IHT Xivani 2024-yil "Islom dunyosining turizm poytaxti" deb e’lon qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston nomzodi nomzodlikka qo‘yilgan 5 ta davlat shaharlari ichidan tanlab olindi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasi doirasida ilk bor O‘zbekiston shaharlaridan biri – Xiva 2024-yil “Islom dunyosining turizm poytaxti” deya e’lon qilishga doir qaror qabul qilindi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Islom dunyosining turizm poytaxti nominatsiyasiga 5 davlatdan shaharlar nomzodi qo‘yildi:
Abu-Dabi (BAA);
Shanliurfa (Turkiya);
Laos (Nigeriya);
Dushanbe (Tojikiston);
Xiva (O‘zbekiston).
“So‘nggi yilda bu shaharlar orasida nominatsiyada g‘oliblik uchun shiddatli kurash kuzatildi. Shunga qaramay, O‘zbekistonning bu yo‘nalishda olib borilgan sa’y-harakatlari natijasida Xiva “Islom dunyosining turizm poytaxti” maqomini olishiga doir qarorga kelinishiga erishildi”, deyiladi xabarda.
Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, islom dunyosining turizm poytaxti yili doirasida Xivada IHTga a’zo 57 davlatning turizm vazirlari va turistik ma’muriyatlari rahbarlarining yig‘ilishi yuqori darajada o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, Islom olami va ziyorat turizmi salohiyatini ochib beruvchi ilmiy-amaliy anjumanlar, fotoko‘rgazmalar va art-ekspozitsiyalar bo‘lib o‘tadi.

“2018-yilda prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti bazasida IHT davlatlari olim va tadqiqotchilari ishtirokida ta’lim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi”, deydi Aziz Abduhakimov.

Shuningdek, Xiva shahrining tarixiy qiyofasi tiklanishi, restavratsiya va konservatsiyaga oid amalga oshirilgan ishlar, qolaversa, elektr ustunlarning demontaj qilingani, sayyohlarning katta oqimini qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar, infratuzilmaning yaxshilangani, 5 yulduzli mehmonxona qurilishi hamda butik-otel va hostellar qurilishi faol davom etayotgani alohida qayd etildi. Bundan tashqari, turizm va unga yondosh sohalar tadbirkorlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar yuqori baholandi.
Yangiliklar lentasi
0