Paxta rejasini bajarmagan tumanlar tomchilab sug‘orish tizimiga o‘tkaziladi

CC0 / pixabay.com / Oroshenie zemli
Oroshenie zemli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining har birida 2700 gektardan yer maydonlari tomchilab sug‘orish tizimiga o‘tkaziladi.

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 27-noyabrda imzolangan “2018-2019 yillarda Irrigatsiyani rivojlantirish va yerlarning melioratsiya holatini yaxshilash davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikada yaqin orada 22060 gektar yer maydonlarida tomchilab sug‘orish texnologiyasi joriy etiladi.

Hujjatda aytilishiga ko‘ra, 2018-yilda 9560 gektar yer maydonlarida, 2019-yilda yana – 12500 gektar yer maydonlarida tomchilab sug‘orish tizimi joriy etiladi. Ushbu ishlar tijorat banklari kreditlari hamda fermerlarning shaxsiy mablag‘lari asosida amalga oshiriladi.

Bir oy davomida viloyat hokimliklari yangi quriladigan irrigatsiya majmualari ro‘yxatini anqlashtirishlari kerak bo‘ladi. Ushbu faoliyatda 2017-yilda davlat paxta rejasini bajara olmagan tumanlarga alohida e’tibor beriladi.

Tomchilatib sug‘orishga tayyor dala maydonlari - Sputnik O‘zbekiston
Tomchilatib sug‘orish tizimlarini xarid qilgan fermerlarga imtiyozlar berildi

Tomchilab sug‘orish texnologiyasini kiritishda Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari yetakchi bo‘ladi. Ushbu viloyatlarning har birida 2700 gektar yer maydonlari ana shunday texnologiyalar bilan jihozlanadi.

Yangi texnologiyalar kiritilisha natijasida, bir yilda tejab qolinadigan suv hajmi 106 mln kubometrga yetishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, xalqaro ekspertlar xulosasiga ko‘ra, Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmi o‘zgarmasa 2040-yillarga qadar suv defetsiti 15 % ni, darolarda suv hajmi kamaygan taqdirda – 33 %ni tashkil qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0