Rossiya va Saudiya Arabistoni OPEK+ shartnomasini muddatsiz davrga uzaytiradi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s naslednim prinsem Saudovskoy Aravii M. ibn Salmanom Al Saudom
Prezident RF V. Putin vstretilsya s naslednim prinsem Saudovskoy Aravii M. ibn Salmanom Al Saudom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va Saudiya Arabistoni kelishuvi jahon bozorida neft narxini oshiradi.

TOShKENT,, 17 iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Saudiya Arabistoni shahzodasi Muxammad bin Salmon al-Saud OPEK+ shartnomasini muddatsiz davrga uzaytirishga kelishib olishdi, deb xabar qildi jurnalistlarga Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak.

“Eslatib o‘tmoqchiman, ikki kun oldin Saudiya Arabistoni voris shahzodasi Muxammad bin Salmonning prezident Putin bilan uchrashuvida tarixiy qarorlardan biri qabul qilindi – bu bizning mamlakatlarimiz orasida OPEK+ shartnomasini muddatsiz uzaytirish haqidagi qaror”, — dedi vazir.

Novak aytishiga qaraganda ushbu masala Venadagi uchrashuvda muhokama qilinadi.

OPEK+ shartnomasi – bu neft qazib oluvchi mamlakatlarning, bozor talabiga qarab, qazib olinayotgan neft hajmini oshirish yoki kamaytirish haqidagi kelishuvdir. Dunyoning birinchi va ikkinchi neft eksporterlari bo‘lgan Rossiya va Saudiya Arabistoni ushbu shartnomadan manfaatdor va uni amalga oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi yillarda dunyo neft bozorida, sun’iy uslubda talabni kamaytirish oqibatida, qora oltin narxi keskin tushib ketgan edi (110$ => 40$). 2018-yilning aprel-may oylarida OPEK+ shartnomasi kuchga kirganidan so‘ng — neft narxi ilk bor 80 $ dan oshdi.

Yangiliklar lentasi
0