Demokratiyani o‘rgatishadi. AQSh ishga aralashuv usullarini belgilab oldi

Obuna bo‘lish
Amerikaliklar endilikda demokratiya uchun kurashmoqchi emas. Vaqt ko‘rsatdiki: intervensiyalar va avtoritar yetakchilarni taxtdan ag‘darish samarasiz ekan
TOShKENT, 5 mar — Sputnik, Sofya Melnichuk. Amerikaliklar endilikda demokratiya uchun kurashmoqchi emas. Vaqt ko‘rsatdiki: intervensiyalar va avtoritar yetakchilarni taxtdan ag‘darish samarasiz ekan. Bundan saboq chiqargan Vashington dunyoni (bu ishni o‘zidan boshlagan holda) o‘zgartirmoqchi.
Kapitoliy vo vremya podgotovki k inauguratsii v Vashingtone  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Bu ish bermadi! AQSh demokratiyani deb, dunyodagi rejimlarni ag‘darmaydigan bo‘ldi
AQSh endilikda qanday harakat qilmoqchi - RIA Novosti materialida.

Yangi davr - yangi usullar

AQSh Davlat departamenti davlat kotibi Entoni Blinkenning ilk rasmiy chiqishi, garchi bo‘sh zalda bo‘lib o‘tgan bo‘lsa-da, ammo juda katta shov-shuvlarni keltirib chiqardi. Yarim soat ichida amerika diplomatiyasi rahbari tez orada milliy xavfsizlik strategiyasida biriktirib qo‘yiladigan tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlarini sanab o‘tdi.
Blinken deyarli hech qanday yangi gap aytgan emas: u ham, prezident Jo Bayden ham bu gaplarni so‘nggi oylarda bir necha martadan takrorlashgan. Ammo, shunday esa-da, ayrim gaplar bo‘ldiki, ularni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmasdi.
Otrajenie mujchini na fone flaga YeS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2020
Demokratiya Yevropani ado qilmoqda. Yevropa demokratiyani birinchi bo‘lib o‘ldiradimi?
"Bizning yondashuvimiz o‘zgaradi, — deb e’lon qildi davlat kotibi. — Biz demokratiyani qimmatbaho harbiy intervensiyalar yoki avtoritar rejimlarni kuch bilan ag‘darishga urinishlar yordamida ilgari surmaymiz". Bunday usullar, garchi, yaxshiliklarni ko‘zlab qo‘llanilgan bo‘lsada, ammo hech qanday yaxshi oqibatlarga olib kelmadi, deb tan oldi u.
Bundan tashqari, "demokratiyani ilgari surish" so‘zlari salbiy ma’no kasb etdi, va hatto amerikaliklarning o‘zlari ham bu gaplarga ishonmay qo‘ygan.
Dunyo o‘zgardi, va yangi sharoitlarda Vashington o‘z e’tiborini terrorizm tahdididan raqib-derjavalar bilan kurashga yo‘naltirmoqchi. Demokratiyani ilgari surishni — bu esa avvalgidek AQSh tashqi siyosatining qonunidir — o‘z shaxsiy namunasida ko‘rsatish lozim. "Aks holda, biz Xitoy va Rossiya singari raqiblarga qo‘l keladigan ishlarni qilyapmiz, ular bizning ideallarga sobitligimiz borasida gumonlarni yuzaga keltirish uchun duch kelgan imkoniyatlardan foydalanishmoqda. Ularga masalani yengillashtirish kerak emas", - deya xulosa qildi diplomat.

Aytarli bo‘lmagan namuna

O‘tgan yil mamlakatga sinovlarni olib keldi. Birgalikda hisoblaganda Birinchi, Ikkinchi jahon urushlari va Vyetnam urushidagidanda ko‘proq amerikaliklarning qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lgan koronavirus infeksiyasi sog‘liqni saqlash tizimidagi notenglikni ko‘rsatib berdi. Politsiyachilarning shafqatsizligi va qoratanlilarning o‘ldirilishi tufayli yuz bergan irqchilik tufayli qo‘zg‘olonlar jamiyatdagi tizimli irqchilik muammosini ochib tashladi.
Premyer-ministr Polshi Mateush Moraveski i premyer-ministr Vengrii Viktor Orban pered vstrechey s prezidentom Yevropeyskoy komissii v Brussele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2020
Polsha va Vengriya Yevropa ittifoqiga demokratiyani o‘rgatadi va uni vayron qiladi
Prezident saylovlari esa o‘n yilliklardan buyon yuz bergan eng janjalli tadbirga aylandi. Donald Tramp hanuzga qadar ovoz berish natijalarini hisoblashda qalloblikka yo‘l qo‘yildi, deya ta’kidlamoqda. Bu esa fundamental qadriyatlarga nisbatan haqiqiy hujumga olib keldi: oltinchi yanvar kuni saylovchilar ovozi natijalari tasdiqlanayotgan vaqtda olomon Kapitoliy binosiga bostirib kirdi.
Yangi prezident - Jo Bayden oldida birinchi galda mamlakat ichidagi birlikni qayta tiklash zarurati paydo bo‘ldi, u birinchi galda amerikaliklarning o‘ziga - AQSh hamon - demokratiya mash’alasi ekanligini isbotlamog‘i darkor edi.
"Shtatlarda shaxsiy namuna ko‘rsatish borasida katta muammo mavjud, — deydi RIA Novosti bilan suhbatda AQSh va Kanada instituti katta ilmiy xodimi Pavel Koshkin. — Elektoratni safarbar etish uchun ularga ritorik instrument kerak. Ular uchun: biz mamlakatdagi holatni tartibga sola olamiz, deya ko‘rsata olishlari muhim".
Prezident Yevropeyskoy komissii Ursula fon der Lyayen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2020
Yevropa liberal maslakdoshlik va demokratik totalitarizm uchun kurashmoqda
Qaysidir ma’noda Blinkenning bayonotlarini ichkariga yo‘naltirilgan hisoblash mumkin, deydi Koshkin. "Boshqa davlatlarda tartib o‘rnatish - o‘ziga yarasha stimul: hammasini o‘zdan boshlash kerak", — deya tushuntiradi u.

Taraqqiyot demokratiyaga qarshi

Bayden ma’muriyati muntazam ta’kidlab keladiki: bosh strategik raqib — Xitoy va uning rivojlanish modelidir. Vashington aynan shuni o‘zgartirishga erishmoqchi.
Pekinning o‘zi esa siyosiy tizimni hech qayerga eksport qilmoqchi emas, bu haqda XXR raisi Si Szinpin gapirgan edi. "Biz dunyo uchun imkoniyatlarni taraqqiyot yordamida ilgari suramiz", deya tushuntirgan edi u.
Ayrim davlatlarda chindan ham xitoycha davlat boshqaruvining alohida olingan elementlari importiga talab mavjud, deydi Moskva Karnegi markazi maslahatchisi xitoyshunos Temur Umarov. Bunga misol — Markaziy Osiyo mamlakatlaridir, u yerda AQSh ta’siri yildan-yilga kamayib bormoqda.
Obama eshiklarni qarsillatib yopdi: AQSh Rossiya diplomatlarini chiqarib yubormoqda
"Mintaqaning barcha avtokratiyalari Xitoy muvaffaqiyatini qaytarishni istaydi: ular demokratik islohotlarsiz rivojlangan davlatga aylanishni istashadi", — deya ta’kidlaydi Umarov. Shu bilan birga har qanday avtokratiya zamonaviy dunyoda demokratiya bo‘lib ko‘rinishga majbur. Busiz global dunyoda normal mavjudlikning imkoni yo‘q.
Shu bois ritorika darajasida Markaziy Osiyoda hamma islohotlar va inson huquqlari haqida gapirishadi, ammo amalda esa G‘arbni taqlid modeli sifatida ko‘rmaydilar. Agar ilgari, kamida bitta mamlakat — Qirg‘iziston, ya’ni Markaziy Osiyodagi demokratiya oazisi, — ko‘proq amerikaparast kayfiyatda bo‘lgan bo‘lsa, hozirda u ham o‘z fikridan qaytgan va boshqa yo‘ldan bormoqda.
Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2016
BMT Bosh Assambleyasida Obama O‘zbekiston bilan bog‘liq xato haqida gapirdi
Qo‘shma Shtatlar mintaqada o‘z pozitsiyasini kuchaytirishlari mumkin edi, qachonki Markaziy Osiyoga xuddi hozirda Pekin qilayotgani iqtisodiy jihatdan faolroq jalb etilganlarida. Busiz, deydi Umarov, mafkuraviy planda katta ta’sirga ega bo‘lolmaydi.

Unutilmagan eskilik

Yangi ma’muriyatning ushbu tanlagan yo‘li — Barak Obama davrida boshlangan yo‘lning davomidir. Obama doktrinasi deb atalmish bu yo‘l chet elda amerika harbiylari kontingentining qisqartirilishini ko‘zda tutardi. O‘sha vaqtdayoq demokratlar harbiy usullar unchalik samarali emas, demokratiyani intervensiyalar, okkupatsiya va davlat qurilishi hisobiga emas, balki yumshoq kuch yordamida ilgari surish kerak, degan xulosalarga kelgan edilar.
Amerikanskiy morskoy pexotines na territorii posolstva SShA v Bagdade, Irak. 4-yanvarya 2019 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2020
"Qo‘lda qurol bilan uy-uyiga tarqalishdi". AQShning iroq kampaniyasi yutuqlari va xatolari
Ammo 44-prezident bu ishni unchalik uddalay olmadi: 2011-yilda AQSh liviya hukumat qo‘shinlari bo‘ylab zarba berdi. Obama sal vaqt o‘tib, qaror, albatta, to‘g‘ri bo‘lganligini, ammo uning oqibatlariga Vashington tayyorgarlik ko‘rmaganini tan olgan edi. Liviya tartibsizliklar ummonida qoldi — Obama buni o‘z prezidentligining eng qo‘rqinchli xatosi, deya atadi.
Hozirgi ma’muriyat uning urinishlarini davom ettiradi va bevosita harbiy intervensiyadan tashqari barcha usullardan foydalanadi, deb hisoblaydi "Iqtisodiyot oliy maktabi" milliy tadqiqot universiteti Yevropa va xalqaro kompleks tadqiqotlar markazi direktori o‘rinbosari Dmitriy Suslov.
Poyezdka prezidenta RF V. Putina v Berlin dlya uchastiya v Mejdunarodnoy konferensii po Livii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2020
Fikr: G‘arb Liviyadagi tinchlik o‘rnatilishining asosiy tashabbuskori kimligini biladi
"Chet eldan keladigan va NNTlar yordami siyosatiga urg‘u berilmoqda, "to‘q sariq rang inqiloblar"ni yanada faolroq qo‘llab-quvvatlaydilar, — deydi u, Suriyada AQSh Bashar Asad rejimiga qarshi bevosita kurash olib bormaganini, balki muxolifat kuchlarga yordam berganini eslatgan holda. — Bu yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan instrumentligicha qolmoqda".
Hozirda Vashington Rossiya, Belarus, Venesuelada muxolifat vakillariga yon bosmoqda. Sal oldin Shtatlar Aleksey Navalniy ishi uchun ayrim rossiyalik amaldorlarga qarshi sanksiyalar kiritgan edi. Svetlana Tixanovskaya amerika elchisi bilan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga qarshi cheklov choralari borasida muhokamalar o‘tkazdi. Kuni kecha Blinken Xuan Gaydo, Venesueladagi muxolifat yetakchisi bilan qo‘ng‘iroqlashdi. Xitoy va Eronda AQSh g‘arbparast NNT va dissidentlarga yordam berib keladi.
Aniq harakatlar mamlakatga bog‘liq, deydi Suslov. Qayerdadir bu tomonlarning birini fuqarolik urushida qo‘llab-quvvatlash bo‘lishi mumkin, qayerdadir esa - siyosiy inqiroz fitnasi ko‘rinishida.
Tank T-54 pravitelstvennix sil Livii okolo goroda Sirta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2020
Liviya davlatchiligini NATO yo‘q qildi - Lavrov
Axborot siyosati, tashviqot, xalq diplomatiyasi. Sanksiyalar — demokratiyani keng tarqatishning muhim instrumentlaridan biri: ular yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan elitalarga zarba beradi. Ammo yangi Iroq va Liviyalarga keladigan bo‘lsak - bunday operatsiyalar bo‘lmaydi.
Tarix shuni ko‘rsatadiki: faqatgina shaxsiy namuna bilan demokratiyani tiqishtirish muammoli ish — bu chet el loyihalari uchun mablag‘ ajratishdan-da mushkulroq. Shunday ekan, aftidan, do‘stona kuchlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, Davlat departamentining asosiy instrumentiga aylansa kerak.
Yangiliklar lentasi
0