Fikr: G‘arb Liviyadagi tinchlik o‘rnatilishining asosiy tashabbuskori kimligini biladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPoyezdka prezidenta RF V. Putina v Berlin dlya uchastiya v Mejdunarodnoy konferensii po Livii
Poyezdka prezidenta RF V. Putina v Berlin dlya uchastiya v Mejdunarodnoy konferensii po Livii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Emmanuel Makron va Angela Merkel Berlindagi sammitda Vladimir Putinni "yo‘qotib qo‘yishdi", deya xabar beradi OAV. Ekspert Vladimir Orlov G‘arb rahbarlari Rossiyaning Liviyada tinchlik o‘rnatish borasidagi harakatlarini yuqori baholashini ta’kidladi.

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni Rossiya rahbari Vladimir Putin Berlindagi Liviya konferensiyasida suratga olish marosimi oldidan ushlanib qolganligi sababli sarosimaga tushib qolishdi. Bu haqda Sputnik Fransiya xabar bermoqda.

Videoyozuvda Merkel va Makron sammitning boshqa ishtirokchilari bilan birgalikda qoidaga binoan suratga tushishga tayyorgarlik ko‘rishayotgan vaqtda Rossiya rahbarining hali kelmaganini payqab qolishgani aks etgan.

Davlat rahbarlari bir-birlariga qarab qo‘yishadi, shundan so‘ng Germaniya kansleri BMT Bosh kotibi Antonio Guterreshdan Vladimir Putinning qayerdaligini so‘radi. Rossiya prezidenti suratga tushish marosimida uning yonida turishi kerak edi.

Birozdan keyin surtatga tushish joyida Rossiya rahbari paydo bo‘ldi, uni fransuz hamkasbi kutib oladi va Merkel rasm uchun qayerga turish kerakligini ko‘rsatadi.

Berlinda Liviyadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha xalqaro tinchlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda Putin, Merkel, Makron va Guterreshdan tashqari Buyuk Britaniya, Misr, Turkiya rahbarlari, Yevropa komissiyasi rahbari va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Liviyadagi gumanitar muammolarni hal qilishni nazarda tutuvchi yakuniy hujjat qabul qilindi. Bundan tashqari, barqaror sulhni ta’minlash uchun harbiy qo‘mitani tuzishga qaror qilindi.

Sputnik radiosi efirida Harbiy-siyosiy jurnalistika markazining mutaxassisi Vladimir Orlov G‘arb Rossiyaning Liviyada tinchlik o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarini qadrlashi haqida fikr bildirdi.

"Darhaqiqat, bugungi kunda Rossiya Liviyadagi tinchlik jarayonining asosiy ishtirokchilaridan biridir. AQSh G‘arb koalitsiyasi bilan birga bu mamlakatni xaosga va amalda qonli fuqarolik urushi boshlaganidan keyin Rossiya nizoning turli taraflarini muzokaralar stoliga o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. Rossiyaning asosiy ishtiroki va aslida Rossiyaning boshchiligida o‘tkazilgan Moskva hamda Berlin konferensiyalari bizning mamlakatimiz bugungi kunda bu mintaqada tinchlikni qurishni asosiy tashabbuskori ekanligini ko‘rsatdi. Umuman olganda, Rossiya G‘arb ilgari intilmagan va AQSh qarshi bo‘lgan narsani - Liviyadagi qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni amalga oshira oldi", - dedi Vladimir Orlov.

Berlin konferensiyasi Rossiya Federatsiyasi va Turkiya vakillari ishtirokida Moskvadagi Liviya bo‘yicha muzokaralaridan so‘ng bo‘lib o‘tdi. Liviyalik xabardor manbaning ta’kidlashicha, Liviya milliy armiyasi (LNA) rahbari marshal Xalifa Haftar Fayyoz Sarajning Tripoli hukumati bilan sulh bitimini imzolamasdan Moskvani tark etgan. Keyinchalik, OAV xabarlariga ko‘ra, Xaftar o‘z shartlari bajarilgan taqdirdagina sulhga tayyorligini e’lon qildi.

LNA qo‘mondoni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, unda Liviyada tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlari uchun unga minnatdorchilik bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0