TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Elis Uells O‘zbekistonga keladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
AQSh elchixonasi xabariga ko‘ra, Elis Uells 30-yanvar kuni Londonga bo‘lgan qisqa xizmat safarini yakunlab, Toshkentga uchadi.
“Toshkentda Uells yuqori lavozimdagi rasmiy shaxslar bilan uchrashib, ular bilan Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida xalqaro va hududiy xavfsizlik hamda iqtisodiyot sohasida erishligan yutuqlarni muhokama qiladi”, — deyilgan elchixona xabarida.
Eslatib o‘tamiz, bundan biroz oldin Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh O‘rta Osiyoni “S5+1” yoki “Katta Markaziy Osiyo” shaklidagi o‘yinlarga jalb qilmasligi kerakligini aytib o‘tgan edi.
“Markaziy Osiyo mamlakatlari oldiga yo Janub yo Shimol kabi tanlov qo‘ymasdan, ularga barcha tomon bilan konstruktiv suhbat olib borishga imkon yaratib berish kerak. Shuningdek, AQSh ushbu mamlakatlarning ShHT, KXShT, MDH, YeOII kabi tashkilotlari doirasida majburiyatlari borligini ham hurmat qilish kerak”, — degan edi Sergey Lavrov.