarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
— MDH kuzatuvchilari saylov jarayonlarida o‘z faoliyatini 1994-yildan buyon olib bormoqda. Shu kunga qadar ular 100 dan ziyod saylov va referendum jarayonlarini monitoring qilishgan.
So‘nggi yilarda ular nafaqat MDH hududi, balki butun YevroOsiyodagi ko‘plab saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etib kelishmoqda.
O‘zbekistondagi referendum yakuniga ko‘ra ular o‘z xulosalarini bildirishadi. Ushbu xulosalar referendumni yanada mukammal tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
MDH kuzatuvchilari missiyasi va MDH PA kuzatuvchilari, barcha xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan qatnashadigan kuzatuvchilar singari o‘z faoliyatini faol amalga oshirish maqsadida missiyalarini bajaradilar.