TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Moskva "Islom davlati" jangarilari Markaziy Osiyoga zarba berishni boshlaydigan vaqtda "g‘aflatda qolmaslikka" chaqirmoqda, bunday ssenariy xavfi ortgan, deb bayonot qildi payshanba kuni Rossiya prezidenti maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo Ikkinchi departamenti rahbari Zamir Kabulov.
Kabulov "ID" vakillari Afg‘onistonga amerikaliklarga qarshi jihod qilishga emas, balki keyinchalik Markaziy Osiyoga bostirib kirish uchun o‘ziga harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘riladigan maydon tashkil etishga kelishganini ta’kidladi.
"Bu jiddiy. Men ular Markaziy Osiyoga hujum qilayapti demayapman, ular tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Agar biz mana shu vaqtda g‘aflatda qolsak, u holda biz haqiqatda katta kuchga yuzma-yuz kelamiz, u bilan Amudaryo bo‘ylab chegarada va Panj darosi bo‘ylab yirik kuchlar bilan — biznikilar qatorida ODKB hamda MDH singari ittifoqdoshlar kuchlaridan barobar foydalanishga majbur bo‘lamiz", — deb aytdi Kabulov "Rossiya 24".