Obama eshiklarni qarsillatib yopdi: AQSh Rossiya diplomatlarini chiqarib yubormoqda

Obuna bo‘lish
Payshanba kuni AQSh hukumati Rossiyaning qator fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritilganini e’lon qildi. Rasmiy Vashington ularni Amerika siyosiy institutlariga nisbatan kiberhujumlar uyushtirganlikda ayblamoqda

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Prezidentlik vakolati nihoyasiga yetayotgan Obama Yangi yil bayrami arafasida Rossiyaga "surpriz" tayyorladi. U payshanba kuni Rossiyaning qator fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obama Rossiyani neft, gaz va qurol sotuvchi zaif mamlakat, deb atadi
Bundan tashqari, Vashington Rossiyaning 35 nafar diplomatiga mamlakatni tark etish shartini qo‘ygan. Shuningdek, Obama AQSh hududidagi Rossiyaning ikkita diplomatik muassasasini ham yopmoqda. "Diplomatlarga va diplomatik muassasalarga "razvedka faoliyati bilan shug‘ullanganlik" ayblovlari qo‘yilgan. Vashington, bundan tashqari, Moskvani Rossiyada faoliyat yuritayotgan Amerika diplomatlari va tashkilotlarni "sig‘dirmaslikda" ayblagan", deb yozadi nashr.

Kreml bu hatti-harakatlarni "uch haftadan so‘ng ketishi aniq bo‘lgan kishilarning tajovuzkor akti" hamda AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning yangi ma’muriyatiga zarar yetkazishga urinish, deb baholadi. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Moskva tegishli tartibda javob choralarini qo‘llashi, biroq bu borada shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi.

Va’da qilingan choralar

Rossiyaning AQShdagi saylovlarga elektron tizimlarni buzib kirish orqali ta’sir ko‘rsatgani borasidagi ayblovlar bir qator amerikalik amaldorlar va turli darajadagi siyosatchilar tomonidan so‘nggi oylarda keng muhokama qilindi. Misol uchun oktabr oyida AQSh razvedka hamjamiyati rasmiy vakillari saylovlar tizimlariga uyushtirilgan kiberhujumlar ortida rossiyalik xakerlar turgani haqida ma’lum qildi. Keyinchalik MRB (Markaziy razvedka boshqarmasi) OAVlar oraqali Rossiyani Demokratik partiya serverlarini buzishda aybladi. Bu Donald Trampga saylovlarda g‘alaba qozonishga yordam berish maqsadida amalga oshirilgani aytildi.

Ammo Rossiyaning AQShdagi prezident saylovlari natijasiga ta’sir ko‘rsatishga aloqadorligini isbotlovchi hech qanday isbotlar keltirilmadi.

Dekabr oyida AQSh Prezidenti Barak Obama o‘z lavozimidan ketishidan avval bu boradagi isbotlarning bir qismini ommaga taqdim etishga hamda sanksiyalar kiritishga va’da bergan edi.

Sanksiyalar

Payshanba kuni chop etilgan sanksiyalar ro‘yxatida Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Igor Korobov, uning birinchi o‘rinbosarlar Vladimir Alekseyev va Igor Kostukov, va o‘rinbosari Sergey Gizunov bor. Ilgariroq, ya’ni noyabrda rossiyalik Aleksey Belan FQB (Federal qidiruvlar burosi) tomonidan kiberjinoyatlari uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan edi.

AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidenti "Magnitskiy qonuni"ni butun dunyoga joriy qildi

Shuningdek, Rossiyaning Yevgeniy Bogachev ismli fuqarosi ham FQB ro‘yxatiga kiritilgan, uni topishda yordam bergan shaxslarga 3 million dollar miqdorida mukofot puli berilishi ma’lum qilingan.

Shuningdek, Rossiyaning beshta muassasasi va tashkilotlariga nisbatan ham sanksiyalar kiritilgan. Bular Federal xavfsizlik xizmati (FSB), Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh razvedka boshqarmasi (GRU), "Ma’lumotlarni yaratish va qayta ishlash professional assotsiatsiyasi", "Maxsus texnologiyalar markazi" va ma’lumotlarni himoya qilish shug‘ullanuvchi "SOR Sekyuriti" kompaniyasi.

Yuqorida nomlari qayd etilgan shaxs va tashkilotlarning AQShdagi aktivlari "muzlatiladi", Amerika fuqarolari va kompaniyalariga ular bilan oldi-berdi munosabatlarini o‘rnatish ta’qiqlangan.

AQShni tark etishga mahkumlar

Bundan tashqari, AQSh hukumati qaroriga ko‘ra Vashington va San-Fransiskoda bo‘lgan 35 rossiyalik diplomatga mamlakatni 72 soat ichida tark etishlari belgilab qo‘yildi. Obama ularni "josuslar" deb atagan bo‘lsa, davlat departamenti "ularning harakatlari diplomatik yoki konsullik maqomiga ega emas"ligini ma’lum qildi. AQSh FQB va ichki xavfsizlik vazirligi Amerika partiyalaridan birining serverlariga uyushtirilgan kiberhujumlar haqida hisobot taqdim etishdi. Bu holat prezidentlik saylovlari vaqtida yuz bergan hamda ularda rossiyalik fuqarolar va mahkamalarni ayblashmoqda. Aynan qaysi siyosiy partiya serverlari buzib kirilgani ma’lum qilinmagan.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: Amerika Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida emas, o‘zi haqida o‘ylashi kerak
Shuningdek, AQSh hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, xakerlar 2015-yilda taxminan ming kishiga (ular orasida AQSh rasmiy shaxslari ham bo‘lgan) zararli kodga ega maktublar jo‘natishgan. Buning oqibatida xakerlar tizimga kirishga muvaffaq bo‘lishgan, deyiladi hisobotda.

Obama esa Rossiyaga qarshi sanksiyalar "AQShdagi saylovlarga aralashgani" uchun kiritilganini ma’lum qildi. Shuningdek, u "AQSh diplomatlariga bo‘lgan bosim" haqida ham gapirgan. Moskva bu ayblovlarni rad etmoqda.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya bu ayblovlarga keskin qo‘shilmasligini ma’lum qildi.

"Biz bunday qarorlar va sanksiyalarni asossiz, deb hisoblaymiz hamda ular xalqaro huquq nuqtayi nazaridan noqonuniydir. Bunday harakatlar munosabatlarning keskin yomonlashuviga olib keladi. Bu kutilmagan tajovuzkorlik harakati", — dedi u.

Peskov AQSh tomonidan kiritilgan sanksiyalarga Rossiya qay tarzda javob qaytarishini hozircha ayta olmasligini ma’lum qildi, ammo bu hatti-harakatlarga qarshi munosib javob qaytarilishi aniqligiga ishontirdi.

"Javob choralari Amerika tomonga ham jiddiy noqulaylik keltirib chiqarishi aniq", — deya qo‘shimcha qildi Peskov.

Yangiliklar lentasi
0