Kamilov qanday qilib diplomat bo‘lish mumkin, degan savolga javob berdi

© SputnikProsmotr pramoy translyatsii s uchastiyem ministra inostrannix del Uzbekistana Abdulaziza Kamilova
Prosmotr pramoy translyatsii s uchastiyem ministra inostrannix del Uzbekistana Abdulaziza Kamilova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jonli muloqot mobaynida O‘zbekiston TIV rahbariga bir yosh yigit "diplomat bo‘lishim uchun nima qilishim kerak" degan mazmunda savol yo‘lladi

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Yoshlarni — sadoqatli, vatanparvar, fidoyi qilib tarbiyalash kerak. Hozirgi zamonda yaxshi ta’lim olgan yoshlar kelajakda diplomat ham, uchuvchi ham, boring-ki, o‘zlari xohlagan kasblarni egallashlari mumkin, — dedi yosh yigit tomonidan "men diplomat bo‘la olamanmi" degan savolga javoban O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov.

Vazir, shuningdek, har bir sohaning o‘z qonun-qoidalari borligini va ularga qat’iy amal qilish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

"Ayniqsa, diplomatiya sohasida qonun-qoidalarni buzsangiz, oqibati yomon bo‘lishi mumkin", — dedi vazir.

Kamilov shu o‘rinda jahondagi ayrim mamlakatlarda, aynan diplomatiya qoidalarini bilmaslik oqibatida yuzaga kelgan mojarolarni misol keltirdi.

Yangiliklar lentasi
0