Prezident O‘zbekistonning chet davlatlardagi elchilari bilan yig‘ilish o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23-avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23-avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda xorijiy davlatlardagi elchixona xodimlarining asosiy vazifalari O‘zbekistonga xorijiy investitsiya va sayyohlarni jalb qilish ishlarini yanada jadallashtirish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. 11-yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

2018 yilda O‘zbekistonni nimalar kutmoqda?
Unda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, Prezident devoni vakillari, hukumat a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning boshqa vazirlik hamda idoralari rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat MirziyoyevOliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda xorijiy davlatlardagi elchixona xodimlarining asosiy vazifalari O‘zbekistonga xorijiy investitsiya va sayyohlarni jalb qilish ishlarini yanada jadallashtirish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.

Yig‘ilishda prezident xorijiy davlatlardagi elchilarga "10-15 yanvargacha O‘zbekistonga kelasizlar, bir yil davomida qilanadigan ish tizimi ma’qul bo‘lsa ishlaysizlar, bo‘lmasa ketasizlar", — degan edi.

Yangiliklar lentasi
0