Xitoy: AQSh tarixdagi eng yirik savdo urushini boshlab yubordi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFlag SShA i flag Kitaya
Flag SShA i flag Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy Tijorat vazirligi "BSTni ayni holat to‘g‘risida xabardor etishni" va "dunyodagi barcha mamlakatlar bilan birgalikda ko‘ptomonlama erkin savdo tizimi himoyasini ta’minlashni" rejalashtirmoqda

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Pekin Vashingtonning xitoy mollariga boj kiritish qarorini tanqid ostiga oldi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Natsionalniy flag Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Rasmiy Pekin AQShning Xitoy haqidagi bayonotini keskin rad etdi

"AQSh Butunjahon savdo tashkiloti qoidalarini buzdi va bu bilan iqtisodiy tarixdagi eng yirik savdo urushini vujudga keltirdi", — deyiladi XXR Tijorat vazirligi bayonotida.

Shuningdek, Pekin, "zarbani birinchi bo‘lib bermasligi", ammo kontrchoralar ko‘rishga majbur bo‘lishi haqida aytib o‘tilgan.

Xitoy Tijorat vazirligi "BSTni ayni holat to‘g‘risida xabardor etishni" va "dunyodagi barcha mamlakatlar bilan birgalikda ko‘ptomonlama erkin savdo tizimi himoyasini ta’minlashni" rejalashtirmoqda.

AQSh va XXR savdo munosabatlari

Aprel oyi boshlarida AQSh 1,3 ming dona xitoy mollari ro‘yxatini e’lon qildi va Xitoy amerika mahsulotlariga bo‘lgan intellektual huquqni poymol etilgani munosabati bilan ushbu tovarlarga import bojlarini kiritishini e’lon qildi.

Flag Soyedinennix Shtatov Ameriki. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Xitoy fuqarolariga viza berish tartibini mukammallashtirdi
Bunga javoban Xitoy Davlat kengashi AQShdan import qilinadigan 106 turdagi tovarlarga nisbatan 25% boj kiritilishini e’lon qildi.

May oyida tomonlar savdo urushini boshlamaslikni va o‘zaro bojlar kiritilishini to‘xtatishga kelishib oldilar. Ammo keyinchalik savdo masalalarida bir qarorga kelishga muvaffaq bo‘linmagani ayon bo‘lib qoldi, Vashington yana yangi boshlar kiritishi haqida e’lon qildi.

Iyun oyi o‘rtalarida AQSh XXRdan keladigan tovarlarga 25%lik bojlarni kiritdi. Bu Amerikaga kirib keladigan xitoy import mollarining o‘ndan bir qismini tashkil qildi. Yangi bojlar esa industriya jihatdan ahamiyatli texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan, summasi 50 milliard dollar bo‘lgan xitoy mollariga tegishli edi.

Xitoy o‘z navbatida AQShdan import qilinadigan, umumiy summasi 50 milliard dollar bo‘lgan, 659 turdagi tovarlarga 25%lik boj e’lon qildi. Bojxona boji 6-iyuldan qisman kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0