Yevropa liberal maslakdoshlik va demokratik totalitarizm uchun kurashmoqda

© REUTERS / POOLPrezident Yevropeyskoy komissii Ursula fon der Lyayen
Prezident Yevropeyskoy komissii Ursula fon der Lyayen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘arb tomonidan allaqachon amalda e’lon qilingan Yangi sovuq urush o‘zining mutlaqo yangi bosqichiga o‘tmoqda, bunda Rossiyaga qarshi safsata ortidan o‘z yurtida bo‘lib rasmiy mafkuraga zid fikrlaydiganlarni ta’qib qilishga chorlovlar yangramoqda

Vladimir Kornilov

Voqea rivoji davomida, Rossiyaga qarshi qaratilgan ushbu hamla va sanksiyalarning asosiy nishoni aslida biz emasligimiz oydinlashmoqda.

Kandidat v prezidenti Belarusi Svetlana Tixanovskaya vo vremya predvibornogo mitinga v parke Drujbi Narodov v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Sirtqi kredit? Tixanovskaya Yevropa ittifoqidan yordam paketi xususida kelishuvga erishdi

Yevropa parlamentining Rossiya va rus siyosatiga oid, hatto bizning Konstitutsiyamizni o‘zgartirish talabini o‘z ichiga olgan oxirgi rezolyutsiyalari keskindek ko‘rinardi. Ammo Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen o‘sha muassasa minbaridan nutq so‘zladi — uning rasmiy nutqida mamlakatimiz faqatgina bir marta tilga olindi. Ammo qanday deng!? U "Rossiya bilan yanada yaqinroq munosabatlar uchun ovoz berayotganlarga" ochiqchasiga tahdid qildi. Ya’ni, bu aslida Moskvaga emas, balki Brussel tashqi siyosatda sog‘lomroq yondashuvlar bo‘ladi deya umid qilishga jur’at etgan Yevropa ittifoqidagi davlatlar va ayniqsa, ittifoq ichidagi siyosiy guruhlarga qaratilgan murojaat edi. Germaniya sobiq mudofaa vaziri bu nutqi orqali Yevropa muholifatini "Biz sizning ortingizdan tushdik", deya ogohlantirgandi.

G‘arb matbuoti ushbu keng qamrovli "shohona" nutqda Rossiya haqida yangragan qisqagina eslatmani asosiy ishora sifatida ajratib ko‘rsatdi. Aynan Rossiya haqidagi eslatmalar: "Yevroittifoq yetakchisi Rossiya bilan aloqalardan tiyilishdan ogohlantirmoqda" degan mazmunda nashrlarning old sahifalarida chop etildi. Ya’ni bu tezis keng ommaga yetkazilishi va matbuot tomonidan "Kremlning foydali ahmoqlari" deya laqab qo‘yilgan odamlar tomonidan eshitilishi darkor.

Ispitatelniy zapusk raketi Trident II D5 s podvodnoy lodki Nebraska u poberejya Kalifornii - Sputnik O‘zbekiston
AQSh yadro qurolini Yevropadan olib chiqishni rad etdi

Shunga shubha yo‘qki, ichki muholifatga bo‘lgan munosabatning keskin qat’iylashtirilishi - bu ayrim yevropalik siyosatchilar ta’kidlayotgani singari "berlinlik bemor" atrofidagi janjallarga bo‘lgan reaksiya emas.

Bu ko‘proq Berlindagi Rossiya elchixonasi devorlari ostida "Putin! Putin!" deya baqirganlarga javob edi. Bu - Germaniyaning o‘zida katta hurmat bilan qaraladigan haq so‘zni eshitishdan qo‘rqish edi.

Shu kunlarda germaniyaning Süddeutsche Zeitung nashri ushbu "muammoga" ochiqchasiga ishora qildi. So‘zma-so‘z iqtibos keltiramiz: "Rossiya davlat OAVlarining ta’siri Germaniyada juda kuchli, bu yerda Navalniyning zaharlanishi ko‘plab bahslarni keltirib chiqardi. RT Deutsch - Rossiya davlat televideniyesining nemis bo‘limi maqolalari juda ommabop: YeSVS (Yevropa tashqi aloqalari xizmati) ma’lumotlariga ko‘ra, ular hozir Germaniya ijtimoiy tarmoqlarida iqtibos keltirish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Nega bu ro‘y bermoqda, nega so‘nggi yillarda nemis gazetalari ommabopligiga putur yetmoqda, Süddeutsche Zeitung bu borada fikrlashga qodir emas. Ular fikricha, Rossiya OAVlarining Yevropadagi asosiy maqsadi — bu yevropa jamiyatining tekis saflariga "shubha sizdirishdan" iborat. Qiziq, g‘arb jurnalistlari qaysi davrdan boshlab shubhalar mavjudligi - bu yomon va o‘ta xunuk bir ish deya hisoblashmoqda? Agar yanglishmasak, demokratik Yevropa (kamida so‘zlarda) totalitarizm va rasmiy maslakdoshlikni qoralab kelgan. Endi esa g‘arb jurnalistlari va siyosatchilari o‘z vatandoshlarining "zaharlash" va "aralashuv" haqidagi xabarlarda qandaydir ma’no topishga urinib, yuqoridan uzatilgan "yagona to‘g‘ri" versiyani hech qanday tanqidiy tahlillarsiz chop etadigan mahalliy nashrlar va yangiliklar kanallariga sog‘lom alternativa izlashayotganlaridan samimiy hayratlarini yashirolmayapti.

Prezident RF V.Putin vruchil gosudarstvennie nagradi v Kremle - Sputnik O‘zbekiston
Aleksandr Bastrikin: neonatsizm va revanshizm hozircha, aftidan, Yevropani cho‘chitmayapti

Rossiyaparast kayfiyatlar Sharqiy Yevropada tobora ommalashmoqda. Brussel, siyosatchilar intilishlariga qarshi bu holatda "Moskva qo‘lini" ko‘rishga moyil ekan, o‘z omadsizliklarida o‘zini ayblamog‘i lozim.

Bu nafaqat Germaniyaga tegishli. Yevropaning qaysi mamlakatini olib qaramang, nega "rossiyaparast" qarashlar tizimli bo‘lmagan OAV va ijtimoiy tarmoqlarda bu qadar mashhurligi haqida munozaraga duch kelishingiz aniq.

Masalan, chexiyalik ekspert Yan Shir, buni jurnalistlarning "tayyor emasligi" bilan izohlaydi. Ularni shunchaki "to‘g‘ri yo‘naltirish" lozim: mana, misol uchun, ularni Donbass ko‘ngilli jangchilarini "separatistlar emas", balki "rus armiyasi" deb atashga majbur eting - darhol kerakli natijani olamiz. Shu o‘rinda Donbassda shu yillar ichida rossiya armiyasini hech kim topa olmagani bilan kimning nima ishi bor? Axir asosiysi - o‘quvchilarga "xiralashtirilmagan", gumonlarga olib bormaydigan, ikki xil ma’noli bo‘lmagan kartinani tiqishtirish emasmi. Buning uchun esa, Shira fikricha, chex televideniyesi efiriga o‘ziga "Rossiya rejimining Navalniyni zaharlashdan manfaati, va bu "Novichok" yordamida amalga oshirilganidan" (o, qanday ko‘rgulik) zarracha bo‘lsada shubhalanishni o‘ziga ep ko‘rmaydigan "to‘g‘ri" ekspertlarni taklif etish joiz.

Flag YeS u zdaniya predstavitelstva Yevropeyskogo Soyuza v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Yevroparlament Navalniy ishi bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi

Shir va unga o‘xshash mutaxassislar nahotki har qanday aql-idrokka ega odam, rus "bosqinchilari" yoki "zaharlovchi-Putin" haqida istisnosiz barcha gazetalarda ma’lumotlarni topib, ertami-kechmi ushbu shov-shuvli "faktlar" ning tasdig‘ini izlab topishga harakat qilishlarini anglashmasa. Gazetalarda hech vaqo topa olmagach esa, muqobil manbalarga albatta murojaat etishini bilishmasa? Aynan shu (allaqanday ichki dushmanni izlash emas) tufayli Rossiya OAVlari Yevropada tobora ommalashmoqda aslida.

Ular u yoki bu muammoga turli nuqtalardan qarab, shaxsiy xulosa chiqarish imkonini yaratishadi. Rossiyaga qarshi kurash shuurini egallab olgan, Yevropada o‘zgacha fikrlovchilarni tozalash bilan andarmon g‘arb ekspertlari xuddi ana shundan qo‘rqishadi.

Mukkasidan ketganlikni yana bir yangi namunasi — shu haftada Italiyaning qator regionlarida bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlardir. O‘ng flangga yon bosuvchi muholifat "Ligasi"ning istiqbolli g‘alabasidan qo‘rqib ketgan meynstrim OAVlari yana antirossiya xaritasini bayroq qilib chiqdilar va allaqachon mog‘or bosgan "Rossiyadan moliyalashtirish" haqidagi voqeani yana yodga oldilar.

"Asosiy dalil" "Liga" bilan qachonlardir bog‘liq bo‘lgan elektr bilan shug‘ullanuvchi firma egasi rus xotinga ega va unga deb Rossiyaga pul o‘tkazib turgan. Bu singari janjal "Liga"ga qarshi ayblovlarni rad etsada,  - axir bundan kelib chiqaptiki, pul Rossiyaga qarab bormoqda, undan kelayotgan emas, ammo o‘quvchini oppozitsiyaning Kreml bilan aloqalariga ishontirish kerakku har qanday holatda ham - bu qanchalar mantiqqa to‘g‘ri kelishi esa, muhim emas.

Yangi rezolyutsiya. Yevroparlamentda Rossiya izolyatsiyasi davom etishi uchun ovoz berishdi

"Liga" yetakchisi Salvinining shu yillar mobaynida undan hech kim bir so‘m yoki bitta matreshka ham topa olmagani haqidagi ta’kidlari na liberal italyan OAVsini va na brussel siyosatchilarini qiziqtiradi.

Ushbu spekulyatsiyalarga jo‘r bo‘lgan mafkurachilardan va yevropa liberallarining asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan Gi Verxofstadt Yevroparlament zalida Salvinini ochiqchasiga "Putindan pul olganlikda" ayblagan edi. "Shaxsan men bizga aql o‘rgatmoqqa urinayotgan odamlar Yevropa Ittifoqining barham toptirish uchun pul olayotganini janjalli holat deb bilaman", - deya bayonot qilgan edi Belgiyaning sobiq bosh vaziri.

Aslida, bu ichki muxolifatga qarshi "ayblovlar" ning mohiyati shundan iborat - u haqiqatan ham rossiyaparastmi, uning Moskva bilan aloqasi bor-yo‘qligi muhim emas. Asosiysi, uning og‘zini yopish kerak. Raqibingizning ko‘ziga qarab, uning tarafdorlaridan birining rus rafiqasi yoki tokchada matreshkasi borligini aytsangiz, u sizga nima ham javob qaytarishi mumkin? Bir uzoq vaqt qator Yevropa mamlakatlarida sinovdan o‘tgan usul.

Yevropaning yangi "temir xonimi" Ursula fon der Lyayen og‘zidan opponentlari nomiga yangragan oshkora tahdidlarning ma’nosi ham shunda. Sovuq urush "Jodugarlarga ovsiz" kechishi mumkin emas. Yevropa bu urushda asir olmoqchi emas va "beshinchi ustun" deb e’lon qiladiganlarining hammasini yo‘q qilish bilan tahdid qilmoqda. Va bu faqat boshlanishi.

Yangiliklar lentasi
0