Rossiya AQShning sobiq SSSR davlatlaridagi tibbiy-biologik faolligidan tashvishlanmoqda

CC0 / pixabay / Provedenie issledovaniya v laboratorii
Provedenie issledovaniya v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Vladimir Putin turli elatlar vakillarining biologik materiallari (soch, tuk, teri, tirnoq, qon va shu kabilar) qanday maqsadlarda olinayotganligi Rossiya uchun tushunarsiz bo‘layotganligini aytgandi.

TOShKENT, 20-iyun –Sputnik. Rossiya AQShning sobiq sovet ittifoqi mamlakatlarida tibbiy-biologik faollikni oshirayotganidan tashvishlanmoqda, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Rabota za mikroskopom v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Amerika kompaniyasi O‘zbekistonda biomateriallar laboratoriyasini ishga tushirmoqchi

"Biz haqiqatan ham sobiq sovet hududida AQSh harbiy muassasasining tibbiy-biologik faolligi oshib borayotganligidan tashvishlanmoqdamiz va amerikaliklarning bizni ishontirishlariga qaramasdan, bu faoliyat sobiq sovet ittifoqi respublikalarida profilaktika, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish kabi gumanitar maqsadlarda emas, balki Pentagon manfaatlari uchun amalga oshirilmoqda deb hisoblaymiz”, — dedi u brifingda.

Avvalroq fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha kengash yig‘ilishida prezident Vladimir Putin turli elatlar vakillarining biologik materiallari (soch, tuk, teri, tirnoq, qon va shu kabilar) qanday maqsadlarda olinayotganligi Rossiya uchun tushunarsiz bo‘layotganligini aytgandi. Prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aniqlik kiritishicha, Rossiya maxsus xizmatlari ayrim emissarlar va ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari turli elatlarning biologik materiallarini yig‘ayotganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lgan.

Keyinchalik AQSh HHK o‘quv aviatsiya qo‘mondonligi vakili Bo Dauni Pentagon inson biomateriallarini tayanch-harakat tizimini o‘rganish uchun yig‘ayotganligini va rossiyaliklarning bu maqsad uchun tanlanganligi tasodif ekanligini bildirgandi.

Yangiliklar lentasi
0