Turk OAVlari: IHT davlatlari Isroilga qarshi sanksiya qabul qilishi mumkin

© REUTERS / Mohamed Abd El GhanyProtestuyushie krichat lozungi i sjigayut izrailskiy flag vo vremya antiizrailskogo protesta v Kaire, Yegipet, 10-dekabrya 2017 goda
Protestuyushie krichat lozungi i sjigayut izrailskiy flag vo vremya antiizrailskogo protesta v Kaire, Yegipet, 10-dekabrya 2017 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Istanbulda o‘tkazilayotgan Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda sammitida Quddus bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etilishi mumkin

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda sammitida Quddusning Isroil poytaxti deb e’lon qilinishiga qarshi choralar ko‘rish masalasi ko‘rib chiqiladi, deb xabar qildi Sputnik Ozarbayjon Turkiya OAVlarida tarqatilgan xabarlarga tayangan holda.

Bugun, 13-dekabr kuni Istanbul shahrida IHTning favqulodda sammiti o‘tkazilmoqda.

Sammit OIS - Sputnik O‘zbekiston
Favqulodda sammit: O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiyaga otlandi
Yig‘ilishda AQSh Quddusni Isroil poytaxti deb tan olganligi, shuningdek o‘z elchixonasini Tel-Avivdan ushbu shaharga ko‘chirib o‘tkazganligi masalasi muhokama qilinadi.

Ozarbayjon prezidenti Ilxom Aliyev ham ushbu sammitda ishtirok etmoqda.

Turk OAVlarida yozilishicha, sammitda Quddus masalasi bo‘yicha maxsus komissiya tuzilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, IHTga a’zo mamlakatlar, bordiyu, Quddusni Isroil poytaxti deb tan oladiganlar soni ko‘paygudek bo‘lsa, davlalar bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishlari mumkinligi aytilmoqda.

Quddusning Isroil poytaxti deb tan olinishiga qarshi IHT qabul qiladigan choralar sifatida AQShdan elchilarni chaqirib olish, shuningdek, Isroil davlatiga qarshi sanksiyalar qabul qilinishi mumkinligi sanab o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp ilgariroq Quddusni Isroil poytaxti deb rasman tan olgani haqida e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng Tramp Isroildagi AQSh elchixonasini Tel-Aviv shahridan Quddusga ko‘chirishni buyurdi. Amerika yetakchisining ushbu qarori ko‘plab davlatlarning, birinchi navbatda, Yaqin Sharq va Falastinning keskin noroziligini keltirib chiqardi.

Butun musulmon dunyosida, shu jumladan Isroilning o‘zida ham norozilik namoyishlari boshlandi va buning oqibatida yuzlab odamlar jabrlandi.

Yangiliklar lentasi
0