Afg‘oniston prezidenti: "Tolibon"ni siyosiy guruh deb tan olamiz, ularga pasport beriladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani
Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Biz shuningdek, qamoqqa olingan toliblarning ozodlikka chiqarilishi ustida ishlaymiz", - deb qo‘shimcha qilgan Afg‘oniston prezidenti

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "Tolibon" radikal harakatini siyosiy guruh deb tan olinishini yoqlab chiqish qildi, deb xabar berdi Tolo News telekanali.

Ofitsialniy predstavitel ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya "Tolibon"ga qurol yetkazib bergani haqidagi xabarlarni inkor qildi
Telekanal xabariga ko‘ra, Ashraf G‘ani Afg‘oniston hukumati toliblar va ularning oila a’zolariga pasportlar berib, harakat yetakchilaridan sanksiyalarni olib tashlash bo‘yicha ish boshlashini ma’lum qilgan.

"Biz shuningdek, qamoqqa olingan toliblarning ozodlikka chiqarilishi ustida ishlaymiz", — deb qo‘shimcha qilgan Afg‘oniston prezidenti.

Ashraf G‘ani shuningdek, hukumat tinchlik jarayoniga qo‘shilgan "Tolibon" a’zolari xavfsizligini ta’minlashini alohida ta’kidlagan. "Tinchlik muzokaralarida "Tolibon" fikrini inobatga olamiz", — deya izoh bergan u.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oylarda Afg‘onistondagi vaziyat keskin yomonlashgan. Mamlakatning qishloq tumanlaridagi kattagina hududlarni egallab olgan "Tolibon" radikal harakati yirik shaharlarga hujumga o‘tgan edi. Mamlakat hududida "Islom davlati" ta’siri ham kuchaygan.

Yangiliklar lentasi
0