Erdo‘g‘on Putinga dollardan voz kechishni taklif qildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin (o‘ngda) va Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on
Rossiya prezidenti Vladimir Putin (o‘ngda) va Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Men Putinga savdoda mahalliy valyutalarga o‘tish taklifini bildirdim", - deb ta’kidladi Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Rasmiy Anqara Moskvaga ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiq munosabatlarida milliy valyutadan foydalanish taklifini bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Men Putinga (Rossiya prezidenti Vladimir Putinga) quyidagi taklifni bildirdim: keling, o‘zaro savdoda mahalliy valyutalarga o‘tamiz, dedim. Sizlardan xarid qiladigan barcha tovarlarga rublda to‘layman, mendan xarid qiladigan narsalaringiz uchun esa turk lirasida to‘lovni amalga oshirasiz, dedim", — deb ta’kidlagan Erdo‘g‘on Istanbul shahrida yangi ochilgan savdo markazida ishtiroki davomida.

Erdo‘g‘on, Turkiya savdo-sotiqda milliy valyutaga o‘tish taklifini, shuningdek, Xitoy va Eron tomonga bildirganini ham qo‘shimcha qilgan. "Bu taklif ular tomonidan qabul qilindi", — deb ta’kidlagan Turkiya rahbari.

Oltin. - Sputnik O‘zbekiston
Dollar narxi pasayib, oltin qimmatlashmoqda
"Hozirda Markaziy banklarimizga tegishli topshiriqlarni berganmiz va tashqi munosabatlarni bu yo‘lga o‘tkazishga harakat qilamiz", — deb bayonot qilgan Erdo‘g‘on.

Toyib Erdo‘g‘on o‘z chiqishi davomida Turkiya fuqarolariga valyuta — bu bosim o‘tkazish iuroli ekanligini ta’kidlagan holda, barcha yig‘ib qo‘ygan omonatlarini oltin yoki turk lirasiga almashtirishga chaqirgan.

"Nima uchun biz o‘z omonatlarimizni bosim vositasiga aylantirishimiz kerak ekan? Pullarini to‘shagi tagida saqlayotganlarga maslahatim — omonatlaringizni lira yoki oltinga almashtiring. Keling, milliy boyliklarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu Turkiyaga bosim o‘tkazishni xohlayotganlar uchun yaxshigina zarba bo‘ladi. G‘am chekmang, sizlar yutqazmaysizlar", — deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘on.

Yangiliklar lentasi
0