"Elchi bo‘lsa-yu": Mirziyoyev elchilarga mudrab yotmaslikni maslahat berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVistuplenie Shavkata Mirziyoyeva pered deputatami Oliy Majlisa
Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva pered deputatami Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Faoliyati bizni qoniqtirmaydigan, o‘z lavozimida uzoq o‘tirib qolgan, "mudrab yotgan" diplomatlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularni uyqudan uyg‘otishning o‘zi amrimahol. Bu meni qattiq tashvishga solmoqda", - dedi prezident

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev mamlakatning chet davlatlardagi elchilari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Prezident o‘z chiqishi davomida 2017-yilning o‘zida tashabbusi va natijadorligi yo‘qligi, sustkashligi hamda yo‘l qo‘ygan xatolari uchun 10 nafar elchi vazifasidan ozod etilganini ma’lum qildi.

"Mudrab yotgan" diplomatlar

O‘zbekiston prezidenti nutqi avvalida diplomatlar faoliyatiga batafsil to‘xtaldi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23-avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova - Sputnik O‘zbekiston
Prezident O‘zbekistonning chet davlatlardagi elchilari bilan yig‘ilish o‘tkazdi
"Ming afsuski, bugungi kunda barcha elchi va diplomatlarimiz birdek samarali faoliyat ko‘rsatmoqda, deb aytolmaymiz. Qayd etish kerakki, o‘z faoliyatini tubdan o‘zgartirib, yangicha ruhda ishlayotgan elchilarimiz ham yo‘q emas. Ular aniq amaliy natijalarga erishmoqda.

Ammo faoliyati bizni qoniqtirmaydigan, o‘z lavozimida uzoq o‘tirib qolgan, "mudrab yotgan" diplomatlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularni uyqudan uyg‘otishning o‘zi amrimahol. Bu meni qattiq tashvishga solmoqda", — dedi prezident.

Mirziyoyev faqat 2017-yilning o‘zida tashabbusi va natijadorligi yo‘qligi, sustkashligi hamda yo‘l qo‘ygan xatolari uchun 10 nafar elchi, jumladan, Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Malayziya va boshqa davlatlardagi elchilar vazifasidan ozod etilganini aytdi va majlis natijalari bo‘yicha ham o‘zgarishlar bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Elchi qanday bo‘lishi kerak?

Mirziyoyev elchi Prezidentning xorijdagi rasmiy vakili ekanligini, u davlatning tashqi siyosatini samarali amalga oshirish uchun to‘liq mas’ul va javobgarligini qayd etdi.

Prosmotr pramoy translyatsii s uchastiyem ministra inostrannix del Uzbekistana Abdulaziza Kamilova - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov qanday qilib diplomat bo‘lish mumkin, degan savolga javob berdi
"Shuning uchun elchi barcha xodimlaridan ko‘proq ishlashi, o‘zining aql-zakovati, tashabbuskorligi va talabchanligi, bilim va salohiyati bilan boshqalarga namuna bo‘lishi lozim. U har kuni chuqur asoslangan yangi-yangi takliflar ishlab chiqib, taqdim etishi shart.

O‘zi ishlayotgan mamlakat hududlariga bevosita borib, ularning bozor siyosatini chuqur o‘rganishi, biznesmenlar bilan uchrashib, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini tashkil etishi darkor", — dedi prezident.

Mirziyoyev Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakili sifatida chet davlatlarda va elchixona xodimlari orasida obro‘-e’tibor va hurmatga sazovor bo‘lishi kerakligi barcha diplomatlar, o‘zining idoraviy mansubligidan qat’i nazar, elchining xizmat topshiriqlarini so‘zsiz bajarishga majburligini aytdi.

So‘z bugungi o‘zbek diplomati haqida

Elchining xalq, Vatan oldidagi burchi va vazifasi, uning kasb malakasi, ma’naviy dunyosi haqida gapirar ekan, Mirziyoyev bugungi o‘zbek diplomati, elchisi qanday xususiyat va fazilatlarga ega bo‘lishi kerak, degan savolni o‘rtaga tashladi.

"Buning uchun avvalo "elchi" degan so‘zning ma’nosiga e’tibor qaratish o‘rinli bo‘ladi. Bu so‘z elning, xalqning vakili, mamlakatlarni bir-biriga bog‘laydigan inson, degan ma’noni anglatishi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi.

Amir Temur haykali - Sputnik O‘zbekiston
Amir Temur haqida Venetsiya arxividagi haligacha chop etilmagan sirli ma’lumotlar
Ma’lumki, bizning milliy davlatchiligimiz necha ming yillik qadimiy tarix va boy madaniyatga ega. Binobarin, diplomatik munosabatlar ham tariximizning eng chuqur qatlamlariga borib taqaladi.

Bu haqiqat nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo olimlari tomonidan keng e’tirof etilgan.

Bizning ajdodlarimiz orasidan mashhur va mohir diplomatlar, elchilar yetishib chiqqani haqida ko‘plab tarixiy ma’lumotlar mavjud.

Dunyodagi diplomatiyaga oid eng zo‘r kitoblar ham aslida Sharqda, jumladan, bizning zaminimizda yaratilgan desak, adashmagan bo‘lamiz.

Shu o‘rinda bir misolga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Samarqand shahridagi qadimiy Afrosiyob davlati joylashgan makondan topilgan noyob devoriy rasmlarni hammangiz yaxshi bilasiz. Ana shu rasmlarda Samarqand hukmdorining Xitoy, Koreya, Hind, Chag‘aniyon kabi davlatlardan kelgan elchilarni qabul qilish marosimi aks ettirilgan.

Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston prezidentining qizi diplomatiya sirlari haqida kitob yozdi
Janubiy Koreyaga davlat tashrifi bilan borganimda muhtaram Prezident Mun Chje In janoblari Seuldagi muzeyda shu rasmning nusxasini menga katta iftixor bilan ko‘rsatdi.

Bundan necha ming yil avval yaratilgan bu surat qadim zamonlardayoq yurtimiz zaminida diplomatik an’analar shakllanganidan, ota-bobolarimiz uzoq-yaqin mamlakatlar bilan do‘st va hamkor bo‘lib yashashga intilib kelganidan dalolat beradi.

Yoki Amir Temur bobomiz va temuriylar saltanatini oladigan bo‘lsak, ushbu sulola hukmronlik qilgan yillarda o‘lkamizda diplomatik munosabatlar naqadar yuksak darajaga ko‘tarilganiga guvoh bo‘lamiz.

Tashqi ishlar vazirligi bunga e’tibor qaratib, ushbu masalaning tarixiy ildizlari, mustaqillik davrida o‘zbek diplomatiyasining shakllanish jarayonlari haqida alohida bir kitob tayyorlab chiqarsa, bu soha xodimlari, avvalo, yosh diplomatlar uchun muhim qo‘llanma bo‘lardi.

Bu vazirlikka qancha odam rahbarlik qildi. Lekin ulardan birontasi ham bunga ahamiyat bermagani ularning faqat vaqtinchalik kayfiyat bilan ishlaganidan dalolat beradi.

Vaholanki, diplomatiya, diplomatlik — oddiy kasb emas, balki insondan juda ko‘p fazilatlarni talab etadigan noyob san’atdir.

Haqiqiy diplomat bo‘lish uchun faqat bilim va tajriba, chet tillarni bilish yetarli emas, buning uchun avvalo tug‘ma talant kerak. Eng muhimi, diplomat haqiqiy vatanparvar bo‘lishi, o‘z xalqi, o‘z yurtining chinakam fidoyisi bo‘lishi zarur.

Abdulaziz Kamilov "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi
Shu ma’noda XVII asrda yashab o‘tgan ulug‘ vatandoshimiz Xoja Samandar Termiziyning "Dastur ul-muluk" ya’ni, "Mamlakat dasturi" degan kitobida elchilik san’ati haqida shunday fikrlar bayon etilgan:

"Elchi ikki masalada nihoyatda hushor bo‘lishi zarur. U o‘z davlatiga sadoqatini namoyon etish uchun mamlakatning obro‘si va sha’nini, shon-shuhratini, saltanatning ulug‘vorligini har jihatdan ehtiyot qilishi lozim.

Shuning bilan birga, u chet mamlakatlar bilan bo‘ladigan munosabatlarda u yerdagi do‘stlarning xayrixohligi va g‘animlarning makr-hiylasidan doimo ogoh va hushor bo‘lib turishi darkor".

Bu dono gaplarga hech qanday qo‘shimcha qilishning zarurati yo‘q, deb o‘ylayman".

Elchi bo‘lsa-yu…

"Lekin, o‘zingiz ayting, elchi degan odam o‘zbek xalqining boy tarixini, madaniyatini, milliy qadriyatlarini, vatandoshlarining dardu tashvishlarini yaqindan bilmasa, ularni yuragidan o‘tkazmasa, qanday qilib O‘zbekistonni dunyoga tanitishi mumkin? Deylik, Alisher Navoiydan, Boburdan, Abdulla Oripov, Erkin Vohidovdan ikki qator she’r ayta olmasa, eng yomoni, ona tilimizni mukammal bilmasa, qanday qilib haqiqiy elchi bo‘lishi mumkin?

Posol Uzbekistana v Rossiyskoy Federatsii Baxrom Ashrafxanov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi – elchi
Men shu ma’noda Janubiy Koreyadagi elchimiz Vitaliy Vasilyevich Fenga alohida rahmat aytishni o‘zimning burchim, deb bilaman.

Bu odam shuncha yildan buyon elchilik lavozimida samarali ishlayotgani, Janubiy Koreya bilan iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarni jadal rivojlantirayotgani albatta e’tiborga loyiq, lekin uning xalqimizga juda katta hurmat bildirib, o‘zbek tilida ravon gapirishi barcha elchilarimizga o‘rnak bo‘lishi kerak.

O‘zingiz ayting, O‘zbekistonning chet eldagi elchisi bo‘lsa-yu, o‘zbek tilini bilmasa, bu xalqimizga xiyonat emasmi?

Shu nuqtayi nazardan qaraganda, biz bu borada hali juda ko‘p ish qilishimiz lozim. Birinchi navbatda milliy diplomatiyamizni buyuk ajdodlarimizning bizga qoldirgan boy merosiga asoslangan holda, dunyodagi rivojlangan davlatlar tajribasi, diplomatiya fani va san’atining eng ilg‘or yutuqlari bilan boyitishimiz zarur.

Ayni paytda bugun zamon oldimizga qanday keskin talablar qo‘yayotganini hammamiz yaxshi tushunamiz.

MDH Ijroiya raisi Sergey Lebedev - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lebedev Mirziyoyevning tashqi siyosatiga yuqori baho berdi
Jahon miqyosida raqobat, qarama-qarshilik, turli manfaatlar to‘qnashuvi, geopolitik ziddiyatlar tobora kuchayib bormoqda.

Bunday g‘oyat murakkab va tahlikali sharoitda biz kuchli tashqi siyosat olib bormasdan turib, ko‘zlagan maqsadlarimizga erisholmaymiz.

Kuchli, samarali tashqi siyosat olib borish uchun esa avvalo kuchli diplomatlar korpusiga ega bo‘lishimiz kerak.

Biz xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda muhim bir masalaga e’tibor qaratishimiz kerak. Ming afsuski, ushbu masalaga biz ko‘pincha ikkinchi darajali ish, deb qarashga o‘rganib qolganmiz.

Misol uchun, agar Italiyadagi elchimiz shu mamlakat ishbilarmonlarining vakillarini yig‘ib, buyuk italyan shoiri va mutafakkiri Aligyeri Dantening "Ilohiy komediya" asarini bizning ulug‘ shoirimiz Abdulla Oripov tarjima qilganini aytib, o‘zbekcha dantexonlik uyushtirsa, bilasizlarmi, nima bo‘ladi? Ularda O‘zbekistonga hurmat, qiziqish, hamkorlik qilishga intilish paydo bo‘ladimi-yo‘qmi? Men, o‘ylaymanki, albatta paydo bo‘ladi.

Men Abdulla akaning bir kitobida shunday gaplarni o‘qiganman. U kishi Italiyaga borganida "O‘zbekistondan Dantening tarjimoni kelibdi", deb turli partiyalarning vakillari bir joyga to‘planib, shoirimiz bilan suhbatlashgan ekan.

O‘shanda bir siyosatchi Abdulla akaga:

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov O‘zbekiston tashqi siyosatidagi yangi jihatlar haqida gapirdi
"Hurmatli mehmon, biz aslida bir-birimizga ashaddiy raqibmiz. Partiyalarimiz, mafkuralarimiz har xil. Bir-birimiz bilan doim keskin raqobatdamiz. Lekin mana bugun buyuk Dantening hurmati, Sizning sharofatingiz bilan bir dasturxon atrofida ahil-inoq to‘planib turibmiz. Sizga katta rahmat", degan ekan.

Mana, odamning yuragiga qanday yo‘l topish mumkin! Inson qalbini, xalq qalbini avvalo uning madaniyati, adabiyoti va san’atiga, milliy qadriyatlariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish orqali zabt etish mumkin".

Yangiliklar lentasi
0