Nega Yevropa Markaziy Osiyodan ketmoqda

© REUTERS / Ralph OrlowskiFlagi Yevropeyskogo Soyuza
Flagi Yevropeyskogo Soyuza - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Yevropa - Markaziy Osiyo" Yevropa axborot-tahliliy markazi ekspertlari qanday choralar Yevropa Ittifoqiga Markaziy Osiyoda mustahkam o‘rnashib olishiga yordam berayotgani borasida o‘z fikrlarini bildirdilar

TOShKENT, 15 fev — Sputnik, Anton Kurilkin. Yevropa Ittifoqi Markaziy osiyo mamlakatlariga Xitoy va Rossiya singari investitsiyalar va iqtisodiy yordamni taqdim eta olmaydi, shu bois tashkilot ushbu mamlakatlarda obro‘-e’tibor qozonish uchun "madaniy"qurol va ta’lim bilan kurash olib borishga majbur. "Yevropa — Markaziy Osiyo" Yevropa axborot-tahliliy markazi (EUCAM) tomonidan chiqarilgan yangi maqolalar to‘plamida xuddi shunday fikrlar bayon etilgan.

Osiyodagi yolg‘izlik

Donald Tramp AQShdagi saylovlarda g‘alaba qozongach, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoda inson huquqlari uchun kurashda o‘zini yolg‘izlangan his qilmoqda. Buning ustiga, 2017-yilda YeIning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni shakllantirish strategiyasi aniq amaliy harakatlar rejasiga ega emas va muvaffaqiyatni anglatadigan aniq ko‘rsatkichlar belgilanmagan, deb hisoblaydi EUCAM koordinatori Yos Bunstr.

Kristalina Georgiyeva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbeklar tashabbuskor xalq, ularga sharoit yaratib berish kerak xolos – JB direktori

YeIning yangi hujjati Rossiya, Xitoy va AQShning mintaqadagi dasturlari fonida g‘arib ko‘rinishga ega. Misol uchun, Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan S5+1 formatida hamkorlik qiladi, Rossiya ikkitomonlama shartnomalar va YeOII va ODKB orqali bog‘langan, Xitoy esa "Bitta kamar — bitta yo‘l" tashabbusi orqali mintaqa taraqqiyotiga faol tarzda investitsiya kiritib kelmoqda.

Yevropalik ekspertlarni bir savol qiziqtirmoqda — birlashgan Yevropa qanday qilsa-ki Markaziy Osiyoda AQShdan ko‘ra kattaroq nufuzga ega bo‘ladi, har yerda nomi tilga olinadigan Rossiyadan ko‘ra qudratliroq bo‘ladi, va investitsiyalarda Xitoydan ko‘ra xilma-xillikni olib kira oladi.

Qalblarni tanqid orqali zabt etmoq

EUCAM tomonidan savolga tutilgan ekspertlar fikriga ko‘ra, madaniy almashinuv va inson huquqlari uchun kurash Markaziy Osiyoga ta’sir ko‘rsatish mexanizmiga aylanishi mumkin, diniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilish va diniy erkinlikka bo‘lgan hurmat esa mintaqa aholisini Yevropa tomon burishi mumkin.

25-letie vstupleniya Uzbekistana v OON - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi maxsus ma’ruzachisi keladi

Ammo ekspertlar "diniy bag‘rikenglikni ilgari surish" bo‘yicha aniq choralarni taklif qila olmadilar — ammo Yevropa Ittifoqi ushbu masalada yolg‘izlanib qolishini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Yevropa Ittifoqining mavqeyini mustahkamlashga oliy va o‘rta maxsus ta’lim dasturlari ham yordam berishi mumkin. Ushbu yo‘nalishda Brussel ma’lum muvaffaqiyatni qozonga ham — Qozog‘iston Bolon jarayoniga qo‘shildi, Nazarbayev University Amerika va Yevropa institutlari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan, KIMEP universiteti esa talabalar almashinuvi dasturi Erasmus+ ga qo‘shilgan.

Ammo markaziy osiyolik talabalar baribir Xitoy va Rossiyada o‘qishni ma’qul ko‘radilar (aytgancha, Rossiya ham xuddi Qozog‘iston singari Bolon jarayoniga qo‘shilgan, universitetlarining bir qismi esa Erasmus+ dasturida ishtirok etadi).

Shuningdek, ekspertlar fikriga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga Markaziy Osiyoda mustahkam o‘rin olishida mehnat migrantlari uchun maxsus kurslar ham yordam berishi mumkin. Mehnat migrantlarini Yevropada biznes yuritishni o‘rgatadilar va uylariga qaytishlariga yordam beradilar. Ekspertlar Yaqin Sharq va Tropik Afrika mamlakatlarini yorqin misol tarzida keltirib o‘tganlar.

Pul yo‘q

Ta’lim sohasida hamkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash — Yevropa Ittifoqidan bo‘ladigan yagona taklif mana shulardir. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik o‘rnatish borasida gap borar ekan, iqtisod asosiy mavzu o‘rnini egallamaydi, deyiladi tadqiqotda. Brussel moliyaviy yordam bera olishi mumkin, faqat bu yordam — Qirg‘iziston va Tojikistonda ishsizlikning salbiy oqibatlarini sal bo‘lsada to‘g‘irlashga yo‘g‘rilgan bo‘ladi.

Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQShni Markaziy Osiyodan siqib chiqarmoqda - Yevroparlament bayonoti

EUCAM ekspertlari fikriga ko‘ra, Yevropa o‘z oldiga qo‘ygan ulkan maqsadlarda maksimal darajada aniqlashtirishi va o‘z maqsad hamda tasavvurlariga o‘zgartish kiritishi lozim.

M.V Lomonosov nomidagi MDU politologiya fakulteti professori Andrey manoylo Sputnik O‘zbekistonga bergan izohida ushbu choralar nokonstruktiv ko‘rinishga ega, deya ta’kidladi.

"Markaziy Osiyoga nisbatan bunday choralar konstruktiv emas va yevropaliklar bu orqali nimagadir erishishlari qiyin. Mintaqa o‘z spetsifikasiga ega, taraqqiyotining ham o‘ziga xos jihatlari bor", — deya izoh berdi siyosatshunos.

Manoyloga ko‘ra, Markaziy osiyo mamlakatlari birinchi navbatda maslahat xizmatlarida emas, balki investitsiyalarga muhtoj. Ularga iqtisodiyot taraqqiyoti uchun real xom-ashyo resurslarini kiritadigan hamkorlar kerak.

YeIning bu singari bayonotlari esa Yevropadagi umumiy moliyaviy inqirozni o‘zida aks ettirmoqda, deb hisoblaydi Manoylo.

"Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoga kiritadigan bo‘sh mablag‘lari mavjud emas, ehtiyotkorona siyosat sababini shu bilan izohlash mumkin", — deb qo‘shimcha qildi u.

YeI Markaziy osiyodan o‘z-o‘zidan chiqib ketishi Yevropa kompaniyalari mintaqaga sarmoya kiritmaydi degani emas, ammo Ko‘hna dunyoning biznes-gigantlari uchun mintaqada, deylik o‘sha Xitoy bilan raqobat qilish juda og‘ir bo‘ladi, deb ta’kidladi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0