Prezident qishloq xo‘jaligining 4 asosiy muammosi haqida batafsil aytib o‘tdi

© Sputnik / Sergey LesketSelskoe xozaystvo
Selskoe xozaystvo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sug‘oriladigan yer resurslari taqchilligi, eskirgan suv inshootlari va texnika hamda ilm-fan yutuqlari yetishmovchiligi - prezident ushbularni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining asosiy to‘rt muammosi sifatida sanab o‘tdi va yechim taklif qildi.

TOShKENT, 10 dek – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik xodimlari kunida nutq so‘zlar ekan, bugungi kunda O‘zbekiston agar sohasining eng asosiy 4 muammosini sanab o‘tdi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Cheklangan yer resurslaridan foydalanish  muammosi

Yerdan unumli foydalanish va uni talon-taroj qilishning oldini olish – eng muhim vazifalardan biridir.

“Mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlar atigi 3 million 300 ming gektar bo‘lib, uni ko‘paytirishning hech iloji yo‘q. Chunki bizda suv resurslari cheklangan. Aholimiz esa – yildan-yilga ko‘payib bormoqda”, — deb muammoning negiziga oydinlik kiritdi prezident.

Joylarda qat’iy nazorat yo‘qligi oqibatida sug‘oriladigan yerlarni fermerlar va boshqa mutasaddi rahbarlar tomonidan sotish, o‘zboshimchalik bilan egallab olish va talon-taroj qilish holatlari, afsuski, davom etmoqda.

Zagotovka sena v fermerskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston
Fermerlar uchun yangi qonun: yo ishla, yo yerni bo‘shat

Joriy yilning o‘zida 20 dan ortiq tumanda, jumladan, Bo‘z, Angor, Navbahor, Jomboy, Ohangaron va boshqa tumanlarda sug‘oriladigan yerlar fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan. Bunday noxush holatlarni deyarli barcha viloyatlarda kuzatish mumkin.

Hozirgi kunda mamlakatimizdagi mavjud 700 ming gektarga yaqin lalmi yerning bor-yo‘g‘i 300 ming gektariga g‘alla va moyli ekinlar ekilmoqda. Qani, aytinglar, qolgan 400 ming gektar yerdan nega foydalanmaymiz?

Bunday maydonlarni o‘zlashtirish, ularni muntazam ravishda dehqonchilik ekinlari ekiladigan yerlarga aylantirish oson bo‘lmaydi, deb o‘tirsak, o‘tiraveramiz.

Holbuki, bugungi vaziyat barchamizdan tashabbus ko‘rsatib, jahondagi ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganish, fidoyilik bilan mehnat qilishni talab etmoqda.

Bunday ezgu ishga qo‘l urgan fermer va dehqonlarimizga biz har tomonlama ko‘mak berishga tayyormiz.

Zagotovka sena i zelenoy massi na polyax OAO Sovxoz Akbashevskiy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda fermerlarga yer berish va yer olish tartibi o‘zgartirildi

O‘zingizga ma’lum, har qarich yer – davlatning, demakki, xalqimizning bebaho boyligi hisoblanadi. Undan noqonuniy, o‘zboshimchalik bilan foydalanishga hech kimning haqqi yo‘q.

Afsuski, ana shu oddiy haqiqatni tushunib yetmagan yoki tushunishni va unga amal qilishni istamayotganlar hamon uchrab turibdi.

“Yergeodezkadastr” qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida joriy yilda 3 ming 600 ga yaqin fermer xo‘jaligi g‘alla va paxtani shartnomada qayd etilganiga nisbatan 19 ming gektar yerga kam ekkani aniqlangan. 833 ta fermer xo‘jaligi esa 13 ming gektar yerda paxta va g‘alla yetishtirish bo‘yicha shartnoma tuzgan bo‘lsa-da, amalda bu ekinlarni umuman ekmagan.

Unumdor yerlarni sotayotgan, noqonuniy tarzda uy-joy qurib olayotgan, shartnomada ko‘zda tutilgan ekinlarni ekishdan bo‘yin tovlayotgan fermerlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘radigan va qonuniy baho beradigan vaqt keldi.

Eskirgan sug‘orish inshootlari muammosi

Ikkinchidan, sug‘orish inshootlari eskirib, tarmoqlar yaroqsiz holga kelib qolgani oqibatida 830 ming gektar yerni sug‘orishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

Suv to‘ldirayotgan erkak - Sputnik O‘zbekiston
Ishtixonda suv inshooti quriladi

Bundan tashqari, 1 million 300 ming gektar sug‘oriladigan yerning meliorativ holatini yaxshilash, 18 ming kilometr kollektor va drenaj tarmoqlarini bosqichma-bosqich tozalash lozim. Shuningdek, 103 ta yirik, 720 ta o‘rta va kichik suv inshootlari yangilash va ta’mirlashga muhtoj.

2017-2018 yillarda bu tadbirlar uchun davlat budjetidan 1,5 trillion so‘m, xalqaro moliya institutlarining 150 million dollar mablag‘ini yo‘naltirish rejalashtirilgan. Biroq shularning o‘zi bilan sohadagi mavjud muammolarni to‘liq hal etib bo‘lmaydi.

Mamlakatimizda yer resurslaridan samarali foydalanish borasida ham ko‘plab ishlarni amalga oshirishimiz zarur. Bu borada suv omborlari tarmog‘ini kengaytirish hisobidan lalmi yerlarni o‘zlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratish kerak.

2018-2019 yillar davomida Toshkent viloyatida jami 44 million kub metr suv yig‘iladigan “Parkentsoy”, “Qizilsoy”, “Toshtepa” suv omborlari quriladi. Shu tariqa Parkent va Ohangaron tumanlarida 5 ming gektar lalmi yerlarni o‘zlashtirish imkoniyati yaratiladi.

Oroshenie zemli - Sputnik O‘zbekiston
Paxta rejasini bajarmagan tumanlar tomchilab sug‘orish tizimiga o‘tkaziladi

Jizzax viloyatining Forish tumanida “Karaman” suv ombori ishga tushirilgach, 20 ming gektar yer o‘zlashtiriladi.

Qashqadaryo viloyatida “Guldara”, “Ayaqchisoy”, Samarqand viloyatida “Bulung‘ur” suv omborlarini qursak, bu qo‘shimcha ravishda 2 ming gektar ekin maydonlarini o‘zlashtirish, 2 ming 300 gektar yerda suv ta’minotini yaxshilash imkonini beradi.

Navoiy viloyatidagi “Sentobsoy”, Namangan viloyatidagi “Qorasuv”, “Yertikan”, “Uychi” suv omborlari qariyb 2 barobar kengaytiriladi.

2018-2019 yillarda irrigatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha davlat dasturiga muvofiq, kelgusi ikki yilda 1 ming 86 kilometr uzunlikdagi kanallar betonlashtirilib, 661 kilometr lotoklar yangidan bunyod etiladi. Shuningdek, 109 ta yirik gidrotexnik inshootlar quriladi va yangi nasos stansiyalari o‘rnatiladi.

Ana shu tadbirlarni amalga oshirish natijasida 1 million 200 ming gektar yerning suv ta’minoti yaxshilanadi.

Vistavka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Qishloq xo‘jalik texnikasiga xizmat ko‘rsatish tizimi qayta tashkil qilinadi

Eng asosiysi, yiliga 1 milliard 700 million kub metr suv tejaladi va 600 ming gektar yerning meliorativ holati yaxshilanadi.

Hammamiz yaxshi tushunamiz, “Yerni boqsang, yer ham seni boqadi”, degan maqol bejiz aytilmagan. Sohada katta natijaga erishmoqchi bo‘lsak, birinchi navbatda rizq-ro‘zimiz manbai bo‘lgan yerni boqishimiz, tuproq unumdorligini oshirishimiz kerak.

Yaroqsiz qishloq xo‘jalik texnikasi muammosi

Hozirgi paytda mamlakatimizdagi 146 ming 295 ta qishloq xo‘jaligi texnikasining 38 foizi allaqachon o‘z umrini o‘tab bo‘lgan, ya’ni butunlay eskirgan.

Ayniqsa, meva va sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlar bog‘ va tokzorlarga ishlov berish, sabzavot ekish, parvarishlash va yig‘ib olishga mo‘ljallangan texnikalar bilan bor-yo‘g‘i 34 foiz ta’minlangan, xolos. Bu mehnat unumdorligi va hosildorlikning pasayib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘yicha 16 ming 495 ta qishloq xo‘jaligi texnikasi yetishmasligi aniqlangan. Buning oqibatida belgilangan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishning imkoni bo‘lmayapti va shuning uchun pirovard natijada kutilgan samaraga erishilmayapti.

Biotexnologicheskaya kompaniya Biocad v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Yangi tashkil etiladigan ilmiy-tadqiqot instituti nima bilan shug‘ullanadi

Bosh vazir o‘rinbosarlari Zoyir Mirzayev, Jamshid Qo‘chqorov va Nodir Otajonovga qishloq xo‘jaligi texnikasini yurtimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, zarur hollarda ularni xorijiy davlatlardan sotib olish uchun moliyaviy manbalarni aniqlash masalalarini hal etish bo‘yicha joriy yil 20-dekabrga qadar aniq va amaliy takliflar kiritish vazifasi topshiriladi.

Ilm-fan yutuqlari va qishloq xo‘jaligining bir-biridan ajralib qolgani

Qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda ilm-fan hayot talablaridan orqada qolayotgani jiddiy muammolardan biridir.

Bugungi kunning eng asosiy muammolardan biri bu – qishloq xo‘jaligida ilm va amaliyotning bir-biridan uzoqlashgani va aksariyat hollarda uzilib qolganidir.

Bir haqiqat barchamizga yaxshi ma’lum: ilm va izlanish bo‘lmagan joyda hech qanday rivojlanish, yuksalish va, umuman, biror-bir sohaning kelajagi bo‘lmaydi.

Sohada zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan kadrlar yetishmayotganini ham tan olishimiz kerak. Ayniqsa, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sohalarida veterinar mutaxassislarga ehtiyoj katta.

Regionlararo o‘tkazilgan 13 yarmarka. Sverdlovsk - Sputnik O‘zbekiston
Agrar universiteti olimlari 2 kilogramm og‘irlikka teng limon navini yaratishdi

Chorva mollarining zotini yaxshilash, parrandalarda kasalliklarni erta aniqlash va davolash bo‘yicha ilmiy izlanishlar deyarli olib borilmayapti.

Yaqin vaqtgacha chorvachilik sohasida yetakchi bo‘lib kelgan yurtimizda bugun zotdor mollarni faqat chetdan olib kelish bilan cheklanib qolayotganimizni nima bilan izohlash mumkin?

Bunday e’tiborsizlik va sohaning ertangi rivojini o‘ylamaslikni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.

Ana shu holatlarning barchasini inobatga olib, sohaga ilmiy yondashuvni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlash tizimiin yo‘lga qo‘yish maqsadida yurtimizda Veterinariya institutini tashkil etishning fursati keldi, deb hisoblayman.

Xabaringiz bor, biz yaqinda rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, hayotimizga yangi innovatsion texnologiyalar joriy etish ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligini tashkil etdik. Ushbu vazirlik bu borada alohida dastur ishlab chiqib, qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirishi g‘oyat muhim masaladir.

chitatelnitsa v biblioteke - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda O‘zbekiston talabalarining Milliy ilmiy-ma’rifiy markazi tashkil etiladi

Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini chuqur tahlil qilgan holda, uzumning sanoatbop navlari, limon va mevali daraxt ko‘chatlari yetishtirish – hozirgi davr talabidir. Afsuski, ushbu institutning ayni paytdagi holati bugungi mezon va talabga mutlaqo javob bermaydi.

Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Lalmikor dehqonchilik institutini tashkil etishni zamonning o‘zi taqozo etmoqda. Bunday ilmiy-tadqiqot markazi lalmi yerlardan samarali foydalanish bo‘yicha zamonaviy ilmiy izlanishlarni yanada kengaytirish imkonini yaratadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish uchun barcha darajadagi rahbarlar, ayniqsa, tumanlardagi 4 ta sektor rahbarlari mas’uliyatini kuchaytirish talab etiladi.

Vazir bo‘ladimi, viloyat yoki tuman hokimi bo‘ladimi – barcha rahbarlar qishloq xo‘jaligi masalalari, ya’ni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashabbus ko‘rsatib ishlashi, eng muhimi, natijadorlikka erishmog‘i shart.

Qishloq xo‘jaligi sohasida nomiga, ko‘zbo‘yamachilik bilan ish yuritib, natijaga erishib bo‘lmaydi.

Masalaga ana shu nuqtayi nazardan qaragan holda, ishdagi nuqson va kamchiliklari uchun Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimlarini, bir qator vazirlar va tumanlar hokimlarini almashtirishga to‘g‘ri keldi.

Vaqtida oldi olinmasa, har bir ishga mas’uliyat bilan yondashilmasa, bunday jiddiy kamchiliklar qishloq xo‘jaligi unumdorligi va natijadorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishini barcha rahbarlar yaxshi tushunib yetishi zarur.

Yuqorida aytilgan reja va dasturlarni amalga oshirish uchun bizda kuch va imkoniyatlar, bilim va tajriba yetarli. Gap faqat ishni fidoyilik va omilkorlik bilan, to‘g‘ri va samarali tashkil etishimizga bog‘liq.

Shavkat Mirziyoyev nutqining to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0