"Qo‘lda qurol bilan uy-uyiga tarqalishdi". AQShning iroq kampaniyasi yutuqlari va xatolari

© Foto : U.S. Marine Corps / Sgt. Kyle TalbotAmerikanskiy morskoy pexotines na territorii posolstva SShA v Bagdade, Irak. 4-yanvarya 2019
Amerikanskiy morskoy pexotines na territorii posolstva SShA v Bagdade, Irak. 4-yanvarya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Shu soatlarda koalitsiya qo‘shinlari Iroqni qurolsizlantirish, uning xalqini ozod etish va dunyoni halokatli xavfdan himoya qilish maqsadida harbiy operatsiyani boshlamoqda", — prezident kichik-Jordj Bush aytgan shu so‘zlar bilan AQSh Iroqqa bostirib kirgan edi.

TOShKENT, 1 sen — Sputnik, Sofya Melnichuk. "Ekstremistlar bombalarni portlatishda, tinch aholiga hujum qilishda va dushmanlikni kuchaytirishda davom etishmoqda", — Iroqdagi harbiy operatsiya yakuni haqida e’lon qilar ekan Barak Obama shunday deya ogohlantirgan edi. Koalitsiya mamlakatdagi missiyasini bajardi, uyga qaytish vaqti ham keldi. Ammo o‘sha vaqtdan buyon o‘n yil o‘tgan bo‘lsa ham amerikaliklar hamon Bag‘doddan chiqqan emas. Vashingtonning Iroq xalqiga yordami asoratlari haqida RIA Novosti materialida o‘qing.

Nyu Yorkda egizak binolar o‘rnida qurilish - Sputnik O‘zbekiston
AQSh sudi 11-sentabr teraktlari uchun Erondan 10 mlrd $ talab qilmoqda

"Yovuzlik o‘qi"dagi to‘ldirish

"Shu soatlarda koalitsiya qo‘shinlari Iroqni qurolsizlantirish, uning xalqini ozod etish va dunyoni halokatli xavfdan himoya qilish maqsadida harbiy operatsiyani boshlamoqda", — AQSh prezident kichik-Jordj Bushning xuddi shu so‘zlari bilan 2003-yilning 19-mart sanasida Iroqqa bostirib kirgan edi.

Oradan bir yarim soat o‘tib, Fors qo‘ltig‘idagi dengizda joylashgan "Tomagavkalar" ilk nishonlarni zabt etdi, koalitsiya esa Quvayt chegarasida hujumga kirishdi.

Voyennoslujashie SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Iroq qo‘shinlarni olib chiqishni talab qilsa, AQSh yordamni kamaytiradi - OAV

Qo‘shma Shtatlar uchun bu 2001-yilning 11-sentabridagi teraktlardan so‘ng xalqaro terrorizmga qarshi urush yo‘lida bosilgan yana bir qadam bo‘ldi. "Al-Qoida" jangarilari o‘sha kuni uch mingga yaqin odamlarni o‘ldirdilar. Jorj Bush o‘z xalqiga aybdorlar albatta jazosini oladi, deya va’da berdi. Afg‘onistondagi urush "birinchi raqamli terrorchi" Usama bin Lodinning qo‘lga olinishiga olib kelmadi. Ammo amerikaliklar endi o‘z nigohlarini boshqa yetakchiga - Saddam Husaynga qaratgan edilar. Ular razvedka ma’lumotlariga (keyinchalik ushbu ma’lumotlar haqiqatga mos emasligi aniqlangan edi) tayangan holda, Saddam terrorchilarni erk bergan, deya qat’iy turib olishgandi.

ZRK S-300 - Sputnik O‘zbekiston
Iroq yana Rossiyadan S-300 raketa tizimini sotib olish istagini bildirdi

Yangi iroq kampaniyasiga amerika jamoatchiligini oldindan tayyorlab borishgan. Jorj Bush ilk bor 2002-yilning yanvarida "yovuzlik o‘qi"ga yana bir halqa kelib qo‘shilgani haqida tilga olgan. Sentabrda BMT Bosh assambleyasi tribunasidan turib u: mabodoki Husayn o‘zini qurolsizlantirmas ekan, urush muqarrar, deya tahdid qildi.

Kongress tez orada Iroqqa qarshi kuch ishlatishga ruxsat beradigan rezolyutsiyani prezidentga imzo chekish uchun kiritdi, senat esa mudofaa harajatlarini 37,5 milliard dollardan so‘nggi o‘n yillik uchun rekord bo‘lgan - 355,1 milliard dollarga yetkazishni.

2003 yilning yanvarida Bush: AQSh razvedkasi dalillarga ega, Saddam Husayn ommaviy qirg‘in qurollari, xususan, sibir kuydirgisi sporalarini yashirib kelmoqda, deya e’lon qildi. Natijada, garchi Iroqda 1980-yillardan qolib ketgan, ommaviy putur yetkazishga yaroqsiz kimoviy qurolni aniqlagan bo‘lsalarda, bu "Iroq ozodligi" operatsiyasi uchun rasmiy bahona bo‘lib xizmat qildi.

Voyennoslujashie SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Iroq AQSh harbiylarini mamlakatdan olib chiqish mexanizmini tayyorlashga kirishdi

Tezlikda bostirib kirish

Iroq radiosi hujum kunida: "Yovuzlik bilan kelganlar, Xudo, vatan va insoniyat dushmanlari, ahmoqlikka yo‘l qo‘ydilar va bizning yurtimiz va xalqimizga hujum qildilar ", deya e’lon qildi. Saddam Husayn tez orada qochib ketdi va keyinchalik audioyozuv orqali xalqqa murojaat qildi.

AQSh va Britaniya qo‘shinlari iroqnikiga qaraganda ancha kuchli edi. Bir necha hafta ichida koalitsiya iskanjasi natijasida Basra, Kerbel, Kirkuk Mosul, 14-aprel kuni esa — qochqin iroq yetakchisining ona shahri - Tikrit taslim bo‘ldi. Operatsiyaning faol fazasiga 26 kun sarflandi, 2003-yilning 1-may sanasida hammasi yakun topdi. Uzoq muddatli okkupatsiya va Saddam Husayn ustidan ov boshlandi.

AQShning Bag‘doddagi elchixonasi oldida o‘tkazilgan Amerikaga qarshi namoyish, 1991-yil 15-yanvar - Sputnik O‘zbekiston
Manba: Saddam Husayn hayotining so‘ngi yillarida, davlatni boshqarish o‘rniga romanlar yozgan

Husaynni oradan to‘qqiz oy vaqt o‘tib - "Qizil tong" missiyasi davomida qo‘lga tushirishdi. Sochlari to‘zg‘igan va fikrlash qobiliyati buzilgan Husaynni Tikrit yaqinidagi yashiringan joyidan sudrab chiqishayotgani tasvirlangan kadrlar butun dunyoga tarqaldi. Uning yonida o‘qsizlantirilgan va keyinchalik Jorj Bush tomonidan o‘lja sifatida saqlab kelingan to‘pponcha va 750 ming dollar solingan chemodan topilgan.

Oradan ikki yil o‘tib, prezidentni osish orqali o‘limga hukm qildilar. Ammo urush tugamadi. Iroq dinlararo zo‘ravonlik to‘lqini ostida qoldi.

Zararsifat yordam

"Iroq — mintaqaning eng murakkab va rang-barang mamlakatlaridan biridir. Amerikaliklar konfessiyalararo ko‘rinishidagi ko‘plab muammolarnigina emas, balki "madaniy shahar" va iroq jamiyatining qabilalar qismi, sahrolar darajasidagi muammolarni ham ochib tashladilar, — deya ta’kidlaydi Ruslan Mamedov, xalqaro ishlar bo‘yicha Rossiya kengashi dasturchi direktori. — Biri ikkinchisini ustiga qatlam bo‘lib tushar va ishlamaydigan davlat ta’limi yuzaga keldi, u AQSh hujumidan so‘ng ulkan darajadagi, mustaqil yengib bo‘lmaydigan murakkabliklar bilan to‘qnash kelgandi".

Xillari Klinton va Barak Obama. - Sputnik O‘zbekiston
Obama Putin va Saddam Husaynni qiyosladi

2004-yildagi jimjitlikdan so‘ng Saddam Husayn davrida hokimiyat tepasida bo‘lgan sunniy ozchilik va shiya hamda qurdlar ko‘pchiligi o‘rtasida qarama-qarshilik yanada kuchaydi.

Oradan bir yil o‘tib, 50-yil deganda birinchi marta, jangarilarning hudud bo‘ylab snayperlarni qo‘yib chiqish tahdidi ostida bo‘lsa ham ko‘ppartiyaviy parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. To‘g‘ri, sunniylar bu saylovlariga boykot e’lon qildilar. Ammo shunga qaramay, yangi konstitutsiyani taqdim etishi lozim bo‘lgan o‘tish hukumatini shakllantirishga erishildi.

Jarayon shiyalar, qurdlar va sunniylar o‘rtasidagi ziddiyatlar tufayli to‘xtab qoldi. Sunniylarni mamlakatning federal tuzilmasi, "Baas" partiyasining yo‘q qilingani va boshqa holatlar qoniqtirmas edi, bularning barchasi shiyalar va qurdlar manfaatiga ko‘proq xizmat qilishi urg‘ulanardi. Ammo konstitutsiya baribir qabul qilindi va yangi parlament shakllantirildi. Bularning barchasi mamlakatni zo‘ravonlikdan asrab qololmadi.

Amerikanskiy morskoy pexotines na territorii posolstva SShA v Bagdade, Irak. 4-yanvarya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Iroq parlamenti mamlakatdan xorijiy harbiylarni olib chiqilishi uchun ovoz berdi

An’anaviy tarzda mamlakat elitasining asosiy qismini tashkil qiluvchi sunniylar, shu jumladan, Saddam Husayn ham, hukumatni topshirishni istamasdi. "Yangi siyosiy elita - umuman olganda, AQSh tomonidan qo‘yilgan. Ularning otalari va bobolari 1958-yilgacha, ya’ni monarxiya davrida muhim lavozimlarni egallashgan. Jamoatchilik bilan aloqalarga ular ega bo‘lishmagan", - deya tushuntiradi Mamedov.

Qon to‘kilishlar davom etar, tinch aholi nobud bo‘lardi, mamlakatdan qochardi. 2007-yilda Bush Iroqqa yana 21,5 ming harbiyni yubordi va strategiyani qayta ko‘rib chiqdi, yangisi "Katta to‘lqin" nomini oldi. U konfessiyalararo mojaroni so‘ndirishi umid qilingan edi, ammo hech qanday natijaga erishilmadi. Oqibatda Bag‘dodning hatto eng yaxshi qo‘riqlanadigan tumani - "yashil zonasi" - xavfsiz maqomini yo‘qotdi. Amerikancha tartibga solish samaradorligi shubhalantira boshladi.

Barak Obamaning Oq uyga kelishi bilan amerika qo‘shinlarini Iroqdan olib chiqish qarori qabul qilindi. 2010-yilning yoziga kelib 90 ming nafar harbiylar vatanga qaytarildi. Mamlakatda 50 mingga yaqin qo‘shin qolgandi. 31-avgust kuni Obama millatga murojaat qildi va AQSh Iroqda harbiy operatsiyani to‘liq to‘xtatishi haqida ma’lum qildi.

Lider gruppirovki Islamskoe gosudarstvo Abu Bakra al-Bagdadi  - Sputnik O‘zbekiston
Iroq razvedkasi al-Bag‘dodiyga yaqin bo‘lgan “harbiy amir”ni zararsizlantirdi

Hayratlantiruvchi natija

AQSh Iroqda qurmoqchi bo‘lgan davlatchilik va xavfsizlik institutlari, Ruslan Mamedov so‘zlariga ko‘ra, puchligini namoyon etdi: "Ushbu tuzilmalar na tashqi va na ichki tahdidlarga javob berishga tayyor emasdi. Amerika kampaniyasi va Iroqdagi saylovlar yakun topgach, o‘sha paytdagi Bosh vazir Nuri al-Malik hokimiyatni markazlashtirish bo‘yicha keskin qadamlarga borgani ajablanarli emas, u nomatlub siyosatchilarni quvg‘in qilib, ularni terroristik faoliyatda aybladi. AQSh ketishi bilan uni hech narsa to‘xtata olmasdi, natijada Iroq jamiyatining ahamiyatli qismi, xususan, sunniylar marginallashtirildi".

Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL) - Sputnik O‘zbekiston
Suriya va Iroq ayrim tumanlarida “IShID” avvalgidan kuchliroq bo‘ldi – Pompeo

Ammo Vashingtonning asosiy xatosi - amerikaliklarga radikal uyushmalarga qarshi yordam berishda ishtirok etgan sunniy ko‘ngilli askarlari edi. "Yosh yigitlar shunchaki qo‘lida qurol bilan uy-uylariga tarqalgan edilar. Bu guruhlar umumiy xavfsizlik tizimiga kiritilmadi, ular maoshsiz qolishdi, yetakchilari ta’qib qilinardi", — deya sanaydi Mamedov. Sunniylarning ushbu murakkab holati radikal g‘oyalar tarqalib ketishiga sabab bo‘ldi. "2014-yilda hamma shok holatiga tushgan edi: "Islom davlati"* mamlakat shimoli-g‘arbini egallab oldi va iroq hukumati yarim hudud ustidan nazoratni yo‘qotdi", - deydi Mamedov.

Iroq baribir ID* ustidan g‘alaba qozondi, bu qaytarilgan amerikaliklar hisobiga ham amalga oshgan edi. Ammo AQSh operatsiyasini umumiy qilib, omadli, deb atash - ulkan mubolag‘a bo‘ladi, deya qayd etadi ekspert.

Urush vaqtida qancha iroqliklar halok bo‘lishgani hozirgacha aniq emas. Amerika OAVlari ma’lumotiga ko‘ra — bu raqam 100dan 300 minggachani tashkil etadi. BSST ta’kidiga ko‘ra, birinchi uch yilning o‘zida 150 - 223 ming kishi qurbon bo‘lgan. Shuningdek, 700 ming degan baholar ham bor.

Amerikanskie soldati nablyudayut za poradkom na ulitse Bagdada - Sputnik O‘zbekiston
Iroqda urush boshlab, Amerikani boy berish: bu qanday ro‘y berdi

Amerikaliklar yo‘qotishi ancha past bo‘ldi - 4,5 mingga yaqin harbiy halok bo‘ldi, 30 mingga yaqini jarohatlandi. Iroqdagi urushda AQShning bir yarim millionga yaqin fuqarolar qatnashdi. Soliq to‘lovchilarga bu bostirib kirish veteranlar va ularning oilalariga to‘lovlarni hisobga olgan holda ikki trillion dollarga tushdi.

O‘sha missiya borasida AQShda yagona fikrning o‘zi yo‘q, deya qayd etadi IMEMO RAN shimoliy amerika tadqiqotlar dasturi rahbari Viktoriya Juravleva. "Ommaviy qirg‘in qurollari yo‘qligiga va Husaynning "Al-Qoida" bilan aloqasi yo‘qligiga qaramay, Respublika partiyasi pozitsiyasi yakdil edi — bu 11-sentabr ruhida nimanidir tashkil qilmoqchi bo‘lgan barchaga ruhiy ta’sir o‘tkazish jihatdan to‘g‘ri qaror edi. O‘ch olish kampaniyasi amalga oshdi hisob".

Shunday bo‘lsada, Iroqdagi operatsiya o‘tkazilishi shart bo‘lmagan va haddan ziyod deya qabul qilinadi. Ayniqsa, Bush ushbu qarorni bosim ostida qabul qilgani haqida chop etilgan memuarlar dunyo yuzini ko‘rgach shu ayon bo‘ldi, deydi Juravlova.

"Albatta, derjava kayfiyatini qo‘llab-quvvatlovchilar ham bor: ularga ko‘ra AQSh hamisha yetakchilikni tasdiqlashi kerak", deb davom etadi ayol. - Ammo "postvyetnam sindromi" kayfiyati ularda yetakchilik qilmoqdi - faqatgina qisqa kampaniyalar muvafaqqiyatli hisoblanadi. agar ular cho‘zilsa va AQSh yo‘qotishlarni boshdan kechirsa, jamiyat bunga maksimal salbiy munosabatda bo‘ladi".

barak Obama va Donald Tramp tomonidan berilgan va’dalarga qaramay, amerikaliklar Bag‘dodda qolmoqda. Iroq Vashington uchun muhim. Bu mamlakat Amerika-Eron mojarosi asiridir. Oq uy Iroq eshigini ochiq qoldirmoqda.

*Rossiyada ta’qiqlangan terroristik tashkilotlar.

Yangiliklar lentasi
0