Dollarga qarshi qo‘zg‘olon boshlandi

Dollar piramidasi
Dollar piramidasi  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik kolumnisti Aleksandr Rudkovskiy o‘n yillar davomida dunyo valyutasi bo‘lgan dollarning kuni bitayotgani haqida.

Suriya, Ukrainadagi voqealar, AQShning Xitoy va YeI bilan savdo urushi, Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar kiritish ortida, jahon iqtisodiyotini dollardan xoli qilish haqidagi xabarlar ko‘rinmay qolmoqda, deb yozadi Sputnik kolumnisti Aleksandr Rudkovskiy.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya hukumati dollardan voz kechish rejasini tayyorlamoqda - OAV

Rossiya VTB direktori Andreya Kostina hamda Yevropa komissiyasi raisi Jana-Kloda Yunkera birin ketin iqtisodni dollardan xoli qilish va o‘zaro hisob kitoblarda milliy valyutalardan foydalanishga chaqiruvchi nutqlar so‘zlashdi.

Agar Rossiya va Xitoy boshlagan dollardan voz kechish siyosati Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlansa – bu dollar uchun juda qaqshatqich zarba bo‘ladi. Yevropa Ittifoqi nafaqat eng yirik sanoat ittifoqi balkim jahon texnologik yetakchisidir.

Neft va dollar

Neftni – “qora oltin” deb atashlari bejiz emas, chunki neftsiz,odamzotning bugungi texnologik rivojlanish darajasida, hech bir iqtisod rivojlana olmaydi. Xullas, neft har bir davlat rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan muhim tovar.

Neftning qiymati doimo dollarda belgilanadi. Shuning uchun neft sotib olmoqchi bo‘lgan davlat avval dollar xarid qilishi yoki ishlab topishi kerak.

Xo‘sh agar neft dollarga emas rubl, yuan yoki yevroda sotila  boshlasachi? Unda dollarning qadri keskin tushib ketish ehtimoli juda katta. Aynan shu sababga ko‘ra bugun neft bozorida dollarning taqdiri hal bo‘lmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Neft - dollar tizimining paydo bo‘lishi

Birja xodimi ishi - Sputnik O‘zbekiston
Neft narxi oshmoqda, dollar - tushmoqda

Keling, bir zumga 1967-yilga qaytaylik. AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va qurollangan Isroil 6 kunlik urush davomida arab davlatlari koalitsiyasini yengib, o‘z hududini 4 baravarga kengaytirib olgan edi.

Isroil arab davlatlari koalitsiyasidan Sharqiy Iyerusalim, Iordan darosining g‘arbiy qirg‘og‘i, Sinay yarim oroli va Golan tepaliklarini tortib olgan edi. Bu albatta arab davlatlariga g‘ururiga  berilgan qaqshatqich zarba bo‘ldi.

Bunga javoban dunyoning asosiy neft eksportchilari (arab davlatlari) 1973-yilda neft narxini 70 %ga oshirishga va AQShga nisbatan neft eksportiga mutlaq embarga qo‘yish haqida e’lon qilishdi. Dunyoda neft krizisi sodir bo‘ldi.

Lekin AQSh va uning hamkorlari ham anoyilardan emas edi. Ular ushbu vaziyatdan mohirlik bilan o‘z foydalariga ishlatishga muvaffaq bo‘lishdi. Dastlab qo‘li uzun amerikaliklar jahon yetakchi OAVlari orqali Saudiya Arabistoni va OPEKni “zambarak o‘qiga” tutishdi. Ular arablarning ushbu  qarorini butun insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyat, deb e’lon qilishdi.

Biroz vaqt o‘tib, qudratli armiyaga ega bo‘lgan AQSh neftga boy arab davlatlari rahbarlari hamda OPEKka to‘g‘ridan-to‘g‘ri ultimatum qo‘yishdi – bizning shartlarimizga rozi bo‘lasan yoki yer bilan yakson qilamiz degan,ma’noda.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s naslednim prinsem Saudovskoy Aravii M. ibn Salmanom Al Saudom - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Saudiya Arabistoni OPEK+ shartnomasini muddatsiz davrga uzaytiradi

AQSh shartlari esa quyidagilardan iborat edi: neftni faqat dollar hisobiga sotish va olingan daromadning bir qismini AQShning qimmatli qog‘ozlariga kiritish. Buning evaziga AQSh Saudiya Arabistoniga hujum qilmaslik (!!!), hamda neft konlari va qirol oilasini himoya qilishga va’da berar edi.

Bundan so‘ng esa AQSh va Angliyaning Fors Ko‘rfazidagi ta’siri keskin kuchaydi. Ular arab davlatlari hamda OPEK rahbarlarini birin-ketin “qo‘lga kiritishga” muvaffaq bo‘lishdi. 1975-yilda OPEK neftni faqat dollar evaziga sotishga rozi bo‘ldi. Ya’ni dunyoning bir chekkasida qazib olingan tabiiy boylik, butunlay boshqa mamlakat valyutasi evaziga sotiladigan bo‘ldi. Ana shunday qilib, dollar jahon valyutasi bo‘lishi uchun mustahkam asos yaratildi.  

SSSRning xatosi

SSSRda 1975-yilda sodir bo‘lgan ushbu voqeaga uncha katta e’tibor berilmadi, lekin keyinchalik bu jahon tarixiga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. O‘shanda jahonda yetakchi mamlakatlardan biri bo‘lgan SSSR noqulay iqtisodiy sharoitga tushib qolgan edi, lekin u buni hali bilmasdi.

Endi dunyo mamlakatlariga faqat dollar kerak edi, jumladan SSSRga ham. Dollar bosib chiqaruvchi stanok egasi bo‘lgan AQSh undan istalgancha o‘z ehtiyojlari uchun foydalanishi mumkin edi. Ustiga ustak, neftdan olinayotgan daromadning bir qismi, Saudiya Arabistoni majburiy sotib olayotgan obligatsiyalar ko‘rinishida, to‘g‘ri AQSh hamoniga borib tushar edi.

Provedenie issledovaniya v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQShning sobiq SSSR davlatlaridagi tibbiy-biologik faolligidan tashvishlanmoqda

Agar o‘shanda SSSR buning oqibatlarini tushunib yetganida, va dollar ekspansiyasini cheklashga harakat qilganida, tarixiy vaziyat, balkim, butunlay boshqacha rivojlanar edi.

Xullas, ushbu vaziyatda  AQSh SSSR rahbariyatidan kerakli kishilarni pora evaziga sotib olgan degan taxmin ham yo‘q emas. Axir SSSR AQShning 1969-yilda “oyga tushgani” haqidagi xabarning mutlaq yolg‘onligini bila turib, hech narsa demagan-ku! Nima bo‘lganda ham o‘shanda SSSR kapitalizm iqtisodini muqarrar inqirozdan asrab qolgan edi.

Va buning evaziga 1986-yilda SSSR neft narxining keskin tushib ketishiga - barreliga 6 dollargacha, duch keladi va o‘zi iqtisodiy inqirozga uchraydi. Bularning hammasi juda g‘alati holatda yuz berdi. 27 dollardan sotilayotgan neft, hech qanday obyektiv sabablarsiz  bir yarim yil yilda 6 dollarga tushib qolishi taajubli hol edi. Buni faqat sun’iy ravishda yirik neft eksportchilari va “dollar egalari”ning qo‘li bilan amalga oshirilii mumkin edi...

Shundan so‘ng SSSRda qayta qurish boshlanadi, undan keyin nima bo‘lgani esa hammaga ma’lum. Agar SSSR 1975-yilda esa o‘zini dollar ekspansiyadan himoya qilganda, balkim bunday bo‘lmasdi...

Vladimir Ilich Lenin haykali - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq Ittifoq davlatlari, birlashingiz - 1991-yildagi to‘ntarish ishtirokchilari da’vati

AQSh iqtisodining muvaffaqiyat formulasi  

Oxirgi 25-yilda AQSh iqtisodiyoti keskin o‘zgardi desak xato bo‘lmaydi. Butun 20-asr davomida turli sohalarda yetakchi bo‘lgan AQSh, 1990-yillardan boshlab ishlab chiqarishning ko‘plab turlarini chet ellraga olib chiqa boshladi. Amerikada butunlay bushab qolgan shaharlar paydo bo‘ldi.

Bugungi kunda iqtisodning ko‘plab sohalarda AQShning yetakchiligi yo‘qolgan desak xato bo‘lmaydi. Lekin shunga qaramasdan dollarning kuchi hali ham zo‘r. Xo‘sh, bu nimaning evaziga?

AQSh butun dunyo bo‘ylab o‘z manfaatlarini aviatashuvchilar yordamida himoya qilmoqda. Ular kuch evaziga butun dunyoga o‘zlari istagan shartlarni qo‘ymoqda.

Aynan shuning evaziga ba’zi davlatlar o‘zlarida stabil iqtisodiy vaziyatni saqlab qolish uchun milliardlab dollar evaziga AQSh obligatsiyalari va qimmatli qog‘ozlarini, dollarni sotib olishmoqda. O‘z mablag‘larini dollarda saqlashmoqda. Hech narsa bilan ta’minlanmagan oddiy “qog‘oz” dollarlar haligacha odamlarga kerak.

Vaziyat o‘zgarmoqda

Bugungi kunda dollar o‘tirgan “taxt” avvalgidek mustahkam emas. Neft narxi neft qazib olayotgan mamlakatlar uchun juda muhim ahamiyatga ega. Nyu York birjasi ekspertlari har kuni dunyoda neft zahiralari oshib borayotgani haqidagi xabarlar asosida neft narxini tushirishga harakat qilishadi.

Flag SShA na fone goroda - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Yevropa kompaniyalariga qarshi sanksiya kiritishi mumkin

Ushbu ma’lumotni tekshirishning iloji yo‘q, lekin neft birjasida narx belgilash mexanizmi shunday tuzilgan va “ekspert”larning ana shunday prognozlari sababli neft narxi arzonlashadi.

Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomondan esa, aslida esa AQShning “yakka hokimligi” barchaning joniga tekkan. “Demokratiya” shiori ostida AQSh boshqa mamlakatlarga nisbatan turli cheklov va sanksiyalar kiritishni, ularni jarimaga tortishni va o‘z ichki qonunlariga bo‘y sunishga majbur qilishi – ularning real hayotdan uzilib qolganidan dalolat beradi va dushmanlarini ko‘paytiradi.

1989 yilda ana shunday sanksiyalar dastlab Xitoyga qarshi kiritilgan edi. O‘shanda AQSh o‘z kompaniyalariga Xitoy bilan munosabatlarni to‘xtatish, barcha xalqaro kredit tashkilotlariga Xitoyga pul bermaslik va uni izolyatsiya qilishga harakat qilgan edi.

Eronga ham yadroviy dastur borasida kiritilgan sanksiyalar 2012-yildan boshlab Islom Respublkasining yuan va yevro evaziga neft sotishiga olib kelgan edi.

Protestuyushie krichat lozungi i sjigayut izrailskiy flag vo vremya antiizrailskogo protesta v Kaire, Yegipet, 10-dekabrya 2017 goda - Sputnik O‘zbekiston
Turk OAVlari: IHT davlatlari Isroilga qarshi sanksiya qabul qilishi mumkin

2014 yilda Rossiyaga qarshi o‘tkazilgan bosimlar oqibatida, Rossiya Xitoy, Eron va Yaponiyaga Rossiya nefti uchun iyena va yuanda to‘lashni taklif qildi.Shunday qilib Rossiya, Eron va Xitoydan iborat “uchburchak” neft dollariga  qarshi kurashni boshlagan edi.

Dollardan qanday voz kechish mumkin?  

Bugungi kunda Xitoy, Rossiya neftning bir qismini yuanda sotishmoqda. 2018-yilda Xitoy Osiyo hududida neft dollari o‘rniga “petroyuan” o‘lchov birligini kiritdi. Bu Osiyo hududida xom ashyo uchun kiritilgan birinchi “dollarsiz ekvivalent” bo‘ldi.

Dollarga qarshi kurash doirasida Rossiya oxirgi 10-yil davomida o‘zining xalqaro fondlarida oltin miqdorini 8 dan 80 milliard dollargacha oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan bir vaqtda Rossiya AQSh obligatsiyalariga bo‘lgan omonatlari sonini keskin kamaytirib bormoqda.

Bir necha vaqtdan beri Turkiya ham Rossiyadan o‘rnak olib xuddi shunday qilmoqda.

Yaqinda Rossiya VTB direktori Andrey Kostin e’lon qilgan dollardan voz kechish strategiyasi g‘arbiy OAVlarda katta shov-shovlarga sabab bo‘ldi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin (o‘ngda) va Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Putinga dollardan voz kechishni taklif qildi

Kostin bosqichma-bosqich ravishda qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda dollar o‘rniga milliy valyutalardan foydalanishni nazarda tutadi.

Ikkinchi bosqichda esa xorijda joylashgan Rossiya korxonalarini Rossiya yurisdiksiyasiga qaytarish rejalashtirilgan.

Uchinchi bosqichda esa Yevropa obligatsiyalarini Rossiya fond birjalarida joylashtirish nazarda tutilgan.

To‘rtinchi bosqichda - fond birjasida faoliyat yuritayotgan barcha ishtirokchilar uchun yagona tartib qoida o‘rnatish belgilangan.

Bularning hammasi faqat bir narsa uchun: Rossiya o‘z strategik mahsuloti – neft savdosida dollardan voz kechishga qaror qilgan.

Vaziyatning qiziq tomoni shundaki – Rossiyaning ushbu intilishlari Yevropa Ittifoqida ham o‘z aksini topmoqda. Yevropa komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker Yevrparlament oldida so‘zlagan nutqining asosiy mazmuni – dollarni  dunyoning asosiy valyutasi maqomidan mahrum qilishdir.

Qo‘zg‘olon boshlandi

Esingizda bo‘lsa, AQSh siyosatiga keskin qarshilik ko‘rsatgan hamda dollar o‘rniga “oltin dinor” kiritish g‘oyasini taklif qilgan Liviya yetakchisi Muammar Qaddafi,Saddam Husayn, Slobodan Miloshevich ana shunday “demokratiya o‘rnatish” qurboni bo‘lishdi. Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich - zo‘rg‘a qochib qolgan edi.  

Voyennie ucheniya Vostok-2018 - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy AQSh sanksiyalariga qaramasdan Rossiya bilan hamkorlikni davom ettiradi

AQSh, albatta, Rossiya yoki Xitoy bilan bunday yo‘l tuta olmaydi. Xitoy dunyoning eng yirik iqtisodi, Rossiya – eng kuchli armiyalaridan biriga ega bo‘lgan ulkan kuchlardir. Kelajakda ushbu Ittifoqqa Yevropa ham qo‘shilish ehtimoli bor. Bu esa dunyodagi kuchlar balansini keskin o‘zgartiradi.

Bugungi kunda AQSh 20dan ortiq mamlakatlar bilan iqtisodiy kurash olib borayotganini esga olsak, dollarga qarshi kurashga qo‘shilishga tayyor mamlakatlar soni yanada ko‘payish ehtimoli aniq.

Angliya va AQSh dollar yakkahokimligini saqlab qolish uchun barcha ishni qilishga tayyor. Ular 20-asrda turli mamlakatlarga qarshi yashirin kurash olib borishning ko‘plab yo‘llarini bilishiadi  “opium urushlari”dan tortib “rangli inqiloblargacha”.

Flag SShA i flag Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy: AQSh tarixdagi eng yirik savdo urushini boshlab yubordi

Shuningdek, AQSh Saudiya Arabistonini ham o‘z yo‘liga yuritish ehtimoldan xoli emas. Masalan 11-sentabr “terakt” qurbonlari uchun kompensatsiya talab qilishi mumkin.

Bugungi kunda AQSh dollari dunyoning 70 % YaIMni ishlab chiqaruvchi mamlakatlar uchun asosiy valyuta sifatida foydalanilmoqda. Shuning uchun ham uni yengish oson bo‘lmaydi.

Lekin dollarga qarshi qo‘zg‘olon boshlangani aniq. Uning qanday natija bilan yakunlanishi kurashchilarning g‘ayratiga bog‘liq.

Hozircha kelajakda dunyo valyutasi sifatida Yevro yoki Yuan ko‘proq tilga olinmoqda. Rubl ushbu vazifa uchun hozircha mos kelmaydi, lekin Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqida yagona valyuta paydo bo‘lsa – balkim mos kelishi mumkin bo‘lar. Hozircha ushbu g‘oya hatto muhokama qilishdan ham yiroq, lekin kelajakda nima bo‘lishini, axir hech kim bilmaydi.

Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0