TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Rossiya hukumati iqtisodni dollardan xoli qilish rejasini tayyorlamoqda, deb yozmoqda Kommersant The Bell nashriga asosan.
Manbaa xabariga ko‘ra, ushbu loyiha VTB banki rahbari Andrey Kostin rejasi asosida tayyorlanmoqda va u bir-ikki hafta ichida bosh vazir Dmitriy Medvedev tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Yangi loyiha dollar bilan bog‘liq operatsiyalar uchun hech qanday cheklov kiritishni nazarda tutmagan holda boshqa milliy valyutalar bilan hisob-kitob qilish uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
Loyiha muhokamasida VTB hamda boshqa yirik eksportchi banklar ishtirok etmoqda. Qayd etilishiga ko‘ra, Hukumatning asosiy maqsadi – biznes uchun hech qanday yo‘qotishsizlarsiz boshqa milliy valyutalarda hisob kitob qilish uchun imkoniyatlar yaratishdir.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin VTB rahbari Andrey Kostin iqtisodni dollardan xoli qilish rejasini taklif qilgan edi. Xususan u, eng yirik Rossiya xolding kompaniyalari aktivlarini Rossiya yurisdiksiyasiga o‘tkazish hamda eksport-import operatsiyalarida milliy valyutalardan foydalanishni taklif qilgan edi. Ushbu g‘oya Rossiya Iqtisodiyot vaziri Maksim Oreshkin hamda moliya vaziri o‘rinbosari Aleksey Moiseyev tomonidan tasdiqlangan edi.
Keyinchalik, esa ushbu loyihani umumiy ko‘rinishda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham tasdiqlangan edi. Kostin aytishiga qaraganda iqtisodni dollardan xoli qilishga kamida 5-yil vaqt ketadi.