O‘zbekistonda fermerlarga yer berish va yer olish tartibi o‘zgartirildi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishZagotovka sena i zelenoy massi na polyax OAO "Sovxoz Akbashevskiy"
Zagotovka sena i zelenoy massi na polyax OAO Sovxoz Akbashevskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumatning 2016-yil 10-fevraldagi qaroriga asosan O‘zbekistonda fermerlarga uzoq muddatga ijaraga yer berish va yer olish tartibi o‘zgartirildi.

 

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston hukumatning 2016-yil 10-fevraldagi qaroriga asosan fermerlarga uzoq muddatga ijaraga yer berish va yer olish tartibi o‘zgartirildi, review.uz sayti xabariga asosan.

Hujjatda aytilishiga qaraganda ushbu masala bo‘yicha qarorni hokim emas Tuman Xalq deputatlari kengashi qabul qiladi. Deputatlar kengashi o‘z qarorini mahalliy fermerlar kengashi xulosasi asosida qabul qiladi.

Bundan bun tuman hokimi yerni ijaraga olish bo‘yicha arizalarni tuman fermerlar kengashiga yo‘llaydi. Kengash ikki kun davomida ushbu arizani ko‘rib chiqib o‘z xulosasini tuman Yer mulkini sotish va ijaraga berish komissiyasiga yo‘llaydi.

Yer-mulk komissiyasi hujjatlarni tuman Xalq deputatlari kengashiga yshllaydi. Kengash navbatdagi sessiyada arizani ko‘rib chiqib uni tuman hokimiga yo‘llaydi.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vairligi xabariga ko‘ra O‘zbekistonda 2016-yilda 17,5 ming yangi fermer xo‘jaliklari tuzilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0