Siyosat

Sharqshunos: Markaziy Osiyo birligi haqidagi gaplar - afsona

© IA "Jaxon" / Mejdunarodnaya konferentsiya "Tsentralnaya Aziya – glavnыy prioritet vneshney politiki Uzbekistana"
Mejdunarodnaya konferentsiya Tsentralnaya Aziya – glavnыy prioritet vneshney politiki Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sharqshunos olim Aleksandr Knyazev Sputnik tahririyati uchun respublika yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosat taktikasi haqida oʻz fikrlarini bayon etdi

Oʻzbekistonda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarning boshlangʻich nuqtasi sifasida mamlakat iqtisodiy rivojlanish modelining oʻzgarganligini olish mumkin.

Rabota s bumagami - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ekspert Oʻzbekistondagi islohotlar haqida: barchasini bir yildayoq bajarish mumkin
Respublikada chorak asr davomida mavjud boʻlgan yopiq (izolyatsion) va importni oʻrnini bosish iqtisodiyoti oʻz vazifasini bajarib boʻldi va rivojlanishning yangi bosqichi, birinchi navbatda, tashqi bozorlarga chiqish zarurati bilan dolzarb boʻlib qoldi.

Davlat boshqaruvida amalga oshirilayotgan islohotlar, Oʻzbekistondagi iqtisodiy va ijtimoiy hayotda yuz berayotgan liberalizatsiya ham shundan dalolat beradi. Tabiiyki, bunday qatʼiy islohotlar Toshkentning tashqi siyosatini oʻzgartirmasdan qoʻymaydi.

Garchi uning strategik tamoyillari oʻzining avvalgi qiyofasini saqlab qolayotgan boʻlsa ham: yaʼni yirik dunyo markazlaridan bir xil uzoqlikda boʻlish, kim boʻlishidan qatʼiy nazar ikki tomonlama munosabatlarning ustuvorligi, koʻp tomonlama integratsiya formatlarida  ishtirok etmaslik. Oʻzbekiston tashqi siyosati asosida har doimgidek egoistik milliy manfaat mavjud — mamlakatga har qanday zarar keltirishi mumkin boʻlgan kelishuvlar rad etiladi.

Tashqi siyosatdagi "Mirziyoyev taktikasi" "Karimov taktikasi"dan faqat siyosiylashuv darajasi pastligi hamda asosiy urgʻular iqtisodiy taʼsirlar targʻibotiga qaratilgani bilan farq qiladi.

Ustuvorlik mintaqagami?

Oʻzbekiston prezidentining mintaqaviy munosabatlar ustuvorligi haqidagi ilk bayonotlari kuzatuvchilarga juda optimistik xulosalar qilishga imkon berdi, xususan, mintaqada 5 ta sobiq ittifoq davlatlarining qandaydir integratsion ittifoqi yaratilishi haqida taxminlar yuzaga keldi. 

Shavkat Mirziyoyev, Emomali Raxmon i Nursultan Nazarbayev na sammite v Er-Riyade - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Markaziy Osiyo uvadasi chiqqan koʻrpadan voz kechib, amaliy ishga oʻtishi kerak - ekspert Qodirov

Shunga qaramay, Ostonada mart oyida Toshkent tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tadbir oʻtkaziladi. 

Markaziy Osiyo davlatlari va Qozogʻiston rahbarlari ishtirokida boʻlib oʻtadigan mintaqaviy sammit allaqachon katta shov-shuvlarga sabab boʻldi, negaki tashabbus turli integratsion loyihalarning anʼanaviy tarafdori Qozogʻistonga emas, balki Oʻzbekistonga tegishli edi.

2017 yil noyabrda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqadagi muammolarni oliy darajada muhokama qilish va samarali hal etish imkonini beruvchi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat kengashini tashkil etish taklifi bilan chiqqan edi.

Ostonada ushbu gʻoya qoʻllab quvvatlandi va unga aniq tashkiliy shakl berildi.

Ammo, oʻsha vaqtndayoq Oʻzbekiston prezidenti bunda gap yangi xalqaro tashkilot yoki qandaydir integratsion tuzilma haqida bormayotganiga aniqlik kiritib oʻtgan edi.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo boʻladimi?
Bu mintaqadagi turli yoʻnalish va turli rivojlanish darajalariga ega mamlakatlar taraqqiyotiga real nazar boʻlib, ularning yaqinlashuvi hamisha obʼyektiv sabablar tufayli cheklanadi.

Misol uchun, Toshkent, Ostona, Ashxobod, Dushanbe yoki Bishkek oʻz mustaqilligini yuqori darajadagi, koʻplab millatlar va xalqlar uchun umumiy boʻlgan maʼmuriy tuzilmalarga berish istagi boʻlmagan (va bu masala hech qachon muhokama qilinmaydi).

Integratsiya haqida esa faqatgina ayrim siyosatchilar, ekspertlar, mualliflar tomonidan fikr bildirish bilan cheklanadi va bu borada ayniqsa Oʻzbekistonda juda kam gapiriladi.

Birlik illyuziyasi

Barcha sobiq ittifoq mamlakatlarining integratsiya tashabbuslari — ular esa oʻndan ortiq boʻlgan — ijobiy natijani koʻrsatmagan, Markaziy Osiyoning birligi, madaniyati va umumiy tarixi haqidagi gap soʻzlar — afsona boʻlib, zamonaviy axborot olami bunga toʻlib-toshgan.

Oʻtgan davrda mintaqa davlatlari yagoda davlat tuzilmalari doirasida faqat kuch orqali birlashgan, davrning tarixiy oʻlchovida esa — qisqa vaqtga va koʻp hollarda — tashqi kuch taʼsirida: bular Chingizxon, Amir Temur, Rossiya imperiyasi, SSSR….

Shunday qilib, martda Qozogʻistonda boʻlib oʻtadigan sammit mintaqada hamkorlikni optimallashtirish uchun foydali vosita boʻlib xizmat qilishi mumkin va bundan ham koʻproq — ikki tomonlama va uch tomonlama shakllarda yuzaga keladigan uzoq muddatli muammolarni hal qilish imkonini beradi. Toshkent va Ostona tashabbusidan bundan ortiqni kutish maqsadga muvofiq emas.

Toshkent — Ostona

Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik faollashadi, transport va energetika sohalarida uchlik Oʻzbekiston-Qozogʻiston-Turkmaniston hamkorlik davom etadi. Mintaqada suv-energetik sohasi dolzarbligicha qolmoqda. Bir qator Xitoy loyihalari tufayli transport-tranzit sohasi ham rivojlanadi.

Kak jivut uzbekistantsы v Chon-Gare - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Choʻngʻara anklavida oʻzbeklar qanday yashaydi - sayohatchining kuzatuvi

Toshkent va Ostona boʻlib oʻtadigan muzokaralar faqatgina kelgusi sammit doirasida emas, balki ochiq oydin kelajak uchun alohida eʼtiborni talab qiluvchi yana bir muhim ahamiyatga ega boʻlgan tomon mavjud: bu butun mintaqadagi vaziyatga taʼsir koʻrsatish borasida oʻzaro hamkorlik qilishdir.

Nazarboyev va Mirziyoyev bir necha bor marta mintaqadagi masʼuliyat toʻgʻrisida fikr bildirishgan.

Ostonadagi sammitda maslahat kengashini tashkil etish — bu taʼsirni boshqarish mexanizmalarini yaratish, buning ijrosi uchun milliy organlardan yuqori turuvchi tuzilmalar yoki qandaydir alyanslarni tuzishni talab qilmaydi.

Turli darajadagi hamkorlik

Sovet ittifoqdan keyingi davrdagi tajriba shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekiston ishtirokisiz mintaqaviy hudud makon toʻliq boʻlmagan, boʻlinib qolgan va samarasiz boʻlgan.

Bu qisman Turkmanistonga ham qoʻllaniladi. Oddiy joʻgʻrofiy joylashuvi tufayli Markaziy Osiyo rasmiy doirasidan tashqarida ishlashga intiladi.

Zaveduyuщaya sektorom Tsentra postsovetskix issledovaniy Instituta ekonomiki RAN Yelena Kuzmina - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekiston nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy tomondan ham ochila boshladi - Kuzmina

Oʻzbekistonning koʻp tomonlama formatlarda ishtirok etmasligiga sodiq qolayotganligi bois, mintaqadagi har qanday sohadagi aloqalar nafaqat turli darajadagi hamkorlik qilish boʻlishi mumkin yoki muayyan aniq loyihalar doirasida mavjud boʻladi.

Ushbu hamkorlikning samaradorligi na Qozogʻiston va Qirgʻizistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yoki ODKBda ishtirok etishiga, na Turmanistonning maxsus xalqaro maqomiga halaqit berishi kerak emas.

Qisqa vaqt ichida Oʻzbekiston rahbariyati oʻz chegaralari atrofidagi deyarlik barcha davlatlar bilan munosabatlarning mohiyatini jiddiy yangilashga muvaffaq boʻldi.

Garchi, har xil sifat va turli darajalarga koʻra, barcha 5 ta sobiq sovet respublikalarining oʻzaro munosabatlarini bir ittifoq standartiga birlashtirishga qodir emasligini tasdiqlaydi.

Oʻzbekiston — AQSH — Afgʻoniston

Oʻzbekistonning yangi rahbariyati Moskva va Pekin (2017 yil bahor) bilan munosabatlarda muvaffaqiyatli boshlandanidan soʻng Toshkentning navbatdagi vazifasi Vashington va Yevropa davlatlari bilan munosabatlarda yangilangan shaklni tasdiqlashi dolzarb boʻlib qoldi.

Ushbu ishning bosqichlari Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil sentyabr oyida BMTning 72-chi Bosh assambleyasi va AQSH poytaxtida oʻtkazilgan Oʻzbekiston-AQSH biznes forumida ishtirok etishi boʻldi.

Flagi Yevropeyskogo Soyuza - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Nega Yevropa Markaziy Osiyodan ketmoqda

2018 yil boshida ham AQSH bilan jadal aloqalar Oʻzbekiston tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlari sifatida boʻldi.

17 yanvar kuni Vashingtonda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSH siyosiy masalalar boʻyicha davlat kotibi oʻrinbosari Tomas Shennon bilan uchrashdi.

31 yanvar kuni Komilov Toshkentda AQSH Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha davlat kotibi yordamchisining birinchi oʻrinbosari Elis Uellsni qabul qildi. Ushbu uchrashuvda Oliy Majlis senat raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev va Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakil Ismatilla Ergashev qatnashdi.

Bunday faolliklarga hatto baʼzi kuzatuvchilarga "AQSH va Oʻzbekiston oʻrtasidagi yaqinlashuvning yangi boschiqi" haqida fikr bildirishga imkon berdi.

21 yanvar kuni Oʻzbekiston va Afgʻoniston 2018 yil mart oyi yakunida Toshkentda "Afgʻoniston — tinchlikka yoʻl" mavzusida xalqaro konferentsiya oʻtkazish boʻyicha qoʻshma tashabbus bilan chiqishdi.

montajnaya komnata televizionnogo kompleksa - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Qozogʻiston yagona axborot maydoni yaratishni rejalashtirmoqda

"Toshkent uchrashuvi 2018 yil fevral oyi yakuniga rejalashtrilgan "Qobul protsessi" yigʻilishini ikkinchi yigʻilishi mantiqiy davomi boʻladi, shuningdek, turli darajadagi umumiy xalqaro saʼy-harakatlar doirasida erishilgan natijalarni mustahkamlashga xizmat qildi", — deb taʼkidladi Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyo va Afgʻoniston boʻyicha oʻtkazilgan BMTning Xavfsizlik kengashida yigʻilishi chogʻida.

Keyingi Komilovning fevral oyidagi Tehron, Dehli va Islomobodga tashriflari ushbu sohalarda Oʻzbekiston tashqi siyosatining faollashuvi boshlanishi sifatida koʻrish mumkin.

Shubhasiz, uchta poytaxda boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning umumiy masalalari ham muhokama qilindi.

Biroq tashriflarining eng asosiy vazifasi Eron, Hindiston va Pokistonni Afgʻoniston masalasi boʻyicha Toshkentda boʻlib oʻtadigan konferentsiyaga jalb qilinishi boʻldi.

Prezidentы Uzbekistana i Turtsii Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Erdoʻgʻonni Toshkentga Afgʻoniston boʻyicha anjumanga taklif qildi

Biroq Toshkentning Afgʻoniston yoʻnalishdagi faoliyati alohida siyosati sifatida qaralmaydi. Yanvar oyining ikkinchi yarmida Nyu-Yorkda S5+1 shaklida Markaziy Osiyo MDH davlatlari va AQSH diplomatik vakillarining uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.

"Katta Markaziy Osiyo" eski loyihasining asosiy maqsadi — C5 + 1 shaklining qisqartirilgan shakli boʻldi, bu mintaqaning geosiyosiy va geoiqtisodiy jihatdan Rossiya va Xitoydan ajratib olish va uning AQSH nazorati ostida Yaqin Sharq va Janubiy Osiyodagi qoʻshni davlatlar bilan yaqinlashtirish hisoblanadi.

Bu esa, amerikaliklarning Markaziy Yevroosiyo mintaqasida barqaror oʻrnashib olishiga imkon beradi, Rossiya, Xitoy va Eron oʻrtasida chegaralarga juda muhim strategik pozitsiyani egallaydi.

Oʻzbekiston ushbu loyihada markaziy oʻrin egallab turibdi.

Ostona bilan raqobatmi?

Oʻzbekistonning "Afgʻoniston — tinchlikka yoʻl" mavzusida xalqaro konferentsiya oʻtkazish tashabbus ikki maqsadni koʻzlamoqda.

U mamlakatning mintaqaviy siyosatda yangi qatʼiy maqomini tasdiqlashi kerak.

Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL) - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Moskva "Islom davlati" Markaziy Osiyoga hujum qilmoqchi, deya ogohlantirdi

Shu vaqtgacha mintaqa davlatlaridan faqat Qozogʻiston jiddiy xalqaro oʻyinchi sifatida maydonda boʻlgan. Ostonada Suriya, Ukraina, Togʻli Karabax muammolari boʻyicha muzokaralar tashkil qilgan.

Agarda Toshkent tashabbusi rivojlanib ketsa, Ostona bu formatdagi monopoliyasi tugaganini tan olishga majbur boʻladi. Biroq, bu Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning ijobiy xususiyatiga hozircha taʼsir koʻrsatmaydi.

Hozirgi kunda Oʻzbekiston tashabbusi va BMT shafeligida Ashxobodda Turkmaniston tomonidan afgʻon hukumati bilan "Tolibon" oʻrtasida muzokaralarni oʻtkazish tashabbusining yangicha talqinidir.

Bu parallel jarayonlar boʻlishi mumkin, ammo ular bir-biri bilan bogʻliq ekanligini yaqqol koʻrsatdi, bu soʻngi 2-3 oy ichida Toshkent va Qobul, Qobul va Ashxobod oʻrtasida ikki tomonlama aloqalar jadalligi bilan tasdiqlanadi.

Shuningdek, Toshkent tashabbusi Afgʻoniston mavzusi va boshqa masalalar boʻyicha Qozogʻiston-AQSH muzokaralariga zid emas.

Toshkent — Vashington

Mintaqaviy siyosatdagi AQShning geosiyosiy raqiblari — Rossiya, Eron, Xitoy, shuningdek tashqi siyosat boʻyicha noaniq holatda boʻlgan Pokiston — yangi tashabbus doirasida qandaydir muhim ahamiyatga ega boʻlgan qarorlarga taʼsir koʻrsatishga imkon berilishi ehtimoldan yiroq.

Qobulning tashqi siyosiy faoliyati Vashingtondan strategik tarzda boshqarilishiga hech shubha yoʻq.

Gosudarstvennыy departament SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
AQSH davlat departamentining yirik amaldori Oʻzbekistonga keladi

Qobul Toshkent bilan munosabatlarning yangi darajasiga oʻtishi bejiz emas. Bu masalan, Qobul hukumati Afgʻoniston masalasiga oid Rossiya tashabbuslariga munosabatida koʻrish mumkin.

Oʻzbekiston oʻzining iqtisodiy va qisman siyosiy modelida tashqi bozorlarga chiqish yoʻllarini, shuningdek, tashqi investitsiya masalasini inobatga olishi zarur.

Mamlakatning xalqaro maydonda obroʻsi oshishi investitsiya muhitiga oʻz taʼsirini koʻrsatishi kerak, Afgʻoniston boʻyicha vaziyatga jalb qilingan davlatlar — Eron, Pokiston, Hindiston — bozorlar va tovarlarni transchegaraviy aloqalardagi ishtirokchilar sifatida juda muhimdir.

Garchi, albatta, oʻz shaxsiy maqsadlarga erishi borasida parallel ravishda, Toshkent, toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita AQSH mintaqaviy siyosati vazifalarini ham bajarmoqda.

Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Afgʻoniston prezidenti: "Tolibon"ni siyosiy guruh deb tan olamiz, ularga pasport beriladi

Buni Toshkent va Vashington oʻrtasida yaqinlashuv yangi bosqichi sifatida kvalifikatsiya qilib boʻlmaydi.

Oʻzbekiston oʻzining tashqi siyosiy doktrinasi doirasida koʻp tomonlama, oʻzining milliy manfaatlariga mos keladigan yoʻnalishlarda davom etmoqda.

Bu hozirgi maqsadlarga erishishning yoʻlidir, shuningdek, Xitoy bilan strategik sherikchilik va oʻzaro manfaatli hamkorlik qilish va Rossiya bilan ittifoqchilik munosabatlarining muvozanatidir.

Yangiliklar lentasi
0