Cho‘ng‘ara anklavida o‘zbeklar qanday yashaydi - sayohatchining kuzatuvi

© Foto: Ilya Buyanovskiy Kak jivut uzbekistansi v Chon-Gare
Kak jivut uzbekistansi v Chon-Gare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilya Buyanovskiy – Moskvalik sayohatchi. U sobiq ittifoq davlatlarini birma-bir o‘rganib chiqmoqda, natijalarni varandej.livejournal.com blokida chop etadi

Uning eng yaxshi ko‘rgan yo‘nalishlardan biri bu Markaziy Osiyo davlatlari. Ilya 2016-yil kuz faslida Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga amalga oshirilgan ikki oylik sayohati davomida Cho‘ng‘araga tashrif buyurdi.

Cho‘ng‘ara qishlog‘iga tasodifiy kelib qolish qiyin. Qirg‘iziston Batkent viloyatiga sayohlar kam keladi, Cho‘ng‘ara qishlog‘i katta yo‘llardan uzoqda joylashgan. Biroq, uzun qishloq ko‘chasidan o‘tayotgan yo‘lovchilar to‘satdan unga bu yer O‘zbekiston hududi ekanligini aytishsa hayron bo‘lmasin.

Farg‘ona arxipelagi

Farg‘ona vodiysida davlat chegarasi paydo bo‘lishi SSSRning parchalanishining yorqin yodgorligidir. O‘zbeklar, tojiklar, qirg‘izlar, shuningdek dehqonlar va ko‘chmanchilar bu yerda yonma-yon yashaydilar. Aholining zichligi har kvadrat kilometrga 600 kishi to‘g‘ri keladi. Chegaraning murakkab tuzilishiga ko‘ra, sovet hukumatiga uch xalqni ajratish qanchalik qiyin bo‘lganligini ko‘rish mumkin.

© Foto: Ilya Buyanovskiy Vdol ulisi stoyat tipichno uzbekskie doma: ogromnie usadbi s gluximi fasadami i moshnimi darvazami.
Vdol ulisi stoyat tipichno uzbekskie doma: ogromnie usadbi s gluximi fasadami i moshnimi darvazami. - Sputnik O‘zbekiston
Vdol ulisi stoyat tipichno uzbekskie doma: ogromnie usadbi s gluximi fasadami i moshnimi darvazami.

Ushbu jarayonning natijasida anklavlar tizimi vujudga keldi. Qirg‘izistonning Batkent viloyatining ichida O‘zbekistonga qarashli So‘x, Shoximardon, Cho‘ng‘ara va Jangayl, shuningdek, Tojikistonga tegishli Vorux va G‘arbiy Kalach, O‘zbekiston ichida esa Qirg‘izistonning Barak va Tojikistonning Sarvak hududlari mavjud.

So‘x — o‘n ming aholisi bo‘lgan to‘laqonli tumandir. G‘arbiy Kalachda esa — odamsiz daladir. Shoximardonni chegaradan o‘n ming kilometr ajratib turadi. Jangayl va Sarvak — mamlakatning asosiy hududi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinib turgan hudud hisoblanadi. So‘xga boshqa tumanlardan hatto O‘zbekiston fuqarolariga kirish oson emas. Cho‘ng‘arani boshqa qishloqlar orasida ko‘rmasdan o‘tib ketish mumkin. Shu o‘rinda, masalan, Qirg‘izistonda aholisi ko‘pchiligi o‘zbeklar bo‘lgan Aravan, Arslanbob va hatto butun bir O‘zgan shahari ham bor, ammo ular hech qachon anklav bo‘lmagan.

Har bir anklavda afsonalar mavjud. Go‘yoki qachondir rais uni karta o‘yinida yutqazgan. SSSRning eski atlaslaridan faqat Shoximardon oldindan anklav bo‘lganligini tushunish mumkin: bu yerda O‘zbekiston sevimli shoiri Xamza halok bo‘lgan.

Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston banki O‘zbekiston chegarasida valyuta almashtirish shoxobchasini ochadi

Boshqa anklavlar o‘z respublikalaridan asta-sekin "ajralib ketishdi": ko‘chmanchilar yerga biriktirilib, yangi qishloqlarni tashkil etishdi. Respublikalarning chegaralarini aniqlashtirish keyinchalik amalga oshirildi, va turli yillardagi xaritalarda O‘zbekistonning So‘x darosi bo‘ylab uzun burchagi 1960-yilga kelib ikki anklavga aylandi.

Bu yerga Markaziy Osiyo davlatlarining nisbatan sovuq munosabatlari va bir necha marta Janubiy Qirg‘izistonni qirg‘iz-o‘zbek mojarolarini qo‘shsa bo‘ladi. Anklavlar keskinlikni oshiradilar, va ularning ko‘pchiligi hudud kelishmovchiliklarini keltirib chiqaradi. Norasmiy uyin qoidalariga ko‘ra, ularni hal qilish kerak emas, faqat adovatni saqlab turishga xizmat qiladi.

Shaffof chegaralar

Cho‘ng‘ara anklavi So‘h darosining chap qirg‘og‘i bo‘yicha 5 kilometrga cho‘zilgan. Ko‘ndalangiga esa bir kilometr ham chiqmaydi. Men sherigim bilan anklavga yaqinlashdik, elektr xarita bilan solishtirib turdik, aks holda anklavning chegarasini ko‘rib bo‘lmaydi.

Qirg‘oqning chap tepalikdan men uzun uylar qatoriga tikilib, kuzatib turdim. U yerda O‘zbekiston belgilarini: masalan, bayroq yoki Xumo qushi belgisini ko‘rish umid qildim. So‘x darosi bo‘ylab o‘tgan ko‘prikdan o‘tganimizda chegarani hech kim qo‘riqlamayotganini tushundik. Biz daryo vodiysi bo‘ylab uylar tomon yo‘l oldik.

© Foto: Ilya Buyanovskiy Proxojie zdes v osnovnom kirgizi, xotya ne etnicheskiy sostav opredelyayet spetsifiku anklava, a prinadlejnost Uzbekistanu
Proxojie zdes v osnovnom kirgizi, xotya ne etnicheskiy sostav opredelyayet spetsifiku anklava, a prinadlejnost Uzbekistanu  - Sputnik O‘zbekiston
Proxojie zdes v osnovnom kirgizi, xotya ne etnicheskiy sostav opredelyayet spetsifiku anklava, a prinadlejnost Uzbekistanu

Yo‘lda o‘tayotgan cho‘ponlar yoki uylar oldidagi yorqin kiyimdagi ayollar, bizga umuman e’tibor berishmadi, — bu yerlarga chet el sayyohlari ko‘p ham tashrif buyurishmaydi.

Men hatto shubhalandim ham, aholi bu yerda anklav ekanligini bilisharmikan? Bu yerda mashina to‘xtadi va yosh yigit mashinadan tushib, tabassum bilan yerga ko‘rsatib "O‘zbekiston hududi! (Uzbekistan territoriya)" deb aytdi.

Biz javoban rus tilida javob berdik. Ushbu yigit, bu yerda endi asosan qirg‘izlar yashashmoqda, o‘zbeklar yildan yilga kamayib ketmoqda deb aytdi; chegara yo‘q, biron o‘zbek kuch tizimi xodimi yo‘q, trassaning asosiy kirish qismida ba’zan qirg‘iz askarlari turishadi. O‘zbekiston bilan aloqa qilishi haqida savolimizga, suhbatdoshimiz tushunarsiz narsalarni javob berdi. Tushunimcha, biron narsa kerak bo‘lganda u yerda borishadi, biroq Qirg‘izistonda yashashga o‘rganib qolishgan.

Cho‘ng‘araning yagona asfalt qilingan yo‘li bu Qirg‘iziston qishlog‘i bilan o‘tgan yo‘l hisoblanadi. Undan tepaliklarga burama yo‘lakchalar chiqib ketadi. Tepada katta ariq o‘tgan, navigator bizga ahlat tashlangan joydan o‘tishni taklif qiladi. Anklav aholisi tasodifan chegara chizig‘iga ahlat tashlashadimi?

© Foto: Ilya Buyanovskiy Mestnie zavalivayut granitsu musorom v znak protesta protiv vsex granis mira
Mestnie zavalivayut granitsu musorom v znak protesta protiv vsex granis mira - Sputnik O‘zbekiston
Mestnie zavalivayut granitsu musorom v znak protesta protiv vsex granis mira

Biz Cho‘ng‘araga biz "orqa tomondan" kirib bordik. Qishloqqa asosiy kirish yo‘li — shimoldan, u yerdan Batken-O‘sh trassasi o‘tgan. U yerda Qirg‘iziston kichik harbiy posti joylashgan, biroq u yerda mashinalar tanlab tekshiriladi va ular davlat chegarasini kesib o‘tish haqida shtamp qo‘yish vakolatiga ega emas.

Deyarli oddiygina qishloq

Tashqi ko‘rinishda Cho‘ng‘ara — eng oddiy qishloq. Atrofida zanglagan neft kon nasoslar — qishloq kichik va eski bo‘lgan neft koni oldida joylashgan.

Anklavga piyoda kirib borganizda oddiy qishloq hayotini ko‘rasiz: tor ko‘chalar orasida loy g‘ishtdan yasalgan baland devorlar, o‘yilgan eshiklar, yaylovlarda mollar, mevali bog‘lar va tandirlardan tutun chiqishini ko‘rasiz.

Markaziy Osiyo davlatlari chekka joylarda hayot bir meyorda davom etadi va bu kichik qishloqda oddiy inson hayoti uchun hamma narsa bor. Masalan, hovuz oldidagi xiyobon, u joyda g‘ozlar suzmoqda. Qishloqdan chiqish joyida — kichik masjid bor. Masjid hovlisida katta qabr toshi o‘rnatilgan.

KPP na granitse Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida aholi uchun qulay post ochildi

Cho‘ng‘arada shifoxona va maktab bor. Shifoxona devorida biz o‘zbek tilida yozilgan plakatni ko‘rdik. Uning tagida Qirg‘iziston davlat raqamli avtomashinalar qo‘yilgan. Bu yerda shifoxona qorovuli keldi, u bizning pasportimizni tekshirib, oq yo‘l tiladi.
Cho‘ng‘aradagi katta yoshdagilar bizni vazminlik va juda hushmuomalik bilan kutib olishdi. Bolalar esa birinchi marta sayyohlarni ko‘rganidan hayron bo‘lib, quvnab ketishdi.

Kichik do‘konda O‘zbekiston so‘mi va Qirg‘iziston somi qabul qilinadi. Budjet tashkiloti xodimlari oyliklarni so‘mda olishadi, qirg‘iz somini esa Batketdan savdogarlar va Rossiyadan qaytayotgan mehnat muhojirlari olib kelishadi. Yaqin atrofdagi Qirg‘iziston qishloq aholisi O‘zbekiston mahsulotlarini sotib olish uchun kelishadi, shu jumladan aroqni. Bu yerda unga talab mavjud.

Cho‘ng‘arada o‘zbeklar qishloq aholisining yarmini tashkil qiladi. Asta-sekin qirg‘izlar anklavni to‘ldirishmoqda. Cho‘ng‘araning tashqi tuzilishi ko‘proq O‘zbekistonga o‘xshaydi, aholisi esa yuz ko‘rishi yoki kiyimi ko‘proq qirg‘izistonliklarga o‘xshaydi. Biroq bu yerda millatlar o‘rtasida adovat izlari yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0