Sobiq Ittifoq davlatlari, birlashingiz - 1991-yildagi to‘ntarish ishtirokchilari da’vati

© Sputnik / Nikolay Kozlovskiy / Mediabankka o‘tishVladimir Ilich Lenin haykali
Vladimir Ilich Lenin haykali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"GKChP 25-yilligi: 1991-yil avgust siyosatchilar va siyosatshunoslar nazarida" mavzusida o‘tkazilgan teleko‘prik ishtirokchilari sobiq ittifoq davlatlarini birlashishga chorladilar.

TOShKENT, 18 avg — Sputnik. "Rossiya-segodnya" xalqaro axborot agentligida "GKChP 25-yilligi: 1991-yil avgust siyosatchilar va siyosatshunoslar nazarida" mavzusida Moskva-Minsk(Belorussiya)-Ostona(Qozog‘iston) ishtirokida teleko‘prik o‘tkazildi.

Alisher Burxonov: O‘zbekiston SSSRga qaytmaydi
Teleko‘prikda qatnashgan "avgust to‘ntarishi" ishtirokchilari 25-yil oldin ro‘y bergan voqealarni xotirlab, sobiq Ittifoq mamlakatlarini birlashishga chorladilar.

MDH davlatlari orasida yagona akademik sanalgan, M.V. Lomonosov universiteti professori, Rossiya Fanlar Akademiyasining xorijiy a’zosi Askar Akayev endi SSSRni tiklash imkoni yo‘qligi bois, bugungi kunda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini kuchaytirish lozimligini ta’kidladi.

"1991 yilda, SSSR barham topgach, uning tarkibidan chiqqan respublikalarning, barcha xalqlarning birinchi galdagi vazifasi — Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini kuchaytirishdir… Globallashuv jarayoni, mintaqaviy integratsiya qonuniyatlaridan biri shuki, agar biz hammamiz birgalikda integratsiya qilmasak, agar Yevroosiyo ittifoqi kuchli bo‘lmasa, u holda xalqaro dushman kuchlar alohida respublikalarni asta-sekin ajratib olib, ularni ayanchli holga sola boshlaydi", — dedi Akayev.

Siyosatchi Ukrainani misol tariqasida keltirib o‘tdi.

"Ukrainani olaylik. Sovet Ittifoqi davrida Ukraina eng gullab-yashnayotgan, ilm-fan eng kuchli bo‘lgan respublikalardan biri edi…. Hozirda u yerda na ilm-fan, na ishlab-chiqarish mavjud. Sizlarga eslatib o‘tmoqchiman, 1990-yillarda Ukrainadagi fuqarolarning jon boshiga daromadi Rossiya fuqarolarinikiga nisbatan ancha yuqori edi… Bugungi kunda esa bu ko‘rsatkich Rossiya bilan taqqoslaganda bir necha bor pasayib ketgan", — deya alohida ta’kidladi u.

LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy O‘zbekistonni SSSRga qo‘shilishga chaqirdi
Qozog‘iston kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi kotibi, Majlis deputati Vladislav Kosarev esa 1991-yil voqealaridan xulosalar chiqarishga da’vat qilib, sobiq ittifoq respublikalarini iqtisodiy manfaatlar jihatdan birlashishga chaqirdi. Deputat "Sobiq ittifoq mamlakatlari bozor iqtisodiyotida qabul qilinganidek, o‘z foydasiga emas, hamkorlar foydasiga ishlashlari lozim", — degan fikrni bildirib o‘tdi.

"Respublikalar shu bugungi kungacha mitti odimlar bilan o‘z iqtisodiyotlarini yaratishga harakat qilishayotganini ko‘rib, afsuslanaman. Bu yerda bozor iqtisodiyoti degan tushuncha juda katta to‘siq bo‘lmoqda — har kim o‘z foydasi uchun yashashni istaydi. Ammo hamkorlar, ittifoqdosh respublikalar foydasi uchun yashashni o‘rganmoq kerak", — dedi Kosarev. 

Siyosatchi, shuningdek, "SSSRda bo‘lgani kabi hozirgi paytda mamlakatlar boshini qovushtirishning iloji yo‘q, bunga tashqi kuchlar yo‘l qo‘ymaydi", — deya qo‘shimcha qildi.

"Men aniq bilaman, shunday vaqtlar keladiki, biz baribir bizning respublikalar uchun ishlaymiz, chunki tashqi kuchlar bizni shunga undamoqda, 1991-yilda Sovet Ittifoqini barham toptirishga undagani kabi", — deya ta’kidladi Kosarev,  SSSR barham topganidan g‘oyatda afsuslanishini bildirgan holda.

Eslatib o‘tamiz, 1991-yilning 18-avgustidan 19-avgustiga o‘tar kechasi, Mixail Gorbachov o‘tkazayotgan islohotlar, jumladan, yangi Ittifoq kelishuvi loyihasidan norozi bo‘lgan SSSR oliy rahbariyati vakillari Favqulodda vaziyat bo‘yicha davlat Qo‘mitasi(GKChP)ni tashkil qilganlar. Shu tariqa 1991-yilning avgusti tarix sahifalarida — avgust to‘ntarishi nomi bilan muhrlandi. Xuddi shu kunning o‘zida Gorbachovni prezidentlikdan ag‘darish va u tomonidan o‘tkazilayotgan islohotlar yo‘nalishini o‘zgartirishga urinish amalga oshirilgan.

Bir necha o‘nlab tanklar RSFSR Oliy Kengashi uyi va hukumat binosi(Oq uy)ga juda yaqin olib kelingan. To‘ntarish qatnashchilariga RSFSR prezidenti Boris Yelsin va Rossiya rahbariyati qarshilik ko‘rsatgan.

Yangiliklar lentasi
0