Liviya davlatchiligini NATO yo‘q qildi - Lavrov

© AFP / MAHMUD TURKIA Tank T-54 pravitelstvennix sil Livii okolo goroda Sirta
Tank T-54 pravitelstvennix sil Livii okolo goroda Sirta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Liviya davlatining yo‘q qilinishida hamda ushbu mamlakat xalqining bugun qiyin ahvolda qolishida Lavrov NATOni aybladi.

TOShKENT, 14 yanv - Sputnik. Hozir Liviyada davlatchilik yo‘q, NATO uni 2011-yilda yo‘q qildi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, RIA Novosti xabariga asosan.

"Ushbu avanturaning oqibatlari - jinoiy, noqonuniy avanturani - biz hali ham hosillarini yig‘moqdamiz. Birinchidan, albatta, Liviya xalqi", dedi u Shri-Lankadagi hamkasbi Dinex Gunadevarden bilan muzokaralardan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Lavrov, shuningdek, ko‘plab davlatlar -  Germaniya, Fransiya, Italiya, shuningdek Jazoir, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Qatar va Rossiya, ittifoq tomonidan yaratilgan muammo ustida ish olib borayotganini aytdi.

Kuni kecha Moskvada Liviyadagi taraflar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar mintaqadagi demarkatsiyaning imkoniyatlari va shartlarini muhokama qilishdi, ammo kelishuvga erisha olmadilar: hamma ishtirokchilar ham yakuniy yarashish hujjatiga imzo chekmadilar. Xususan, Liviya milliy armiyasining (LNA) rahbari marshal Xalifa Xaftar imzo chekmadi.

Liviyadagi vaziyat

2011 yilda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya va NATO Liviyada amaliyot o‘tkazdi, natijada Muammar Qaddafiyning o‘ldirildi va 40-yildan ko‘proq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan tuzum ag‘darildi.

Lavrov: Rossiya otvetit na amerikanskie sanksii protiv Severnogo potoka – 2  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQSh va Eron o‘rtasida muloqot o‘rnatishga yordam berishga tayyor - Lavrov

Shundan so‘ng mamlakatda keskin inqiroz boshlandi. Sharqda, Tobruk shahrida parlament xalq tomonidan saylanadi. Uni Xaftar boshchiligidagi LNA qo‘llab-quvvatlaydi. G‘arbda, Tripolida, BMT va Yevropa Ittifoqining ko‘magi bilan Fayyoz Sarraj boshchiligidagi Milliy kelishuv hukumati (PNC) amal qilmoqda.

Ikkixokimiyatlilik va xavfsizlik tizimining qulashi qurolli qo‘zg‘olonchi guruhlar va terroristik tashkilotlarning faolligini oshishiga olib keldi. Markazlashtirilgan hokimiyat va birlashgan armiya yo‘qligi sababli Liviya kontrabanda markaziga, shuningdek, noqonuniy muhojirlarning Afrikadan Yevropaga o‘tish joyiga aylandi.

2019 yil 4-aprelda Haftar Tripoliga "terroristlardan ozod qilish" uchun hujum boshladi. Hukumatga sodiq bo‘lgan qurolli kuchlar "G‘azab vulqoni" operatsiyasi boshlanganini e’lon qilishdi. So‘nggi bir necha oy ichida bir necha yuzlab odamlar halok bo‘ldi va minglab odamlar jarohatlandi.

Yangiliklar lentasi
0