Ekspert O‘zbekistondagi islohotlar haqida: barchasini bir yildayoq bajarish mumkin

© Sputnik / Vladimir AstapkovichRabota s bumagami
Rabota s bumagami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertning fikricha, O‘zbekiston ilgari boshqalar yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaydi

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston ma’muriy islohotlar doirasidagi barcha zarur hujjatlarni bir yil ichidayoq ishlab chiqib qabul qilishi mumkin, dedi bo‘lajak islohotlarni rejalashtirishda ishtirok etgan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati vakolatxonasi rahbari Yorg Pudelka.

"Germaniyada o‘zgarishlar 50-yilga yaqin vaqtni olgan, shu davr ichida tegishli qonunchilik hujjatlari ishlab chiqilgan. O‘zbekistonda esa albatta boshqacha vaziyat, xalqaro tajriba yetarli va qaytadan velosiped ixtiro qilishga hojat yo‘q. Bundan tashqari, ko‘p ishlar amalga oshirilgan", — dedi Pudelka.

Ekspertning fikricha, yana bir ijobiy holat shundaki, O‘zbekiston yon-atrofiga e’tibor qaratgan va qo‘shnilari yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaydi.

Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
BMT O‘zbekistonda yangi ma’muriy sudlarni tashkil etishda yordam beradi

"Menimcha, bularning barini bir yil ichida bajarish mumkin, tegishli hujjatlar ishlab chiqiladi va kuchga kiradi. Umuman olganda, ma’muriy islohot butun jamiyat va davlat iqtisodiy tizimini o‘zgartirishning muhim jihatlaridan biri. Samarali boshqaruv davlat resurslarini oqilona ishga solish imkonini beradi hamda davlat organlarining aholi oldidagi imijni yuksaltiradi", — dedi u.

Ekspert shuningdek, bunday islohotlar juda muhim ekanligini, bu islohotlar qo‘l boshqaruvidan voz kechilib, raqobatbardosh mexanizmlarga o‘tilishini ta’minlashini bildirdi. Uning aytishicha, istiqbolda bu xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda mahalliy biznes va sanoatning rivojlanishiga yordam beradi.

"O‘zbekistonda boshqaruv apparatida tegishli o‘zgarishlar qilish orqali yanada samarali foydalanish imkonini beruvchi ulkan salohiyat mavjud. Hozirda O‘zbekistonda amalga oshirish rejalashtirilayotgan o‘zgarishlarda ko‘plab jihatlar mujassam. Men ikkita eng muhimiga to‘xtalaman. Bular ma’muriy jarayonlar va ma’muriy adliya islohoti. Ko‘pincha oddiy hayotda aholining davlat bilan muloqoti masalasi muhokama qilinganida burokratiya va buning qanchalar murakkab ekanligi haqida aytiladi. Aslida burokratiya yaxshi narsa, faqat uni oqilona tashkil etish darkor", — dedi Yorg Pudelka.

Ekspert O‘zbekistonning olg‘a borishi uchun barcha ma’muriy jarayonlar, ya’ni aholi, investorlar, biznesmenlarning davlat organlari bilan muloqotlarini muvofiqlashtiruvchi yagona qonun hujjati zarurligini aytdi. Bu davlat xizmatlarini nafaqat tez va samarali taqdim etadi, balki aholining davlat qabul qilayotgan qarorlarga nisbatan xayrixohligini ham oshiradi, deb hisoblaydi Pudelka.

Britaniya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya O‘zbekistonga islohotlar uchun 500 ming dollardan ortiq mablag‘ ajratadi

"Davlat xizmatlari, yagona oyna, elektron hujjat almashuvi, elektron hukumat — bularning bari ma’muriy jarayonlar. Agar ularni hozirda O‘zbekistonda rejalashtirilayotganiday yagona qonun hujjatiga birlashtirilsa — tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilgan — bu davlatni samarali boshqarish yo‘lidagi ulkan siljish bo‘ladi", — dedi u.

Ekspert ikkinchi qadam — ma’muriy adliya, ya’ni davlat organlari qabul qilgan qarorlarni mustaqil maxsus sudlar yoki umumiy yurisdiksiya ostidagi sudlar tomonidan tekshirishni unutmaslik lozimligini qayd etdi.

"Mana shunday jarayon va adliya tizimiga o‘tgan mamlakatlar iqtisodiy jihatdan juda tez oldinga o‘tib ketgan. Istalgan xalqaro reytingni ko‘rishingiz mumkin. Bu tamoyillar joriy etilgan aksariyat davlatlar reytingning birinchi yarmidan joy olgan", — dedi Yorg Pudelka.

Uning aytishicha, O‘zbekiston to‘g‘ri yo‘nalishni tanlab oldi, endilikda ma’muriy islohotlar doirasidagi rejalashtirilgan barcha loyihalarni amalga oshirish darkor.

Yangiliklar lentasi
0