Demokratiya Yevropani ado qilmoqda. Yevropa demokratiyani birinchi bo‘lib o‘ldiradimi?

© AP / Christoph SoederOtrajenie mujchini na fone flaga YeS
Otrajenie mujchini na fone flaga YeS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Yevropa Ittifoqining navbatdagi onlayn-sammiti bo‘lib o‘tdi. Boshida faqatgina COVID-19'ga bog‘liq masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan edi.

Yevropaning deyarli barcha davlatlarida epidemiologik vaziyat keskin yomonlashmoqda, bu esa hukumatlardan tobora qat’iy choralar ko‘rishni talab qilmoqda. Biroq, bu jamoatchilik qarshiligiga duch kelmoqda - fuqarolar nafaqat keng miqyosli "lokdaun"larga qarshi, balki yengilroq cheklov choralaridan ham norozi.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa ittifoqi Rossiya vaksinasi uchun Isroil va Vengriyaga qanday tazyiq o‘tkazmoqda

Bir necha kun avval Berlinda vodometlar bilan tarqatilgan cheklovlarga qarshi namoyish - bu Yevropa hukumatlari sog‘liqni saqlash tizimining qulashiga yo‘l qo‘ymaslik, iqtisodiy oqibatlarni yumshatish va xalq noroziligini hal etish zarurati o‘rtasida bo‘lgan sugsvang tasvirdir.

Biroq, voqeyilik sammit rejalariga o‘z tuzatishlarini kiritdi va kun tartibiga yana bir o‘ta keskin masala qo‘shildi: Yevropa Ittifoqining ikkita injiqi "Enfant terrible" - Polsha va Vengriya - ittifoqning 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan budjeti (1,074 trillion yevro) va Yevropa iqtisodiyotini tiklash dasturini (750 milliard yevro) bloklab, Brusselga yana zarar yetkazdi.

Yevropa bu budjet rejalari yordamida Varshava va Budapeshtni yuqori demokratik standartlardan chetga chiqqanligi uchun jazolamoqchi bo‘ldi. Biroq, oxir-oqibat, uning o‘zi qazilgan chuqurlikka tushib ketdi.

Aniq va eng og‘riqli tarzda - moliyaviy usul bilan jazo berish rejalashtirilgandi. Polsha va Vengriya YeI subsidiyalarini oluvchilar sifatida juda imtiyozli mavqega ega, bu esa boshqa narsalar qatori geosiyosiy omillar bilan bog‘liq.

Muammo shundaki, ularni puldan mahrum qilish juda oson ish emas.

Sputnik V: Izrail planiruyet zakupat rossiyskuyu vaksinu ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya vaksinasi: Osiyo olishga tayyor, Yevropa esa mutlaq qarshi - sabab ?

Yaqin vaqtgacha bunday mexanizmlar birlashgan Yevropada umuman yo‘q edi. Bundan tashqari, konsensus tamoyili, ya’ni ittifoq barcha a’zolarining umumiy pozitsiyasi - YeIda eng muhim qarorlarni qabul qilish uchun asos qilib olingan. Yevropa budjetidan ikkala davlat o‘zlarini katta mablag‘dan mahrum qilishga ovoz berishini tasavvur qilish mushkul.

Natijada Brussel so‘nggi oylarda murakkab kombinatsiyani amalga oshirdi. YeIning iyul sammitida kelgusi to‘lovlarni qonun ustuvorligi standartlari va asosiy Yevropa qadriyatlariga rioya qilish bilan bog‘laydigan qaror qabul qilindi. Sentabr oyining oxirida esa Yevrokomissiya tegishli hisobotni e’lon qildi, asosiy qahramonlar, aniqrog‘i, “yaramaslar” o‘sha Varshava va Budapesht bo‘ldi.

Rejalarni amalga oshirishdan oldin faqat so‘nggi qadam qolganida, ikkala janjalli poytaxt jarayonni blokladi, bu bilan ular nima sodir bo‘layotganini yaxshi bilishi va Yevropa fondlaridan mablag‘larni "siyosiy sabablarga ko‘ra" taqsimlashga yo‘l qo‘ymasligini aniq ko‘rsatib berishdi.

Shunday qilib, endi Brussel yana o‘z qoidalarini Yevropa Ittifoqiga qarshi qo‘ygan polyak va vengerlarni jazolash chorasini izlashga majbur. Bu sodir bo‘layotgan narsalarning eng muhim saboq hisoblanadi.

Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Navalniy ishi: Rossiya Yevropa Ittifoqiga qarshi sanksiya qo‘lladi

Atlantika okeanining ikkala tomonidagi G‘arb o‘nlab yillar davomida sayyoraning qolgan qismi uchun namuna va axloqiy obro‘ga ega bo‘lib kelgan.

Demokratik institutlar va protseduralar, fuqarolar huquqlari va erkinliklari u yerda haqiqatan ham ishlagan va "erkin bo‘lmagan dunyo"dan ustunligini isbotlagandi. YeIning siyosiy va ma’muriy mexanizmi esa G‘arb demokratiyasining shon-shuhratiga aylandi.

Skeptiklarning bunday tizim uzoq vaqt davomida samarasiz va hatto hayotga yaroqsiz ekanligi borasidagi har qanday shubhasiga entuziastlar masxara qilishi bilan javob qaytarishdi: mana u - ko‘p yillar davomida ishlamoqda. Nafaqat ishlamoqda, balki rivojlanmoqda, o‘nlab davlat va millionlab odamlar uchun magnit bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu haqiqiy demokratiya bo‘lgani uchun, u shunday bo‘lishi kerak!

So‘nggi yillarda Yevropa Ittifoqi tizimining unchalik yoqimsiz teskari tomoni tez-tez paydo bo‘ldi. Yevroparlamenti singari baland ovozli siyosiy institutlarda to‘laqonli vakolatlarning yetishmasligi va haqiqiy kuch noma’lum Brusseldagi mutasaddilar qo‘lida to‘planishi ochiq-oydin ko‘rinib qoldi. Shubha paydo bo‘ldiki, bu kelishuvning taniqli konsensusning uzluksiz ishlashi uchun ittifoqning eng nufuzli a’zolari "kichik sheriklar"ga nisbatan maxfiy majburlash, bosim va shantaj usullariga murojaat qilishlariga qat’iy ishonchga aylandi.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar bilan qanday bo‘lganligini eslash kifoya: Yevropaning bir qator davlatlari birdaniga ularning kiritilishiga to‘sqinlik qilishgandi, chunki ular o‘z iqtisodiyotlariga og‘riqli zarba berishi aniq edi, ammo qaror qabul qilishga kelganda ular "boshqalar singari" indamay ovoz berishdi.

Premyer-ministr Polshi Mateush Moraveski i premyer-ministr Vengrii Viktor Orban pered vstrechey s prezidentom Yevropeyskoy komissii v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
Polsha va Vengriya Yevropa ittifoqiga demokratiyani o‘rgatadi va uni vayron qiladi

Mana bu ikki davlat – uncha katta va boy bo‘lmagan, hamma tomondan qoralangan chetga chiqib qolgan Yevropa demokratik davlat qatoridan - endi bu tizimni osonlikcha buzmoqda, chunki ular o‘zlarining pozitsiyalariga qarshi turish yo‘lida yetarlicha qaysar bo‘lib, oqimga qarshi borishdan qo‘rqmayapti.

Aytgancha, Yevropa demokratiyasining yana bir teskari tomoni bor, bu aniq bo‘lib qoldi - "qo‘l boshqaruvi"ning muhimligi. Ammo endi u ham tez-tez ishlamay qolmoqda.

Ekspertlar ta’kidlashicha, Polsha va Vengriya ittifoq tarkibida bo‘lishidan maksimal foyda ko‘rgan Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishi ehtimoli katta, va qanchalik cho‘zilsa ularga status-kvoni saqlab qolish unchalik qiziq emas. O‘z navbatida, tarbiyalab bo‘lmaydigan "isonchilar"ning YeIdan chiqishi ham Brussel va G‘arbiy Yevropa poytaxtlari uchun bu vaziyatda eng qulay yo‘li bo‘lishi mumkin.

Ammo G‘arb demokratiyasiga eng og‘ir zarba beriladi - haqiqatda ham, butun dunyoda u haqda ijobiy qarashlarga ega bo‘lgan ko‘plab odamlar fikrida ham. Juda ham ko‘p bora unda "ishlamayapti" degan shtamp paydo bo‘la boshladi.

Yangiliklar lentasi
0