TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. 5-iyul kuni o‘tkazilgan jonli muloqot davomida O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilovga O‘zbekiston ODKB yoki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi(YeAES)ga a’zo bo‘lishi masalasi ko‘rib chiqilayaptimi, degan mazmunda savol berishdi.
"ODKBga a’zo bo‘lish masalasi muhokama qilinmayapti va kelgusida ham bu masalani muhokama qilish yoki bu masalani qayta ko‘rib chiqish masalasi rejada yo‘q", — dedi savolga javoban Kamilov.
Rossiya bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan, O‘zbekiston TIV rahbari Moskva bilan hamkorlik istiqbollari ulkanligini qayd etib o‘tdi.
Kamilov Rossiya bilan hozirgi kunda yo‘lga qo‘yilgan savdo-iqtisodiy, eksport, mintaqaviy xavfsizlik aloqalarini sanab o‘tdi.
"Rossiya bilan bir-birimizni jahon sahnasida hamisha qo‘llab-quvvatlab kelamiz", — deb qayd etdi vazir.